Ibroximova Nafosat Abdusattor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xizmat ko‘rsatish sohasida kichik korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish”, 08.00.05 – “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt 2134.
Ilmiy rahbar: Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Alimova Mashxura Toirxonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mardonov Baxodir Baxronovich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasida kichik korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xizmat ko‘rsatish sohasida kichik korxona faoliyati samaradorligini integral baholash yondashuvi samaradorlikni past (0≤ KS <0,40), o‘rtacha (0,41≤KS<0,75) va yuqori (0,76≤KS<1,00) darajaliligiga ko‘ra tabaqalashtirish hamda samaradorlik ko‘rsatkichlarini ahamiyatliligi darajasiga ko‘ra tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan;
kichik xizmat ko‘rsatish subektlari faoliyatini samarali va innovatsion rivojlantirishning boshqaruv tizimini takomillashtirish vazifalariga muvofiq strategiyani ishlab chiqishda “davlat-tadbirkor” hamkorligini bog‘lovchi mustaqil shaxs – kichik biznesga oid infratuzilmalarni ustuvor rivojlantirishning zarurati asoslanib, unga muvofiq holda maqsadli ko‘rsatkichlar tizimi taklif etilgan;
kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashda infratuzilmaning muhimligiga ko‘ra kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashda yuridik, marketing, buxgalteriya hisobi, konsalting, kadrlarni tanlash va baholash kabi infratuzilma xizmatlarini hamda kichik biznes, ilmiy va yirik korxonalar o‘rtasidagi hamkorlikka ko‘ra texnoparklar xizmatlarini rivojlantirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Samarqand viloyatida xizmatlar bozorining barqaror rivojlanish tendensiyalari va jami xizmatlar hajminining 2030-yilga mo‘ljallangan davrga prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xizmat ko‘rsatish sohasida kichik korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xizmat ko‘rsatish sohasida kichik korxona faoliyati samaradorligini integral baholash yondashuvi samaradorlikni past (0≤ KS <0,40), o‘rtacha (0,41≤KS<0,75) va yuqori (0,76≤KS<1,00) darajaliligiga ko‘ra tabaqalashtirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2024-2025-yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 4-oktyabrdagi 04/10-25-15088-son ma’lumotnomasi 04.10.2024-y; O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasining 2024-yil 18- sentyabrdagi 54-F ma’lumotnomasi; Samarqand viloyat “DNN Davr Group” MChJ”ning 2024-yil 20-sentyabrdagi ma’lumtnomasi; Samarqand viloyat “Optovik” MChJ ning 2024-yil 24-avgustdagi ma’lumotnomasi) Ushbu taklif kichik xizmat ko‘rsatish korxonalarida samaradorlikni ahamiyatliligiga ko‘ra xo‘jalik faoliyati rivojlanishini kompleks baholash imkonini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
kichik xizmat ko‘rsatish subektlari faoliyatini samarali va innovatsion rivojlantirishning boshqaruv tizimini takomillashtirish vazifalariga muvofiq strategiyani ishlab chiqishda “davlat-tadbirkor” hamkorligini bog‘lovchi mustaqil shaxs – kichik biznesga oid infratuzilmalarni ustuvor rivojlantirishning zarurati asoslanib, unga muvofiq holda maqsadi ko‘rsatkichlar tizimi bo‘yicha
taklif O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2024-2025-yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 4-oktyabrdagi 04/10-25-15088-son ma’lumotnomasi, 04.10.2024-y; O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasining 2024-yil 18-sentyabrdagi 54-F ma’lumotnomasi; Samarqand viloyat “DNN Davr Group” MChJ”ning 2024-yil 20-sentyabrdagi ma’lumtnomasi; Samarqand viloyat “Optovik” MChJ ning 2024-yil 24-avgustdagi ma’lumotnomasi) Ushbu taklif kichik korxonalarda xizmatlar sifati va raqobatbardoshligini oshirish hamda innovatsion faoliyatni boshqarish bo‘yicha qarorlarni qabul qilishning iqtisodiy asoslanganlik darajasini oshirish imkonini bergan;
kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashda infratuzilmaning muhimligiga ko‘ra kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashda yuridik, marketing, buxgalteriya hisobi, konsalting, kadrlarni tanlash va baholash kabi infratuzilma xizmatlarini hamda kichik biznes, ilmiy va yirik korxonalar o‘rtasidagi hamkorlikka ko‘ra texnoparklar xizmatlarini rivojlantirishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2024-2025-yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 4-oktyabrdagi 04/10-25-15088-son ma’lumotnomasi 04.10.2024-y; O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasining 2024-yil 18-sentyabrdagi 54-F ma’lumotnomasi; Samarqand viloyat “DNN Davr Group” MChJ”ning 2024-yil 20-sentyabrdagi ma’lumtnomasi; Samarqand viloyat “Optovik” MChJ ning 2024-yil 24-avgustdagi ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish kichik korxonalarda xizmatlar sifati va raqobatbardoshligini oshirish hamda innovasion faoliyatni boshqarish bo‘yicha qarorlarni qabul qilishning iqtisodiy asoslanganlik darajasini oshirish imkonini berdi.
Samarqand viloyatida xizmatlar bozorining barqaror rivojlanish tendensiyalari va jami xizmatlar hajminining 2030-yilga mo‘ljallangan davrga prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2024-2025-yillarda respublikada xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 4-oktyabrdagi 04/10-25-15088-son ma’lumotnomasi 04.10.2024y; O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasining 2024 yil 18-sentyabrdagi 54-F ma’lumotnomasi; Samarqand viloyat “DNN Davr Group” MChJ ning 2024-yil 20-sentyabrdagi ma’lumtnomasi; Samarqand viloyat “Optovik” MChJ ning 2024-yil 24-avgustdagi ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish 2030-yilga kelib, Samarqand viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari tomonidan yaratilgan jami xizmatlar hajmini 48,5 %ga, xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subektlari sonini 27,7 %ga oshishi imkonini beradi.