Jovlieva Mavluda Baxtiyor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Eksperimental bronxoektaz kasalligida nafas a’zolarining morfologik va immunogistokimyoviy xususiyatlari», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4413.
Ilmiy rahbar: Xamidova Farida Muinovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Zokirova Nargiza Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori; Qurbonov Said Safarovich  tibbiyot fanlari doktori, professor (Tojikiston Respublikasi);
Yetakchi tashkilot: Xo‘ja Axmad Yassaviy nomidagi qozoq turk xalqaro universiteti (Qozog‘iston Respublikasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: eksperimental bronxoektaz kasalligida nafas olish a’zolarining morfologik va immunogistokimyoviy xususiyatlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli kalibrli bronxlardagi morfologik polimorfizm bir qavatli ko‘p qatorli hilpillovchi epiteliyning giperplaziyasi, displaziyasi va uning ko‘p qavatli yassi muguzlanmaydigan epiteliyga metaplaziyasi, 6 oylik eksperimental tajribaviy modelida bronxoektaz kasalligida hamda o‘pkadagi morfofunksional o‘zgarishlar yuzaga kelishi aniqlangan;
tajribaviy bronxoektaz kasalligining rivojlanish dinamikasida tajriba davomida CD20, CD3 va CD163 markerlarining ifodasi oshganligi kuzatilib, immun komponentlar va makrofaglarning ahamiyati isbotlangan;
immunogistokimyoviy tadqiqotlar yallig‘lanishning ekssudatsiya bosqichidan boshlab Ki67 ifodasining oshishi, nafas yo‘llarining turli anatomik qismlarida yuqori proliferativ faolligi, Bcl-2, CK5/6 va CK8/18 ifodalarining past darajada namoyon bo‘lishi o‘rganilgan va bu hujayra himoya mexanizmlarining buzilishi, hamda shilliq qavatning adaptiv jarayonlarining susayganligini bilan isbotlangan.
quyonlarda bronxoektaziya modelini yaratgandan so‘ng, surunkali yallig‘lanish va proliferativ jarayonlar bilan birga sklerotik va metaplastik jarayonlarning ustunligi namoyon bo‘lishi, Ki67 ifodasining nafas a’zolarida yuqori proliferativ faolligini, hamda CK5/6 va CK-8/18 ifodasi tajribaning 9 oyida to‘qimalarda differensirovka va regenerativ faoliyat jarayonlarini jadallashuvi, bu bronxoektaziya sharoitida nafas tizimining moslashuvchanlik qobiliyati yuqoriligi bilan isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarkand davlat tibbiyot universitetining 2024 yil 28 avgustdagi 1-son kengash qaroriga ko‘ra (ilmiy yangilikni Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/35-son xulosasi tasdiklangan):
birinchi ilmiy yangilik: turli kalibrli bronxlardagi morfologik polimorfizm bir qavatli ko‘p qatorli hilpillovchi epiteliyning giperplaziyasi, displaziyasi va uning ko‘p qavatli yassi muguzlanmaydigan epiteliyga metaplaziyasi, 6 oylik eksperimental tajribaviy modelida bronxoektaz kasalligida hamda o‘pkadagi morfofunksional o‘zgarishlar yuzaga kelishi aniqlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Eksperimental bronxoektaziyada nafas olish a’zolari morfologik va immunogistokimyoviy tekshirish usullari“ deb nomlangan uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan. Mazkur tavsinoma Samarkand davlat tibbiyot universitetining 2024 yil 28 avgustdagi 1-son kengash qarori bilan tasdiqlangan. Bu taklif Surxondaryo viloyati patologik anatomiya byurosining 5 sentyabr 2024 yildagi 4/1-T-son hamda Jizzax viloyati Jizzax shaxri Patologik anatomiya byurosi bo‘limlari bo‘yicha 4 sentyabr 2024 yildagi 41-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/35-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilayotgan tashxislash tartibi bronxoektatik kasallikda turli kalibrli bronxlardagi morfologik polimorfizm bir qavatli ko‘p qatorli hilpillovchi epiteliyning giperplaziyasi, displaziyasi va uning ko‘p qavatli yassi muguzlanmaydigan epiteliyga metaplaziyasi, 6 oylik eksperimental tajribaviy modelida bronxoektaz kasalligida hamda o‘pkadagi morfofunksional o‘zgarishlar yuzaga kelishi aniqlangan o‘rni va ahamiyati orqali kasallikni tashxislash hamda pul`monolog shifokorlarga samarali davolash taktikasini tanlash imkoni bergan. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilayotgan usul amalga qo‘llash asosida hisoblab chiqilgan va davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan. Xulosa: bronxoektatik kasallikning eksperimental modelida turli kalibrli bronxlardagi morfologik polimorfizm bir qavatli ko‘p qatorli hilpillovchi epiteliyning giperplaziyasi, displaziyasi va uning ko‘p qavatli yassi muguzlanmaydigan epiteliyga metaplaziyasi, 6 oylik eksperimental tajribaviy modelida bronxoektaz kasalligida hamda o‘pkadagi morfofunksional o‘zgarishlar yuzaga kelishini bashorat qilish xarajatlarini kamaytirish orqali tejashga imkon berdi;
ikkinchi ilmiy yangilik: tajribaviy bronxoektaz kasalligining rivojlanish dinamikasida tajriba davomida CD20, CD3 va CD163 markerlarining ifodasi oshganligi kuzatilib, immun komponentlar va makrofaglarning o‘rni isbotlangani “Eksperimental bronxoektaziyada nafas olish a’zolari morfologik va immunogistokimyoviy tekshirish usullari“ deb nomlangan uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan. Mazkur tavsinoma Samarkand davlat tibbiyot universitetining 2024 yil 28 avgustdagi 1-son kengash qarori bilan tasdiqlangan. Bu taklif Surxondaryo viloyati patologik anatomiya byurosining 5 sentyabr 2024 yildagi 4/1-T-son hamda Jizzax viloyati Jizzax shaxri Patologik anatomiya byurosi bo‘limlari bo‘yicha 4 sentyabr 2024 yildagi 41-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/35-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan tashxislash tartibi tajribaviy bronxoektaz kasalligining rivojlanish dinamikasida tajriba davomida CD20, CD3 va CD163 markerlarining ifodasi oshganligi kuzatilib, immun komponentlar va makrofaglarning o‘rni va ahamiyati orqali kasallikni tashxislash hamda pul`monolog shifokorlarga samarali davolash taktikasini tanlash imkoni bergan. Iqtisodiy samaradorligi: Taklif etilayotgan usul amalga qo‘llash asosida hisoblab chiqilgan va davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan. Xulosa: bronxoektaz kasalligi bilan kasallangan bemorlarni tashxislashda immunogistokimyoviy markerlardan foydalanib, yallig‘lnish dinamikasida CD20, CD3 va CD163 markerlarining ifodasi oshganligining isbotlanishi, immun komponentlar va makrofaglarning o‘rni va ahamiyati orqali iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: immunogistokimyoviy tadqiqotlar yallig‘lanishning ekssudatsiya bosqichidan boshlab Ki67 ifodasining oshishi, nafas yo‘llarining turli anatomik qismlarida yuqori proliferativ faolligi, Bcl-2, CK5/6 va CK8/18 ifodalarining past darajada namoyon bo‘lishi o‘rganilgan va bu hujayra himoya mexanizmlarining buzilishi, hamda shilliq qavatning adaptiv jarayonlarining susayganligini bilan isbotlangani “Eksperimental bronxoektaziyada nafas olish a’zolari morfologik va immunogistokimyoviy tekshirish usullari“ deb nomlangan uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan. Mazkur tavsinoma Samarkand davlat tibbiyot universitetining 2024 yil 28 avgustdagi 1-son kengash qarori bilan tasdiqlangan. Bu taklif Surxondaryo viloyati patologik anatomiya byurosining 5 sentyabr 2024 yildagi 4/1-T-son hamda Jizzax viloyati Jizzax shaxri Patologik anatomiya byurosi bo‘limlari bo‘yicha 4 sentyabr 2024 yildagi 41-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/35-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: immunogistokimyoviy tadqiqotlar yallig‘lanishning ekssudatsiya bosqichidan boshlab Ki67 ifodasining oshishi, nafas yo‘llarining turli anatomik qismlarida yuqori proliferativ faolligi, Bcl-2, CK5/6 va CK8/18 ifodalarining past darajada namoyon bo‘lishi o‘rganilgan va bu hujayra himoya mexanizmlarining buzilishi, hamda shilliq qavatning adaptiv jarayonlarining susayganligini bilan isbotlangan o‘rni va ahamiyati orqali kasallikni tashxislash hamda pul`monolog shifokorlarga samarali davolash taktikasini tanlash imkoni bergan. Iktisodiy samaradorligi: taklif etilayotgan usul amalga qo‘llash asosida hisoblab chiqilgan va davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan. Xulosa: bronxoektaz kasalligi bilan kasallangan bemorlarni tashxislashda immunogistokimyoviy markerlardan foydalanib, iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: quyonlarda bronxoektaziya modelini yaratgandan so‘ng, surunkali yallig‘lanish va proliferativ jarayonlar bilan birga sklerotik va metaplastik jarayonlarning ustunligi namoyon bo‘lishi, Ki67 ifodasining nafas a’zolarida yuqori proliferativ faolligini, hamda CK5/6 va CK-8/18 ifodasi tajribaning 9 oyida to‘qimalarda differensirovka va regenerativ faoliyat jarayonlarini jadallashuvi, bu bronxoektaziya sharoitida nafas tizimining moslashuvchanlik qobiliyati yuqoriligi bilan isbotlangani “Eksperimental bronxoektaziyada nafas olish a’zolari morfologik va immunogistokimyoviy tekshirish usullari“ deb nomlangan uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan. Mazkur tavsinoma Samarkand davlat tibbiyot universitetining 2024 yil 28 avgustdagi 1-son kengash qarori bilan tasdiqlangan. Bu taklif Surxondaryo viloyati patologik anatomiya byurosining 5 sentyabr 2024 yildagi 4/1-T-son hamda Jizzax viloyati Jizzax shaxri Patologik anatomiya byurosi bo‘limlari bo‘yicha 4 sentyabr 2024 yildagi 41-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/35-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat:  taklif etilgan tashxislash usuli bizga Ki67, CK5/6 i CK8/18ning ko‘proq ifodalanishi o‘rni va ahamiyatini, bronxoektaz kasalligi bilan xastalangan bemorlarni tashxislashda surunkali yallig‘lanish va proliferativ jarayonlar bilan birga sklerotik va metaplastik jarayonlarning ustunligi, shuningdek pul`monolog shifokorlar tomonidan samarali davolash taktikasini tanlashni aniqlashga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Taklif etilayotgan usul amalga qo‘llash asosida hisoblab chiqilgan va davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan. Xulosa: bronxoektaz kasalligi bilan kasallangan bemorlarni tashxislashda immunogistokimyoviy markerlardan foydalanib, iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish