Yusupov Murodjan Axmedjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qo‘l barmoqlari dermatoglifik ko‘rsatkichlari asosida yaqin qarindoshlikni aniqlashning sud tibbiy mezonlari ” , 14.00.24 – Sud tibbiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2524.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Baxrom Sabirdjanevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, PhD.04/02.07.2024.Tib.122.02.
Rasmiy opponentlar: Xasanova Muxarrama Almaredanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Nazirov Sirojiddin Nazirovich, tibbiyot fanlari doktori., dotsent. (Tojikiston)
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bahsli otalik va onalikni aniqlash ekspertizalarida yaqin qarindoshlikni aniqlashni dermatoglifik sud-tibbiy baholash mezonlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘zbek populyasiyasiga mansub oila guruxlarida va soxta tripletlarda qo‘l barmoqlarning distal falangalaridagi dermatoglifik belgilarni tavsiflovchi naqsh turi, uning balandligi, papillyar chiziqlar sanog‘ini va genetik aloqadorligi qiyosiy taxlili asosida isbotlangan;
qo‘l barmoqlari distal falangalaridagi naqsh markazidagi chiziqlar oqimining yo‘nalishi asosida etnik guruxlarda irsiyat bilan bog‘liq tarzdagi qarindoshlikni belgilovchi marker asoslangan;
ota-onalar va ehtimoliy farzand o‘rtasidagi qarindoshlik munosabatlarini tasdiqlash yoki rad etish uchun naqsh turi, balandligi, del`talar soni va naqsh markazidagi chiziqlar oqimining shaklini o‘z ichiga olgan qo‘l barmoqlari distal falangalari dermatoglifik belgilar bo‘yicha identifikatsiyalash tartibi ishlab chiqilgan;
bahsli otalik va onalikni aniqlash bo‘yicha ilk bor qo‘l barmoqlarining distal falangalarida dermatoglifik alomatlarning umumiy va alohida belgilarini aniqlab beruvchi mukammal matematik model ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qo‘l barmoqlari dermatoglifik ko‘rsatkichlari asosida yaqin qarindoshlikni aniqlash uchun olingan ilmiy natijalarga ko‘ra;
ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida “Sud tibbiyoti ekspertizasida qo‘l barmoqlari distal falangalari dermatoglifik belgilari asosida yaqin qarindoshlikni aniqlash” nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Toshkent Tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Ekspert kengashining 2023 yil 17-maydagi №31-sonli xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘z.Res.SSV., Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Farg‘ona va Buxoro filiallariga Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 2024-yil 25-apreldagi №01/2648-1-sonli va 2024 yil 27-yanvardagi № 01/571-1- sonli xatlari taqdim etilgan).
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor o‘zbek populyasiyasiga mansub oila guruxlarida va soxta tripletlarda qo‘l barmoqlarning distal falangalaridagi dermatoglifik belgilarni tavsiflovchi naqsh turi, uning balandligi, papillyar chiziqlar sanog‘ini va genetik aloqadorligi qiyosiy taxlili asosida isbotlangan. Ushbu yangilik Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi Farg‘ona filiali (34-K; 29.04.2024;) Buxoro filiali (№10;02.02.2024;) buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (Toshkent Tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Ekspert kengashining 2023 yil 17-maydagi №31-sonli ilmiy-tadqiqot ishlari va natijalarini amliyotga tatbig‘i bo‘yicha xulosasi bilan tasdiqlangan). Ijtimoiy samaradorligi: tavsiya etilgan algoritm va usullarni ekspert amaliyotiga joriy etish natijasida qon-qarindoshlikni aniqlash va shaxsni identifikatsiya qilish sud-tibbiyot ekspertizalarini olib borish jarayonida qo‘l barmoqlarining distal falangalaridagi dermatoglifik alomatlar xususiyatlarini aniqlash buyicha ekspert xulosalari sifatini oshirish uchun xizmat qilgan. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan usullardan foydalanish natijasida ekspertiza muddati 10-15 kundan 1-2 kungacha qisqardi, bahsli otalik va onalikni aniqlashda qo‘shimcha usul sifatida qonning sud biologik tekshiruvi bilan taqqoslanganda har bir tekshiruv 86% samaradorlik erishilgan, taklif qilinayotgan usulda ushbu ko‘rsatkich 96% samaradorlikka erishilgan. Xulosa: ushbu qo‘llanma dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillariga mos dermatoglifik belgilarini solishtirib tekshirish asosida sud – tibbiy ekspertiza xulosalarini sifatini yuqori darajaga ko‘tarishga imkon bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: qo‘l barmoqlari distal falangalaridagi naqsh markazidagi chiziqlar oqimining yo‘nalishi asosida etnik guruxlarda irsiyat bilan bog‘liq tarzdagi qarindoshlikni belgilovchi marker asoslangan. Ushbu algoritm dasturiy ta’minot orkali bahsli otalik va onalik muammolari bilan bog‘liq o‘tkaziladigan murakkab ekspertizalarda sud-tibbiy ekspertiza sifatini oshirishga yordam bergan va Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Farg‘ona filiali (34-K;29.04.2024; ) Buxoro filiali (№10;02.02.2024;) buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (Toshkent Tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Ekspert kengashining 2023 yil 17-maydagi №31-sonli ilmiy-tadqiqot ishlari va natijalarini amliyotga tatbig‘i bo‘yicha xulosasi bilan tasdiqlangan). Xulosa: ushbu dastur ta’minoti bahsli otalik va onalik muammolari bilan bog‘liq o‘tkaziladigan ekspertizalarda sud-tibbiy ekspertiza sifatini oshirishga yordam bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: ota-onalar va ehtimoliy farzand o‘rtasidagi qarindoshlik munosabatlarini tasdiqlash yoki rad etish uchun naqsh turi, balandligi, del`talar soni va naqsh markazidagi chiziqlar oqimining shaklini o‘z ichiga olgan qo‘l barmoqlari distal falangalari dermatoglifik belgilar bo‘yicha identifikatsyalash tartibi shlab chiqilgan. Bahsli otalik va onalik ekspertizalarida ularning taxmin qilinayotgan farzandi o‘rtasida qon-qarindoshlik bor yoki yo‘qligi ilmiy jihatdan isbotlangan. Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Farg‘ona filiali (34-K;29.04.2024; ) Buxoro filiali (№10;02.02.2024;) buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan ususllar bu o‘z navbatida, ekspert xulosalarining sifatini, ishonchliligini va asosliligini ta`minlagan, bu orqali qo‘shimcha va takroriy ekspertiza o‘tkazish zaruriyatini bartaraf etdi, natijada ekspertizalarni yakunlash vaqti qisqargan. (Toshkent Tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Ekspert kengashining 2023 yil 17-maydagi №31-sonli ilmiy-tadqiqot ishlari va natijalarini amliyotga tatbig‘i bo‘yicha xulosasi bilan tasdiqlangan). Iqtisodiy samaradorligi: Bahsi otalik va onalikni hamda shaxs identifikatsiyasida barmoq andozalarni dermatoglifik tekshirish usullariga tayangan holda tekshiruvlarni o‘tkazish o‘zining tezkorligi, aniqligi va natijalarning xolisligi bilan boshqa qo‘shimcha usullardan ustunligi bilan izohlanadi. Xulosa: olingan natijalar bahsli otalik ekspertizalarida hamda shaxs identifikatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab ekspertizalarda sud – tibbiy ekspertlar uchun ekspertiza xolisligi, aniqligi, ishonchligi va sifatini oshirishga imkon bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bahsli otalik va onalikni aniqlash bo‘yicha ilk bor qo‘l barmoqlarining distal falangalarida dermatoglifik alomatlarning umumiy va alohida belgilarini aniqlab beruvchi mukammal matematik model ishlab chiqilgan. Bu usullar ko‘p sonli tanib olinmagan murdalar orasidan qidirilayotgan shaxslar va ularning qarindoshlarini tezkorlik bilan topish uchun xizmat qilgan va Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Farg‘ona filiali (34-K; 29.04.2024; ) Buxoro filiali (№10;02.02.2024;) buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (Toshkent Tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Ekspert kengashining 2023 yil 17-maydagi №31-sonli ilmiy-tadqiqot ishlari va natijalarini amliyotga tatbig‘i bo‘yicha xulosasi bilan tasdiqlangan). Ijtimoiy samaradorligi: tavsiya etilgan algoritm va usullarni ekspert amaliyotiga joriy etish natijasida qon-qarindoshlikni aniqlash va shaxsni identifikatsiya qilish kabi sud-tibbiyot ekspertizalarini olib borish jarayonida qo‘l barmoqlarining distal falangalaridagi dermatoglifik alomatlari xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha ekspert xulosalari sifati, asosliligi, ishonchliligi oshirilgan. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan usullardan foydalanish natijasida ekspertiza muddati 10-15 kundan 1-2 kungacha qisqardi, bahsli otalik va onalikni yoki shaxs identifikatsiyasida qo‘shimcha usul sifatida qonning sud biologik tekshiruvi bilan taqqoslasak har bir tekshiruv 86% samaradorlik erishilgan, taklif qilinayotgan usulda ushbu ko‘rsatkich 96% samaradorlikka erishilgan. Xulosa: olingan natijalarga ko‘ra bahsli otalik va onalikni hamda shaxs identifikatsiyasida barmoq andozalarini dermatoglifik tekshirish usullariga tayangan holda ekspertiza ijro muddatini qisqarishi, tekshiruvlarni o‘tkazish o‘zining tezkorligi, kamxarjligi, aniqliligi va natijalarining xolisligi o‘rganilgan. Ilmiy yangilikdan keng foydalanish. “Qo‘l barmoqlari dermatoglifik ko‘rsatkichlari asosida yaqin qarindoshlikni aniqlashning sud tibbiy mezonlari” mavzusida olingan ilmiy natijalar Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Farg‘ona va Buxoro filiallari amaliyotiga joriy etilgan.