Abdivoxidov Mamurjon Avazxon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
«Raqamli iqtisodiyot sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasini samarali rivojlantirishning tashkiliy – iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.05 - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2898
Ilmiy rahbar: Kuvandikov Shuxrat Obloqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Alimova Mashxura Toirxonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Navruz-Zoda Baxtiyor Negmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi
raqamli iqtisodiyot sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasini samarali rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli iqtisodiyot sharoitida xizmat ko‘rsatishga uslubiy yondashuv raqamli texnologiyalardan faol foydalanish sharoitida xizmat ko‘rsatish-ning vaqt bilan bog‘liq tranzaksion harajatlarini yangi norma va vakolati bilan bog‘liq holda institutsional komponentlariga ko‘ra takomillash-tirilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish mexanizmi mazkur sohaning samarali faoliyatini rasmiy tartibga solishni uyg‘un holda madaniy yondashuv, urf-odat va jamiyatdagi munosabatlar tizimiga asoslangan noras-imy mexanizmining institutsional vositalariga ko‘ra takomillashtirilgan;
raqamli iqtisodiyot sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasining samarali rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar ta’siriga ko‘ra xizmatlarning 2026 yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
raqamli platformalar va onlayn bozorlarda xizmat ko‘rsatish sohasi raqobatini miqdoriy-sifat jihatdan baholash yondashuvi aniq o‘lchamli maqsadlarni belgilash, sohaning o‘ziga xos xususiyatlari va belgilarining o‘lchamlarini kirtish zaruratiga ko‘ra takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Raqamli iqtisodiyot sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasini samarali rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
raqamli iqtisodiyot sharoitida xizmat ko‘rsatishga uslubiy yondashuv raqamli texnologiyalardan faol foydalanish sharoitida xizmat ko‘rsatish-ning vaqt bilan bog‘liq tranzaksion harajatlarini yangi norma va vakolati bilan bog‘liq holda institutsional komponentlariga ko‘ra takomillash-tirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining “Qonunchilik xujjatlarining tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini baholash” boshqarmasi amaliyotida foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 27-noyabrdagi 06-10-33-17188-sonli ma’lumotnomasi). Taklif xizmat ko‘rsatish faoliyatini tartibga solishda qo‘llaniladigan yangi normalar va vakolat-larni ishlab chiqish hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlarini tashkil etishda vaqt bilan bog‘liq harajatlarni minimallashtirishning uslubiy asoslarini takomillashtirish imkonini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish mexanizmi mazkur sohaning samarali faoliyatini rasmiy tartibga solishni uyg‘un holda madaniy yondashuv, urf-odat va jamiyatdagi munosabatlar tizimiga asoslangan noras-imy mexanizmining institutsional vositalariga ko‘ra takomillashtirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining “Tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha dasturlar bilan ishlash” boshqarmasi amaliyotida foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 27-noyabrdagi 06-10-33-17188-sonli ma’lumotnomasi). Taklif raqamli iqtisodiyot sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasini samarali rivojlantirishning rasmiy va norasmiy qoidalari uyg‘unligiga ko‘ra qo‘llab-quvvatlash va tartibga solish vositalari birligi samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
raqamli iqtisodiyot sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasining samarali rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar ta’siriga ko‘ra xizmatlarning 2026 yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan prognoz parametrlari bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining “Biznes muxitini tahlil qilish ishbilarmonlik indekslarini baholash” boshqarmasi amaliyotida foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 27-noyabrdagi 06-10-33-17188-sonli ma’lumotnomasi). Taklif xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning raqamli transformatsiyasiga ko‘ra istiqbol davrida Samarqand viloyati bo‘yicha rejalashtirilgan yalpi hududiy mahsulotda xizmatlar hajmini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
raqamli platformalar va onlayn bozorlarda xizmat ko‘rsatish sohasi raqobatini miqdoriy-sifat jihatdan baholash yondashuvi aniq o‘lchamli maqsadlarni belgilash, sohaning o‘ziga xos xususiyatlari va belgilarining o‘lchamlarini kiritish zaruratiga ko‘ra takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining “Biznes muxitini tahlil qilish ishbilarmonlik indekslarini baholash” boshqarmasi amaliyotida foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 27-noyabrdagi 06-10-33-17188-sonli ma’lumotnomasi). Taklifi hududlarda ishbilarmonlik muhitining raqamli infratuzilmasini yaxshilash, xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishga qaratilgan samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish uslubiyotini takomil-lashtirish imkonini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan.