Ro‘zibaev Otabek Mardon o‘g‘lining
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
 Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlarda gastronomik turizmni rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2144.2.PhD/Iqt1282
Ilmiy rahbar: Safarov Bahodirxon Shaxriyorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc.33/01.02.2022.I.145.01
Rasmiy opponentlar: Alieva Mahbuba To‘ychievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Xalilov Sirojiddin Sherali o‘g‘li , iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent        
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Hududlarda gastronomik turizmni rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida amalga oshiriladigan ishlar yo‘nalishida Samarqand viloyatdagi 2 mln. 308 ming nafar aholining respublika hududlari bo‘ylab sayohatlarini tashkil etish choralarini ko‘rish asosida Asaka shahrida “Turkiy Navro‘z”, Toshkent shahrida “Gastro-Bazaar”, Guliston shahrida “Organic food festival” va “Taste of Uzbekistan festival”, Parkent tumanida “Ekogastroturizm”, Yuqorichirchiq tumanida “Beshbarmoq”, G‘uzor tumanida “Lola va kabob”, Xiva tumanida “Xorazm baliq taomlari”, Nurota tumanida “Sharq taomlari” gastronomik festivalarini o‘tkazish bo‘yicha taklilar asoslangan;
xorijiy sayyohlarni jalb qilish yo‘nalishida Samarqand viloyatiga xorijiy turistlar tashrifini ikki baravar oshirish maqsadida hududning gastronomik turizm va pazandachilik turizmi imkoniyatlari haqida ma’lumotlar bazasini kengaytirish asosida umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida ish faoliyatini olib borayotgan xodimlar uchun haftaning muayyan kuni va vaqtida xorijiy turistlar bilan muloqotini rivojlantirishga yordam beradigan rejali til kurslarini tashkil qilish bo‘yicha takliflar asoslangan;
milliy iqtisodiyotida turizm industriyasi ulushini ko‘paytirish yo‘nalishida mamlakatning yalpi ichki mahsulotida turizm ulushini 5 foizgacha etkazish, 11,6 milliondan ortiq turistlarni, shu jumladan uzoq xorijiy davlatlardan 2 million turistni jalb qilish maqsadida umumiy ovqatlanish shaxobchalari, restoran va kafelarda ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yanada oshirish, jahon standartlari talablari asosida ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun «Mishlen» yulduzi baholash modelini joriy etish bo‘yicha takliflar asoslangan;
hududlarning turizm va umumiy ovqatlanish sohalari salohiyatidan kelib chiqib, hududlarda gastronomik turizmni samarali rivojlantirish ko‘rsatkichlarning bashorat hisob-kitoblari asosida 2028-yilga qadar mo‘ljallangan o‘rta muddatli prognoz parametrlarini qo‘llash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hududlarda gastronomik turizmni samarali rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida amalga oshiriladigan ishlar yo‘nalishida Samarqand viloyatdagi 2 mln. 308 ming nafar aholining respublika hududlari bo‘ylab sayohatlarini tashkil etish choralarini ko‘rish asosida Asaka shahrida “Turkiy Navro‘z”, Toshkent shahrida “Gastro-Bazaar”, Guliston shahrida “Organic food festival” va “Taste of Uzbekistan festival”, Parkent tumanida “Ekogastroturizm”, Yuqorichirchiq tumanida “Beshbarmoq”, G‘uzor tumanida “Lola va kabob”, Xiva tumanida “Xorazm baliq taomlari”, Nurota tumanida “Sharq taomlari” gastronomik festivalarini o‘tkazish bo‘yicha asoslangan takliflar 2024-yil 6-fevraldagi 34-AF-son “2024-yilda o‘tkaziladigan madaniy-ko‘ngilochar va ommaviy sport tadbirlari, ommaviy madaniy va konsert-tomosha hamda san’at va kinomotografiya tadbirlarning yagona tavqim” rejasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 18-oktyabrdagi № 03-12-17-6920-son dalolatnomasi). Natijada, Samarqand viloyatining 2 milliondan ortiq aholisiga respublika hududlari bo‘ylab sayohatlarini tashkil qilish imkoniyati yaratilgan;
xorijiy sayyohlarni jalb qilish yo‘nalishida Samarqand viloyatiga  xorijiy turistlar tashrifini ikki baravar oshirish maqsadida hududning gastronomik turizm va pazandachilik turizmi imkoniyatlari haqida ma’lumotlar bazasini kengaytirish asosida umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida ish faoliyatini olib borayotgan xodimlar uchun haftaning muayyan kuni va vaqtida xorijiy turistlar bilan muloqotini rivojlantirishga yordam beradigan rejali til kurslarini tashkil qilish bo‘yicha asoslangan takliflar 2023-yil 26-apreldagi PQ-135-son “Samarqand viloyatida turizmni rivojlantirish bo‘yicha 2023-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar” rejasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 18-oktyabrdagi № 03-12-17-6920-son dalolatnomasi). Natijada, Samarqand viloyatida 2 milliondan ortiq xorijiy turistlarini qabul qilish imkoniyati asoslangan;
milliy iqtisodiyotida turizm industriyasi ulushini ko‘paytirish yo‘nalishida mamlakatning yalpi ichki mahsulotida turizm ulushini 5 foizgacha etkazish, 11,6 milliondan ortiq turistlarni, shu jumladan uzoq xorijiy davlatlardan 2 million turistlarni jalb qilish maqsadida umumiy ovqatlanish shaxobchalari, restoran va kafelarda ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yanada oshirish, jahon standartlari talablari asosida ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun “Mishlen” yulduzi baholash modelini joriy etish bo‘yicha asoslangan takliflar 2023-yil 27-iyuldagi PQ-238-son “Turizm sohasini yanada rivojlantirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha” “Yo‘l xaritasi” kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 18-oktyabrdagi № 03-12-17-6920-son dalolatnomasi). Natijada, hududlarda turizm va umumiy ovqatlanish sohasidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning “Mishlen” yulduzi bo‘yicha faoliyat yuritish samaradorligi 10 % oshgan;
hududlarning turizm va umumiy ovqatlanish sohalari salohiyatidan kelib chiqib, hududlarda gastronomik turizmni samarali rivojlantirish ko‘rsatkichlarining bashorat hisob-kitoblari asosida 2028-yilga qadar o‘rta muddatli prognoz parametrlarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar Turizm  qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “2024-2026 yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar” dasturi va “Yo‘l xaritalari”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 18-oktyabrdagi № 03-12-17-6920-son dalolatnomasi). Natijada Samarqand viloyati turizm destinatsiyalarida tegishli parametrlarni qo‘llash hisobiga hududlarni rivojlantirish imkoniyatlari dalillangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish