Kdirboeva Gulan Utebaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligi ixtisoslashtiruvini takomillashtirish natijasida erdan foydalanish samaradorligini oshirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 06.01.10-Er tuzish, kadastr va er monitoringi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Qx1283
Ilmiy rahbar: Reimov Nietbay Baynazarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/07.06.2024.Qx.13.03.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Maqsud Ismoilovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Narbaev Sharofitdin Kengeshovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Orolbo‘yi hududida qishloq xo‘jaligi ixtisoslashtiruvini takomillashtirish orqali erdan foydalanish samaradorligini oshirishga oid ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Orol bo‘yi mintaqasi er fondining yillar bo‘yicha o‘zgarishlar dinamikasi aniqlangan, hudud erlarining degradatsiya jarayonlari asoslangan va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ta’sir darajasi, sug‘oriladigan turli tip tuproqlarini hozirgi davr sifat holati baholangan, ular asosida sho‘rlanish va gumus bilan ta’minlanish kartogrammalari tuzilgan.
Orol bo‘yi mintaqasi erlarida suv tanqisligi sharoitida ekinlar hosilini etishtirishdan olingan natijalar asosida qishloq xo‘jaligi ekinlarining kam suv ta’minotiga moslashgan yangi guruhi tuzilgan;
Orol bo‘yi hududi ekologik muhitiga mos ravishda chorva uchun yaylov erlari hududini tashkil etish mexanizmi takomillashtirilgan
Qishloq xo‘jaligining suvni kam talab qiladigan ekin turlariga yoʻnaltirish va ushbu yoʻnalishda chorva-dehqon fermer xo‘jaliklari hamda agroklasterlarini tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Orolbo‘yi hududi qishloq xo‘jaligi ixtisoslashtiruvini takomillashtirish natijasida erdan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Suv etishmovchiligi sharoitida qishloq xo‘jaligida ixtisoslashuvni takomillashtirish masalalari bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi Vazirligining 2024- yil 16-apreldagi 01/013-1518-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, Qoraqalpog‘iston Respublikasining sho‘r tuproqli, suv taqchilligi sharoitida - paxta, sholi bilan birga suvni kam talab qiladigan ekinlarni ekib yaxshi daromad olish mumkinligi ilmiy jihatdan dalillangan va ulardan samarali foydalanish imkonini bergan.
Suvni kam talab qiladigan ekinlardan - jo‘xori, kunjut, tariq, mosh, loviya va beda o‘stirish bo‘yicha tajribalar Nukus tumanida 21,2 gektarga, Bo‘zatov tumanida 99,9 gektarga, Mo‘ynoq tumanida 200,4 gektarga, Taxtako‘pir tumanida 139,5 gektarga, Tadqiqot o‘tkazgan tumanlar bo‘yicha jami 461 gektar maydonga joriy etilgan(Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi Vazirligining 2024- yil 16-apreldagi 01/013-1518-sonli ma’lumotnomasi) Natijada suvni kam talab qiladigan ekinlardan - jo‘xori, kunjut, tariq, mosh, loviya va beda o‘stirishda 62 million 50 ming so‘m daromad olingan, taklif qilinayotgan ekinlarni parvarishlashda oldingi dasturiy ekilayotgan ekinlarga nisbatan 23,0 ming metr kub suv tejalgan.
«Er tuzish» dasturiy ta’minoti yaratilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan guvohnoma: №DGU 202406635. 18.05.2024 y.). Natijada, ushbu dasturiy ta’minotlar Suv tanqisligi sharoitida qishloq xo‘jaligi ixtisoslashuvini takomillashtirish orqali erlardan foydalanish samaradorligini oshirish asosida qishloq xo‘jaligi ekinlarining kam suv ta’minotiga moslashgan sarf etilayotgan ortiqcha mehnat va mablag‘larni tejash imkonini bergan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi erlarining sho‘rlanish, er tuzish va sifatini baholash xaritalari 1:10000 masshtabda tuzilgan(Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi Vazirligining 2024-yil 16-apreldagi 01/013-1518-sonli ma’lumotnomasi). Natijada hudud erlarining xossalari to‘g‘risida aniq ma’lumotlar olish imkonini bergan.