Shamsuddinov Baxodir Raximovich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Disserrtatsiya mavzusi, ixtisoslik shrift (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda hayot sug‘urtasining uslubiy asoslarini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (Iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Iqt598
Ilmiy rahbar: Azimov Rustam Sodiqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiyia bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: To‘xliev Nurislom, akademik, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kudryavsev Andrey Alekseevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Iminov Toxir Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda hayot sug‘urtasining uslubiy asoslarini takomillashtirish va sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘urta kompaniyalarida hayot sug‘urtasi risklarini boshqarish uslubiyotini ularning biznes jarayonlariga «aktuar hisoblar»ni joriy etish orqali takomillashtirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
hayot sug‘urtasi bo‘yicha tushumlar zahirasini shakllantirish va undan foydalanish samaradorligini aniqlash uslubiyotini sug‘urta sohasida statistik, moliyaviy va buxgalteriya hisoboti tizimini tahlil qilishning «retrospektiv yondashuv» usulini qo‘llash orqali takomillashtirish taklifi ishlab chiqilgan;
sug‘urta bozorida hayotni sug‘urtalashdan kelishi mumkin bo‘lgan kutilmagan zararni hisoblash usuli hayotni sug‘urtalashning xavfli turlari bo‘yicha sodir bo‘lgan, ammo xabar qilinmagan zararlar zahirasini (IBNR) aniqlash jarayonida “Zanjirli narvon” tizimini qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
sug‘urtalovchilarning to‘lov qobiliyatini baholash va monitoring qilish uslubiyoti hayot sug‘urtasi demografik va moliyaviy omillarining alternativ senariylariga asoslangan dinamik modelini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
respublikada sug‘urta bozori rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikning ekonometrik modelini ishlab chiqish asosida, matrisaning singulyar qiymat dekompozisiyasi (Singular Value Decomposition) usulidan foydalanilgan holda hayot davomiyligini baholovchi koeffisentlarning yosh va jins kesimida 2024 - 2050 yillar uchun ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlari hisoblangan va ular asosida dynamik hayot jadvallari qurilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda hayot sug‘urtasining uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
sug‘urta kompaniyalarida hayot sug‘urtasi risklarini boshqarish uslubiyotini ularning biznes jarayonlariga aktuar hisoblarni joriy etish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 1 martdagi PQ-108-son “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 13-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2024-yil 20-sentyabrdagi 03/19-1-1-3663-son ma’lumotnoma). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida respublikada hayotni sug‘urtalash sohasiga aktuar hisoblash amaliyotining zamonaviy usullari joriy qilinadi;
hayot sug‘urtasi bo‘yicha tushumlar zahirasini shakllantirish va undan foydalanish samaradorligini aniqlash uslubiyotini sug‘urta sohasida statistik, moliyaviy va buxgalteriya hisoboti tizimini tahlil qilishning «retrospektiv yondashuv» usulini qo‘llash orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 1 martdagi PQ-108-son “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 1-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2024-yil 20-sentyabrdagi 03/19-1-1-3663-son ma’lumotnoma). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida hayotni sug‘urtalash sohasida sug‘urta zahiralarini shakllantirishning prudensial qoidalari Xalqaro sug‘urta nazoratchilari assotsiatsiyasi (IAIS) talablariga muvofiqlashtiriladi;
sug‘urta bozorida hayotni sug‘urtalashdan kelishi mumkin bo‘lgan kutilmagan zararni hisoblash usuli hayotni sug‘urtalashning xavfli turlari bo‘yicha sodir bo‘lgan, ammo xabar qilinmagan zararlar zahirasini (IBNR) aniqlash jarayonida “Zanjirli narvon” tizimini qo‘llash orqali taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 1 martdagi PQ-108-son “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 19-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2024-yil 20-sentyabrdagi 03/19-1-1-3663-son ma’lumotnoma). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida sodir bo‘lgan, ammo xabar qilinmagan zararlar zahirasini shaklantirishning prudensial uslubi takomillashtiriladi;
sug‘urtalovchilarning to‘lov qobiliyatini baholash va monitoring qilish uslubiyotini hayot sug‘urtasi demografik va moliyaviy omillarining alternativ ssenariylariga asoslangan dinamik modelini ishlab chiqish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 1 martdagi PQ-108-son “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 19-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2024-yil 20-sentyabrdagi 03/19-1-1-3663-son ma’lumotnoma). Natijada hayotni sug‘urtalash sohasida sug‘urta zahiralarini shakllantirishning prudensial qoidalari Xalqaro sug‘urta nazoratchilari assotsiatsiyasi (IAIS) talablariga muvofiqlashtiriladi;
respublikada sug‘urta bozori rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikning ekonometrik modelini ishlab chiqish asosida, matrisaning singulyar qiymat dekompozisiyasi (Singular Value Decomposition) usulidan foydalanilgan holda qurilgan dinamik hayot jadvallaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 1 martdagi PQ-108-son “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 28-bandining maqsadli ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2024-yil 20-sentyabrdagi 03/19-1-1-3663-son ma’lumotnoma). Natijada hayotni sug‘urtalash sohasida sug‘urta zahiralarini shakllantirishning prudensial qoidalari Xalqaro sug‘urta nazoratchilari assotsiatsiyasi (IAIS) talablariga muvofiqlashtiriladi.