Karimov Elmurod Salimjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog'i nomi): “Kiberbullingni yoshlar ma’naviy-axloqiy dunyoqarashiga ta’siri (ijtimoiy-falsafiy tahlil)” mavzusidagi 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fal976
Ilmiy rahbar:  Egamberdiev Azizbek Abdumalikovich falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03.30.06.2020.Fal.60.04.
Rasmiy opponentlar: O‘sh davlat universiteti professori, falsafa fanlari doktori Sharipova Erkayim Kozievna, Andijon davlat universiteti Fuqarolik jamiyati nazariyasi kafedra professori, falsafa fanlari doktori Yunusova Manzura Pazlitdinovna.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Kiberbullingning genezisi va evolyusiyasini,   yoshlar ma’naviy-axloqiy dunyoqarashiga ta’siriga doir nazariy xulosalarni hamda amaliy taklif-tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kiberbulling hodisasini tushunish (ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotdagi inqiroz hodisasi sifatida), uning har tomonlama talqin qilingan holda uning universal-ontologik va ekzistensial o‘lchovlari ochib berilgan;
kiberbulling hodisasi tarixi haqidagi nazariy manbalar hamda ularning o‘zaro aloqadorligi, ularning umumiy va xususiy jihatlari yoritilgan. Shu bilan birga, kiberbulling hodisasinining oldini olish mahalliy va xorij olimlarining nazariy-metodologik nuqtai-nazarlariga asoslangan holda tahliliy fikr-mulohaza yuritilgan;
kiberbulling hodisasiga qarshi kurashda oila, mahalla va ta’lim muassasalarining o‘rnini aniqlash doirasidagi turli tushuncha, prinsiplar hamda konseptual yondashuvlarni tahlil qilishda mazkur masalalarga doir qarashlar falsafiy va mantiqiy izchillik asosida ochib berilgan;
Uchinchi Renessans yoshlarini tarbiyalash va kiberbulling hodisasiga qarshi kurashda “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari» g‘oyasining o‘rnini aniqlashga oid muammolarni echishga yo‘naltirilgan xulosalar, taklif-tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning natijalari, undagi ilmiy xulosa va takliflarning amaliyotga joriy etilayotgani bo‘yicha quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan:
kiberbulling hodisasini tushunish ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotdagi inqiroz hodisasi sifatida, uning har tomonlama talqin qilingan holda universal-ontologik va ekzistensial o‘lchovlari ochib berilganligiga doir ilmiy-amaliy tavsiyalardan Mudofaa va xavfsizlik masalalari Qo‘mitasining mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan taxliliy mulohazalarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari Qo‘mitasining 2023-yil 15-avgustdagi 24-sonli dalolatnomasi). Natijada mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan Senatning yalpi majlisida muhokama qilinishi shart bo‘lgan taklif va mulohazalarni yanada boyitilishiga xizmat qilgan;
kiberbulling hodisasi tarixi haqidagi nazariy manbalar hamda ularning o‘zaro aloqadorligi, ularning umumiy va xususiy jihatlari yoritilgan. Shu bilan birga, kiberbulling hodisasinini oldini olish mahalliy va xorij olimlarining nazariy-metodologik nuqtai-nazarlariga asoslangan holda tahliliy fikr-mulohaza yuritilganligiga oid ilmiy yangiligidan Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari Qo‘mitasining yoshlar ijtimoiy hayotidagi mavjud muammolarni o‘rganishga qaratilgan tahliliy ma’lumotlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari Qo‘mitasining 2023-yil 17-iyuldagi № 04/5-10-34-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimiz yoshlarining ijtimoiy hayotdagi dunyoqarashini belgilab beruvchi ilmiy xulosalarning yanada boyitilishiga xizmat qilgan;
kiberbulling hodisasiga qarshi kurashda oila, mahalla va ta’lim muassasalarining o‘rnini aniqlash doirasidagi turli tushuncha, prinsiplar hamda konseptual yondashuvlarni tahlil qilishda mazkur masalalarga doir falsafiy va mantiqiy izchillik asosidagi qarashlaridan Mudofaa va xavfsizlik masalalari Qo‘mitasining mamlakatimiz ta’lim muassasalaridagi yoshlar ijtimoiy muammolarini o‘rganishga qaratilgan taxliliy malumotlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari Qo‘mitasining 2023-yil 15-avgustdagi 24-sonli dalolatnomasi). Natijada mamlakatimiz ta’lim muassasalaridagi yoshlar ijtimoiy muammolarini bartaraf etishga qaratilgan huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyati va samaradorligini yanada yuksalishiga xizmat qilgan;
uchinchi renessans yoshlarini tarbiyalash va kiberbulling hodisasiga qarshi kurashda “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” g‘oyasining o‘rnini aniqlashga oid muammolarni echishga yo‘naltirilgan xulosalar, taklif-tavsiyalar ishlab chiqilganligiga doir takliflaridan Mudofaa va xavfsizlik masalalari Qo‘mitasining yoshlar ijtimoiy xavfsizlik muammolariga oid nazorat-tahlil faoliyatiga oid ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari Qo‘mitasining 2023-yil 17-iyuldagi № 04/5-10-34-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar hayotida virtual olamning salbiy jixatlari va uni oldini olishga oid ilmiy tahliliy ma’lumotlarni yanada kengaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish