Kaypnazarov Jandos Jumambetovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘oriladigan tuproqlarning agrokimyoviy xossalari va kuzgi bug‘doy hosildorligiga chiqindi, qoldiqlarni ta’siri (Navoiy viloyati sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir-o‘tloqi va o‘tloqi tuproqlar misolida)”, 06.01.10-Er tuzish, kadastr va er monitoringi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Qx1248
Ilmiy rahbar: Atoev Baxtiyor Qo‘ldoshevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/07.06.2024.Qx.13.03.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Lutfullo Aribjanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Muhammadiev Samad Qilichevich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universitetini.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Chiqindi, qoldiqlar va mineral ogitlarning sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir-o‘tloqi va sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlarning agrokimyoviy xossalariga, kuzgi bug‘doy o‘simligining hosildorligi va mahsulot sifatiga ta’sirini aniqlash hamda kuzgi bug‘doy uchun maqbul oziqlantirish me’yori, muddatlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir-o‘tloqi va sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlar sharoitida kuzgi bug‘doy uchun mineral o‘g‘itlar 30 foizi tejalgan, chiqindi, qoldiqlar 10 t/ga va N154P112K35 kg/ga maqbul o‘g‘it qo‘llash tizimi ishlab chiqilgan;
chiqindi, qoldiqlar 10 t/ga va N154P112K35 kg/ga maqbul o‘g‘it me’yorini qo‘llashda, sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir-o‘tloqi tuproqlarda fermer hosildorligiga nisbatan qo‘shimcha don hosil 6,2 s/ga va oqsil miqdori 1,05 % ga va sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlarda qo‘shimcha don hosili 7,1 s/ga va oqsil 2,5 % miqdorda oshganligi ilmiy isbotlangan;
sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir-o‘tloqi tuproqlar va sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlar sharoiti uchun chiqindi, qoldiqlar, mineral o‘g‘itlardan foydalanib, tuproqning 0-30 sm qatlamini noan’anaviy o‘g‘itga boyitish agrotexnologiyasi yaratilgan;
o‘rganilgan tuproqlarda bir xil qonuniyat bo‘yicha harakatchan azot, fosfor va kaliy miqdorlari vegetatsiya boshida kamroq, vegetatsiya oxirida ko‘proq kamayib borgan. Ayniqsa, sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlarda ozuqa (NPK) elementlar miqdori vegetatsiya oxirida ko‘proq saqlanib qolganligi ilmiy isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir-o‘tloqi va sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlar sharoitida chiqindi va qoldiqlar qo‘llash usulining tuproq unumdorligi, kuzgi bug‘doy hosili va don sifatini oshirishga ta’sirini aniqlash borasida olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida;
sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir-o‘tloqi tuproqlar va sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlari sharoitida maqbul o‘g‘it me’yorlari va muddatlarini qo‘llash yuzasidan “Sug‘oriladigan tuproqlarda qo‘llanilgan chiqindi va qoldiqlarni kuzgi bug‘doyga ta’siri” bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqilib, fermer va klaster xo‘jaliklariga amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 8-sentyabr 04/21-21-08/400-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari tuproqlarining agrokimyoviy holati asosida chiqindi va qoldiqlarni qo‘llash va kuzgi bug‘doy hosildorligini oshirish bo‘yicha tadbirlarni belgilashda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
chiqindi va qoldiqlar 10 t/ga sof holda va N154P112K35 kg/ga me’yorlari, kuzgi bug‘doy doni (unidan yopilgan non) ning sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 8-sentyabr 04/21-21-08/400-son ma’lumotnomasi). Natijada, maqbul me’yorlarda donning kimyoviy tarkibi, ayniqsa oqsil miqdori va donning shakli, rangi, yaltiroqligi hamda unidan yopilgan nonning sifati (organoleptik, fizik-kimyoviy) ko‘rsatkichlari yaxshilangan. Kuzgi bug‘doy don tarkibidagi oqsil miqdori sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir-o‘tloqi tuproqlarda 1,05 foizga ga va sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlarda 2,5 foizga oshgan;
kuzgi bug‘doydan yuqori va sifatli hosil oshirishga asoslangan, tavsiya etilgan o‘g‘it tizimi, Navoiy viloyati Qiziltepa tumani Toshrabot massividagi fermer xo‘jaliklarining sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir-o‘tloqi tuproqlarida 108,2 gektar maydonga, sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlarda 139,5 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 8-sentyabr 04/21-21-08/400-son ma’lumotnomasi). Natijada, fermer xo‘jaliklarda, kuzgi bug‘doydan sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir-o‘tloqi tuproqlarida qo‘shimcha 6,2 s/ga, sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlarda qo‘shimcha 7,1 s/ga don hosili olishga erishilgan.