Xudayberdiev Otabek Absalomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tadbirkorlik faoliyatida innovatsion muhitni tashkil etish samaradorligini oshirish yo‘llari», 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt2066.
Ilmiy rahbar: Rashidov Rahmatullo Alojonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Aripov Oybek Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor; Israilov Rustam Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tadbirkorlik faoliyatida innovatsion muhitni tashkil etish samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadbirkorlik faoliyati innovatsion muhiti holatini baholashning iqtisodiy barqarorlik koeffisientini «qoniqarsiz» (0,1-0,25), «qoniqarli» (0,26-0,40), «yaxshi» (0,41-0,65), va «maqsadga muvofiq» (0,66-1,0) kabi mezon va chegara diapazonlari asosida toifalash taklifi ishlab chiqilgan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra «innovatsion muhit» tushunchasining iqtisodiy mazmuni funksional-jarayon yondashuvi, ilmiy-tadqiqot, ta’lim, ishlab chiqarish, aloqa (innovatsion texnologiyalarni uzatish), isteʼmol va moliyaviy-institutsional sohalar kabi tarkibiy qismlarning kombinatsiyasi natijasida shakllantirilishiga korxonalarning tashqi muhit bilan hamkorlik mexanizmlarini izlash, shakllantirish, tashqi bilimlarni jalb qilish va innovatsion infratuzilma obʼektlari bilan sheriklikni nazarda tutuvchi ochiq innovatsiyalar konsepsiyasi jihatidan yondashuv orqali takomillashtirilgan;
Namangan viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatidagi tadbirkorlik subʼektlari tomonidan mahsulot ishlab chiqarishning eskiz, loyihalash va texnologik jarayonlari ekspert tavsiyalaridan foydalanish asosida kiyim-kechak dizayn tizimini intellektuallashtirishga yo‘naltirilgan kichik guruhlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali takomillashtirilgan;
«Tekstil libos» korxonasi innovatsion faoliyatining ishlab chiqarish jarayoniga ta’sirini ko‘p omilli regression modeli asosida rivojlanishining 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadbirkorlik faoliyatida innovatsion muhitni tashkil etish samaradorligini oshirish yo‘llari yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar asosida:
tadbirkorlik faoliyati innovatsion muhiti holatini baholashning iqtisodiy barqarorlik koeffisientini «qoniqarsiz» (0,1-0,25), «qoniqarli» (0,26-0,40), «yaxshi» (0,41-0,65), va «maqsadga muvofiq» (0,66-1,0) kabi mezon va chegara diapazonlari asosida toifalash taklifi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2024 yil 7-noyabrdagi 06-10-33-16427-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish natijasida «Tekstil libos» mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘zining zaif va ustun tomonlarini aniqlab, yakullangan ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarga sarflanadigan xarajatlarining yillik 10% ga oshirib, korxonaning innovatsion muhitining ishlab chiqarish komponentining integral indeksining 4,99% ga va korxonaning innovatsion holatining integral indeksining 3,12% ga oshishiga olib kelgan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra «innovatsion muhit» tushunchasining iqtisodiy mazmuni funksional-jarayon yondashuvi, ilmiy-tadqiqot, ta’lim, ishlab chiqarish, aloqa (innovatsion texnologiyalarni uzatish), isteʼmol va moliyaviy-institutsional sohalar kabi tarkibiy qismlarning kombinatsiyasi natijasida shakllantirilishiga korxonalarning tashqi muhit bilan hamkorlik mexanizmlarini izlash, shakllantirish, tashqi bilimlarni jalb qilish va innovatsion infratuzilma obʼektlari bilan sheriklikni nazarda tutuvchi ochiq innovatsiyalar konsepsiyasi jihatidan yondashuv orqali takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallaridan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan «Innovative economy» nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-sonli buyrugʼi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabarlarda «Innovatsion muhit» tushunchasining iqtisodiy mazmuni bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalar shakllantirish imkoni yaratilgan;
Namangan viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatidagi tadbirkorlik subʼektlari tomonidan mahsulot ishlab chiqarishning eskiz, loyihalash va texnologik jarayonlari ekspert tavsiyalaridan foydalanish asosida kiyim-kechak dizayn tizimini intellektuallashtirishga yo‘naltirilgan kichik guruhlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2024 yil 7-noyabrdagi 06-10-33-16427-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida tikuvchilikka ixtisoslashtirilgan korxonalarda kiyim-kechaklarni loyihalash va ularni ishlab chiqarishda yangi texnologiyalarni qo‘llanilishi hisobiga ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari 4 foizga pasayishiga va mahsulot ishlab chiqarish xajmi 3 foizga oshirilishiga erishilgan;
«Tekstil libos» korxonasi innovatsion faoliyatining ishlab chiqarish jarayoniga ta’sirini ko‘p omilli regression modeli asosida rivojlanishining 2028 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish taklifi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2024 yil 7-noyabrdagi 06-10-33-16427-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasining 2028-yilga qadar tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha «YO‘l xaritasi»ni asosiy ko‘rsatkichlarining aniqlik darajasi oshirishga erishilgan.