Rustamova Nigina Baxshilloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalikning I-II davridagi chapaqay va o‘naqay bolalarning antropometrik ko‘rsatkichlarining qiyosiy xususiyatlari», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib4211.
Ilmiy rahbar: Xasanova Dilnoza Axrorovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Nargiza Baxodirovna Zokirova, tibbiyot fanlari doktori; Qurbonov Said Safarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Tojikiston)
Yetakchi tashkilot: Turkiya sog‘liq bilimlari universiteti (Turkiya)
II. Tadqiqotning maqsadi: Bolalikning I-II davridagi chapaqay va o‘naqay bolalarning antropometrik ko‘rsatkichlarini o‘rganish va taqqoslashdan iborat bo‘lgan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
4 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan chapaqay va o‘naqay qiz va o‘g‘il bolalarning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari (bo‘y uzunligi, tana vazni va ko‘krak qafasi hajmi) aniqlangan;
bolalikning I va II davridagi chapaqay va o‘naqay o‘g‘il va qiz bolalarning mushak kuchi (dinamometriyasi) hamda ko‘rish o‘tkirligi aniqlangan;
4 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan chapaqay va o‘naqay bolalarning (qiz va o‘g‘il) tana turli qismlarining (yuqori va pastki muchalar) antropometrik ko‘rsatkichlari orasidagi farqlar isbotlangan;
 Buxoro viloyatida 4 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan chapaqay va o‘naqay bolalarning tana turli qismlarining antropometrik ko‘rsatkichlarining me’yoriy chegaralari aniqlangan .
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
bolalikning I-II davridagi chapaqay va o‘naqay bolalar antropometrik ko‘rsatkichlarining qiyosiy tavsifi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: 4 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan chapaqay va o‘naqay qiz va o‘g‘il bolalarning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari (bo‘y uzunligi, tana vazni va ko‘krak qafasi hajmi) ni o‘rganish bo‘yicha takliflar Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 3 avgustdagi 23-m/078 son xulosasi bilan tasdiqlangan «Bolalikning I-II davridagi chapaqay va o‘naqay bolalarning antropometrik ko‘rsatkichlarining aniqlash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 15.05.2024 yildagi 47-son hamda Kogon shahar tibbiyot birlashmasining 15.05.2024 yildagi 1215-2-208-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktabrdagi 7-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari 4 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan chapaqay va o‘naqay qiz va o‘g‘il bolalarning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari (bo‘y uzunligi, tana vazni va ko‘krak qafasi hajmi) ni o‘rganish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda tibbiy muolajalar amaliyotida chapaqay va o‘naqaylarni davolashda, shuningdek bolalarning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini morfometrik parametrlari bo‘yicha yoshga bog‘liq va jinsiy demorfizmni hisobga olgan holda o‘rganish iqtisodiy samaradorlikka erishilgan bo‘lib, 1 nafar bemor uchun umumiy antropometriya narxi 30000 so‘m byudjet mablag‘laridan iqtisod qilinadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: chapaqay va o‘naqay o‘g‘il va qiz bolalarning mushak kuchi (dinamometriyasi) hamda ko‘rish o‘tkirligini aniqlash to‘g‘risidagi takliflar Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2023 yil 3 avgustdagi 23-m/078 son xulosasi bilan tasdiqlangan «Bolalikning I-II davridagi chapaqay va o‘naqay bolalarning antropometrik ko‘rsatkichlarining aniqlash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 15.05.2024 yildagi 47-son hamda Kogon shahar tibbiyot birlashmasining 15.05.2024 yildagi 1215-2-208-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktabrdagi 7-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari chapaqay va o‘naqay o‘g‘il va qiz bolalarning mushak kuchi (dinamometriyasi) hamda ko‘rish o‘tkirligini aniqlashga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: pediatrik tibbiy muolajalar amaliyotida chapaqay va o‘naqay bolalarni davolashda, shuningdek bolalarning tana qismlarini morfometrik parametrlari bo‘yicha yoshga bog‘liq va jinsiy demorfizmni hisobga olgan holda iqtisodiy samaradorlikka erishilgan bo‘lib 1 nafar bemor uchun umumiy antropometriya narxi 30000 so‘m byudjet mablag‘laridan iqtisod qilinadi.
uchinchi ilmiy yangilik: 4 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan chapaqay va o‘naqay bolalarning (qiz va o‘g‘il) tana turli qismlarining (yuqori va pastki muchalar) antropometrik ko‘rsatkichlari orasidagi farqlarni isbotlash to‘g‘risidagi takliflar Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2023 yil 3 avgustdagi 23-m/078 son xulosasi bilan tasdiqlangan «Bolalikning I-II davridagi chapaqay va o‘naqay bolalarning antropometrik ko‘rsatkichlarining aniqlash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 15.05.2024 yildagi 47-son hamda Kogon shahar tibbiyot birlashmasining 15.05.2024 yildagi 1215-2-208-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktabrdagi 7-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida 4 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan chapaqay va o‘naqay bolalarning (qiz va o‘g‘il) tana turli qismlarining (yuqori va pastki muchalar) antropometrik ko‘rsatkichlari orasidagi farqlar isbotlangan. Iqtisodiy samaradorligi natijasida 4 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan chapaqay va o‘naqay bolalarning eng maqbul antropometrik ko‘rsatkichlarning ishlab chiqilganligi tekshirish o‘tkazish jarayoni samaradorligini oshirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishilgan bo‘lib 1 nafar bemor uchun umumiy antropometriya narxi 30000 so‘m byudjet mablag‘laridan iqtisod qilinadi.
    to‘rtinchi ilmiy yangilik: Buxoro viloyatida 4 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan chapaqay va o‘naqay bolalarning tana turli qismlarining antropometrik ko‘rsatkichlarining me’yoriy chegaralarini o‘rganish to‘g‘risidagi takliflar Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2023 yil 3 avgustdagi 23-m/078 son xulosasi bilan tasdiqlangan «Bolalikning I-II davridagi chapaqay va o‘naqay bolalarning antropometrik ko‘rsatkichlarining aniqlash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 15.05.2024 yildagi 47-son hamda Kogon shahar tibbiyot birlashmasining 15.05.2024 yildagi 1215-2-208-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktabrdagi 7-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida Buxoro viloyatida 4 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan chapaqay va o‘naqay bolalarning tana turli qismlarining antropometrik ko‘rsatkichlarining me’yoriy chegaralari o‘rganilgan va o‘z navbatida rivojlanishi mumkin bo‘lgan patologik o‘zgarishlarni erta tashxis qo‘yilishiga zamin yaratishi hisobiga tadqiqotning ijtimoiy ahamiyati oshirilishiga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan kasalliklarni o‘z vaqtida oldini olish hamda bolalarni psixologik jarohatlardan saqlanishi ta’minlanishi orqali iqtisodiy samaradorlikka erishilgan bo‘lib 1 nafar bemor uchun umumiy antropometriya narxi 30000 so‘m byudjet mablag‘laridan iqtisod qilish imkonini bergan va iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Bolalikning I-II davridagi chapaqay va o‘naqay bolalarning antropometrik ko‘rsatkichlarining aniqlash usullari» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengash raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2024 yil 7 oktabrdagi 04/9109-son xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish