Umarov Abduvaxob Tursunovichning
Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqalarni barqaror iqtisodiy rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Iqt721
Ilmiy rahbar: Vahabov Abduraxim Vasikovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11
Rasmiy opponentlar: To‘xliev Nurislom akademik, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qodirov Abdurashid Madjitovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Axmedov Tursun Muxitovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mintaqalarni iqtisodiy rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqalarda «yashil energiya bozori»ni rivojlantirishga «yashil biznes»ga sarmoya kiritadigan tadbirkorlik subektlarining “yashil energiya sertifikati”ni xarid qilishga doir xarajatlarini foyda solig‘i bazasidan chegirib tashlash yo‘li bilan rag‘batlantirish mexanizmini joriy etish orqali erishish taklifi asoslangan;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatini aniqlash mezonlari barcha manbalar (davlat, xususiy) hisobidan moliyalashtiriladigan investisiya loyihalari uchun suveren “ESG” indikatorlarni ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
mintaqalarning mavjud mineral xomashyo resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga joylarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subektlariga qimmatbaho, rangli, nodir metallar, noruda kon va uchastkalaridan foydalanish huquqini erkin bozor tamoyillari asosida sotishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
mintaqalarni barqaror rivojlantirish strategiyasini har bir tumanda texnologik sanoat zonalarni tashkil qilish va barqaror rivojlanishini ta’minlashning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik sohalari «triada»sini joriy qilish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
mintaqalarda “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmini har bir hududning  tabiiy resurs salohiyati, investision jozibadorligi va raqobat ustunliklarini hisobga olgan sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subektlarining biznes xatarlarini davlat va hususiy banklar ishtirokida optimal taqsimlash tizimini joriy qilish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
mintaqalarda «yashil energiya bozori»ni rivojlantirishga «yashil biznes»ga sarmoya kiritadigan tadbirkorlik subektlarining “yashil energiya sertifikati”ni xarid qilishga doir xarajatlarini foyda solig‘i bazasidan chegirib tashlash yo‘li bilan rag‘batlantirish mexanizmini joriy etish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil
2-dekabrdagi PQ-436-son “2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”ga qarorining 3-ilovasi 12-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasining byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2024-yil
17-avgustdagi 04/1-13-24-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida texnologik jarayonlarning ekologik meʼyorlarga va talablarga muvofiqligini baholash, mahsulot va xizmatlarni ekologik markirovkalash imkoniyati yaratildi;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatini aniqlash mezonlari barcha manbalar (davlat, xususiy) hisobidan moliyalashtiriladigan investisiya loyihalari uchun suveren “ESG” indikatorlarni ishlab chiqish va joriy etish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son “2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”ga qarorining 3-ilovasi 18-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasining byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2024-yil 17-avgustdagi 04/1-13-24-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati, mintaqalarda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish, aholi va biznes uchun yaratilgan shart-sharoitlarni tizimi baholash imkoniyati yaratildi;
mintaqalarning mavjud mineral xomashyo resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga joylarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subektlariga qimmatbaho, rangli, nodir metallar, noruda kon va uchastkalaridan foydalanish huquqini erkin bozor tamoyillari asosida sotish tizimini joriy qilish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil
2-dekabrdagi PQ-436-son “2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”ga qarorining 3-ilovasi 36-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasining byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2024-yil
17-avgustdagi 04/1-13-24-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida hududlarda mavjud mineral xomashyo resurslaridan tadbirkorlik subektlari samarali foydalanish, qimmatbaho, rangli, nodir metallar, noruda kon va uchastkalarini sotib olish, xom ashyoni qayta ishlash imkoniyatini oshirishga xizmat qiladi;  
mintaqalarni barqaror rivojlantirish strategiyasini har bir tumanda texnologik sanoat zonalarni tashkil qilish va barqaror rivojlanishini ta’minlashning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik sohalari «triada»sini joriy qilish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son “2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”ga qarorining 3-ilovasi 18-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasining byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2024-yil 17-avgustdagi 04/1-13-24-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida har tumanda zamonaviy texnologik sanoat zonalarini faoliyati yo‘lga qo‘yiladi hamda unda barqaror rivojlanishini ta’minlashda uning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik sohalar “triadasi” tizimi samaradorligini oshirish imkonini beradi;
mintaqalarda “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmini har bir hududning  tabiiy resurs salohiyati, investision jozibadorligi va raqobat ustunliklarini hisobga olgan sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subektlarining biznes xatarlarini davlat va hususiy banklar orqali optimal taqsimlash tizimini joriy qilish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son “2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”ga qarorining 3-ilovasi 28-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasining byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2024-yil 17-avgustdagi 04/1-13-24-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida har bir hududda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish orqali sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sishiga erishiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish