Maxmudova Nilufar G‘ulomjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tadbirkorlik faoliyatida mahalliy resurslardan foydalanishni boshqarishda salohiyat va imkoniyatlarni oshirish” (Namangan viloyati misolida),
08.00.13 – “Menejment”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt1934 .
Ilmiy rahbar: Kazakov Olim Sobirovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Xankeldieva Guzal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rashidov Rahmatullo A’lojonovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan korxonalarda mahalliy resurslardan foydalanishni boshqarishda salohiyat va imkoniyatlarni oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “tadbirkorlik faoliyati” tushunchasining iqtisodiy mazmuni tadbirkorlik salohiyatidan samarali foydalanish omillarining o‘zaro munosabatlarini takomillashtirish, mahalliy resurslardan foydalanishni boshqarishda salohiyat va imkoniyatlarni oshirish bilan bog‘liqligi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
tadbirkorlik korxonalarida mahalliy resurslar va imkoniyatlar orqali iqtisodiy salohiyatdan foydalanishning integral oraliq natijalari yondashuviga ko‘ra “a’lo” (4,6 - 5,0), “yaxshi” (3,1 - 4,5), “o‘rta” (1,6 - 3,0), “yomon” (0 - 1,5) baholash chegaralariga muvofiq keluvchi faoliyat samaradorligini ta’minlash asoslangan;
tadbirkorlik faoliyatini boshqarishga mas’ul hududiy idora va tashkilotlar tomonidan mavjud iqtisodiy salohiyat va imkoniyatlarni hududlararo qayta baholash va o‘zaro muvofiqlashtirish orqali mahalliy darajadagi sinergiya samarasiga erishish asoslangan;
"ALBATROS BROK SERVIS" MChJning mahalliy resurslardan foydalanishni boshqarishda salohiyat va imkoniyatlarini oshirish imkonini beruvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida 2027 yilga qadar mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadbirkorlik sub’ektlarida mahalliy resurslardan foydalanishni boshqarishni takomillashtirish asosida ularning salohiyatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “tadbirkorlik faoliyati” tushunchasining iqtisodiy mazmunini tadbirkorlik salohiyatidan samarali foydalanish omillarining o‘zaro munosabatlarini takomillashtirish, mahalliy resurslardan foydalanishni boshqarishda salohiyat va imkoniyatlarni oshirish bilan bog‘liqligi nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurti talabalari uchun tavsiya etilgan “Menejment” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 9-sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘i). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy o‘quv yurti talabalari hamda bo‘lg‘usi mutaxassislarda kichik biznes va tadbirkorlikni boshqarish, tadbirkorlik faoliyatida iqtisodiy resurslardan foydalanishni boshqarish hamda iqtisodiy salohiyatni boshqarishning nazariy asoslari bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
tadbirkorlik korxonalarida mahalliy resurslar va imkoniyatlar orqali iqtisodiy salohiyatdan foydalanishning integral oraliq natijalari yondashuviga ko‘ra “a’lo” (4,6 - 5,0), “yaxshi” (3,1 - 4,5), “o‘rta” (1,6 - 3,0), “yomon” (0 - 1,5) baholash chegaralariga muvofiq keluvchi faoliyat samaradorligini ta’minlash taklifi Namangan viloyati korxonalarida mahalliy resurslardan foydalanishni boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2024 yil 13 noyabrdagi №06-10-33-16630-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan korxonalarda mahalliy resurslardan foydalanishni boshqarish samaradorligini orttirishga va mahsulot tannarxida xom ashyo xarajatlarining 0,5 %ga kamaytirish orqali iqtisodiy samara olinishiga imkon yaratgan;
tadbirkorlik faoliyatini boshqarishga mas’ul hududiy idora va tashkilotlar tomonidan mavjud iqtisodiy salohiyat va imkoniyatlarni hududlararo qayta baholash va o‘zaro muvofiqlashtirish orqali mahalliy darajadagi sinergiya samarasiga erishish taklifi Namangan viloyatidagi tadbirkorlik korxonalarida joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2024 yil 13 noyabrdagi № 06-10-33-16630-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida boshqaruv faoliyati samaradorligini ortishiga erishilgan va mahalliy resurslardan foydalanishni boshqarishni takomillashuviga xizmat qilgan;
"ALBATROS BROK SERVIS" MChJning mahalliy resurslardan foydalanishni boshqarishda salohiyat va imkoniyatlarini oshirish imkonini beruvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari Namangan viloyatidagi tadbirkorlik korxonalarida joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2024 yil 13 noyabrdagi № 06-10-33-16630-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlari va natijalari asosida tadbirkorlik korxonalari o‘zlarining istiqboldagi faoliyatlarini ob’ektiv tarzda rejalashtirishiga va qo‘yilgan maqsadlarga erishilishiga imkon yaratilgan.