Atashikova Nilufar Anarmatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqtisodchi talabalarning kasbiy kompetentligini shakllantirishda janriy yondashuv (ingliz tili materiali asosida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ped1183.
Ilmiy rahbar: Normuratova Valentina Ivanovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, PhD.03/07.06.2024.Ped.27.02.
Rasmiy opponentlar: Sabirova Gulnoza Sadikovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Mamirbaeva Dina Djaksibaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi ingliz tili darslarida iqtisodchi talabalarning kasbiy kompetentligini takomillashtirish uchun ingliz tilini, mutaxassislik tili sifatida o‘qitishda janriy yondashuvdan foydalanish metodikasini ishlab chiqishdan  iborat.  
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak iqtisodchining kasbiy kompetentlik tuzilmasi raqamli savodxonlik, motivatsion, umumiy-ilmiy, ijtimoiy komponentlari janriy yondashuv asosida tanlangan o‘qitish mazmuni  kasbga yo‘naltirilgan mavzularni integratsiya qilish orqali ishlab chiqilgan,  iqtisodchi talabalarning kasbiy kompetentligini shakllantirishning dinamik xarakteri aniqlangan;
iqtisodiy janrning kasbga yo‘naltirilgan diskurslarda texnik lug‘atdan samarali foydalanishda interferensiya tamoyilini hisobga olgan holda, ingliz tilida iqtisod sohasiga oid lug‘atni o‘zlashtirishning lingvistik, ijtimoiy-madaniy va psixologik qiyinchiliklarining tasnifi amalga oshirilgan;
bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ingliz tilini mutaxassislik tili sifatida o‘rgatish uchun talabalarning janriy savodxonligi, janriy kompetentligi va  janriy tahlili, hamda diskurslarni modellashtirishga oid malakalarni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar tizimi nazariy asoslangan va uning samaradorligi amaliyotda isbotlangan;
iqtisodchi talabalarning kasbiy kompetentligini takomillashtirish uchun ingliz tilini mutaxassislik tili sifatida o‘qitishda iqtisodiyotga oid autentik materiallarning janriy va diskursiv baholashga asoslangan mashqlar tizimining samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilini mutaxassislik tili sifatida o‘qitish uchun iqtisodchi talabalarning kasbiy kompetentligini shakllantirishda janriy yondashuvni qo‘llash bo‘yicha ishlab chiqilgan tadqiqot natijalari asosida:
ingliz tilini maxsus maqsadlar uchun o‘qitish metodikasida janriy yondashuvning o‘ziga xos xususiyatlari asosida tanlangan o‘qitish mazmuni  kasbga yo‘naltirilgan mavzularni birlashtirishini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, topshiriq va mashqlarni bajarish orqali ingliz tili darslarida talabalarning kasbiy kompetentligini shakllantirishning dinamik xarakteri ochib berilganiga doir nazariy xulosalardan iqtisodchi-talabalar uchun ingliz tilida “Digital English” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-3 raqamli nashr ruxsatnomasi, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2023-yil 4-iyuldagi 2475/21-4-son ma’lumotnomasi). Natijada  darslik talabalarga ingliz tilini mutaxassislik tili sifatida o‘rganish orqali kasbiy mahorat va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilgan;
chet tilning kommunikativ kompetensiyasini rivojlanish darajasi va bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda shaxsga yo‘naltirilgan, integratsiyalashgan va kompetensiyaviy yondashuvlar asosida ingliz tilini mutaxassislik tili sifatida ifodalagan mashqlar tizimi takomillashtirilgani borasidagi xulosalardan Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida amalga oshirilgan PZ-201906202 raqamli “O‘zbek tilidagi matnli ma’lumotlarni tahlil qilish va tasniflash tizimini ishlab chiqish” hamda 3/18-F raqamli “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi izohli lug‘atini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihalarda foydalanilgan (Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2022-yil  29-iyundagi 2181/22-4-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihalar mazmun-mohiyati boyitilib,   ingliz tilidan o‘zbek va rus tillariga mutaxassislikka oid so‘zlarni janriy yondashuv orqali tarjima qilish bo‘yicha tavsiyalar taqdim qilingan;
kasbga yo‘naltirilgan diskurslarda texnik lug‘atdan samarali foydalanishda interferensiya tamoyilini hisobga olgan holda, ingliz tilida iqtisodiy lug‘atni o‘zlashtirishning lingvistik va ijtimoiy-madaniy, psixologik qiyinchiliklarining uslubiy tipologiyasi amalga oshirilganiga oid xulosalardan raqamli iqtisodiyot va elektron tijorat yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv rejadagi fanlararo aloqalarni hisobga olgan holda yaratilgan “English-Russian-Uzbek Glossary of Digital Economic Terms” mavzusidagi izohli lug‘at (Glossary)da foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 31-maydagi 237-t-032 raqamli nashr ruxsatnomasi, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2022-yil 4-iyuldagi 01/4-696-son ma’lumotnomasi). Natijada lug‘at talabalarga kasbiy kompetentligini shakllantirishda ingliz tilidan mutaxassislik tili sifatida foydalanish uchun so‘z boyligini oshirishga yordam bergan;
talabalarning kasbiy kompetentligini shakllantirish uchun ingliz tilini iqtisodiy mutaxassislik tili sifatida o‘qitish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular “English in Digital Economy” o‘quv qo‘llanmasida umumlashtirilgani xususidagi ilmiy-nazariy ma’lumotlardan iqtisodchi talabalar uchun ingliz tilida ishlab chiqilgan “English in Digital Economy” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 18-avgustdagi 356-073 raqamli nashr ruxsatnomasi, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2022-yil 18-maydagi 1517/15-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv qo‘llanma  talabalarga ingliz tilini mutaxassislik tili sifatida o‘rganish orqali malaka va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilgan.  

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish