Musredinova Tamila Ismetovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik biznes sub’ektlarining export salohiyatini qo‘llab quvatlash va rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt1950.
Ilmiy rahbar: Kadirova Xadicha Turaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Baxriddin Juraevich,  iqtisodiyot fanlari doktori, professor;   Sirojiddinov Kamoliddin Ikromiddinovich,  iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kichik biznes sub’ektlarining eksport salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “korxonaning eksport salohiyati” tushunchasining iqtisodiy mazmuni korxona iqtisodiy salohiyatining tarkibiy qismi hisoblangan hamda funksional maqsadi tashqi bozorlarda qiyosiy ustunliklari bilan ajralib turuvchi tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va isteʼmolchilarga taqdim etish qobiliyatini biznes egalarining farovonligi va moliyaviy ta’minotini yuksaltirish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
Namangan viloyatida kichik biznes sub’ektlarining eksport salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha agentlik faoliyatini kichik korxonalarda samarali va uzlyuksiz eksport jarayonlarini ta’minlash bilan shug‘ullanuvchi treyderlar guruhini tashkil qilish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
«Nurobod Sifat Textile» MChJ korxonasida 2024-2027 yillarda eksport hajmini oshirishning bazaviy, mo‘tadil safarbarlik, modernizatsiya (investisiya) ssenariylariga ko‘ra asosiy prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
Namangan viloyatidagi kichik biznes sub’ektlarining eksport salohiyati va moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini rivojlantirish ssenariysi asosida 2027 yilgacha bo‘lgan davrda prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kichik biznes sub’ektlarining eksport salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “korxonaning eksport salohiyati” tushunchasining iqtisodiy mazmunini korxona iqtisodiy salohiyatining tarkibiy qismi hisoblangan hamda funksional maqsadi tashqi bozorlarda qiyosiy ustunliklari bilan ajralib turuvchi tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va isteʼmolchilarga taqdim etish qobiliyatini biznes egalarining farovonligi va moliyaviy ta’minotini yuksaltirish nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Moliyaviy menejment” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va isteʼmolchilarga taqdim etish qobiliyatini biznes egalarining farovonligi va moliyaviy ta’minotini yuksaltirish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “korxonaning eksport salohiyati” tushunchasining iqtisodiy mazmuni bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
Namangan viloyatida kichik biznes sub’ektlarining eksport salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha agentlik faoliyatini kichik korxonalarda samarali va uzlyuksiz eksport jarayonlarini ta’minlash bilan shug‘ullanuvchi treyderlar guruhini tashkil qilish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Namangan mintaqaviy boshqarmasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024 yil 9 oktyabrdagi 04/10-25-15258-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilishini natijasida kichik biznes sub’ektlari eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha mavjud mintaqaviy infratuzilmani takomillashtirishga, ko‘rsatilayotgan maslahat xizmatlari sifatini yaxshilash va hajmini oshirishga imkon bergan, bu esa viloyat kichik biznes sub’ektlarining eksport mahsulotlari va xizmatlarini 2022 yilda 25,5 mln AQSh dollar hajmiga qadar oshirishga ta’sir ko‘rsatgan;
«Nurobod Sifat Textile» MChJ korxonasida 2024-2027 yillarda eksport hajmini oshirishning bazaviy, mo‘tadil safarbarlik, modernizatsiya (investisiya) ssenariylariga ko‘ra ishlab chiqilgan asosiy prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Namangan mintaqaviy boshqarmasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 26 sentyabrdagi 123 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilishini natijasida «Nurobod Sifat Textile» MChJ korxonasida eksport faoliyati hajmini oshirish imkoni yaratilib, bu kelajakda korxona moliyaviy-iqtisodiy faoliyati ko‘rsatkichlarini oshirishga ta’sir ko‘rsatgan;
Namangan viloyatidagi kichik biznes sub’ektlarining eksport salohiyati va moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini rivojlantirish ssenariysi asosida ishlab chiqilgan 2027 yilgacha bo‘lgan davrda prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Namangan mintaqaviy boshqarmasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024 yil 9 oktyabrdagi 04/10-25-15258-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi tahlil qilinayotgan korxonalar eksport faoliyatini rejalashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan dasturlar ishlab chiqishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish