Sanoyev G‘aybullo Abduraxmonovishning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ajdodlarimiz merosini o‘rganish jarayonida boshlang‘ish sinf o‘quvshilarining savodxonlik ko‘nikmasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped4846.
Ilmiy rahbar: Dilova Nargiza Gaybullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Usmanova Umida Aybekovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ajdodlar merosini o‘rganish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining savodxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining savodxonlik ko‘nikmasini ajdodlar merosini o‘rganish asosida rivojlantirishning qadriyatli-aksiologik, ilmiy-akmeologik yondashuvli nazariy asoslari innovatsion ta’lim-tarbiya jarayonidagi ijtimoiy, refleksiv, motivatsion, strategik faollikni oshiruvchi usullar hamda pedagogik shart-sharoitlarni integratsiyalovchi didaktik tamoyillarga ustivorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
ajdodlar merosini o‘rganish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish savodxonligi ko‘nikmasining rivojlanganlik darajasi “subekt-subekt” faoliyati mazmunini ijodiy-innovatsion, emotsional-harakatchan topshiriqlarni kolloborativ, kommunikativ, tadqiqotchilik tamoyili talablarini bajarishda shakllantirilgan adabiy-nutqiy kompetentlik (“o‘qish”, “ifodali va ravon o‘qish”, “tushunib, ongli o‘qish”, “muloqotli o‘qish”) ko‘rsatgichlari baholashning motivatsion, kognetiv, refleksiv, faoliyatli (“kreativ”, “produktiv”, “reproduktiv”) mezonlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
o‘qish darslarida ajdodlar merosini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini texnologik, ijodiy-izlanuvchanlik, ART pedagogikasi kabi o‘quv maqsadlariga erishish samadorligini oshiruvchi hamda ularning savodxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirishni ta’minlovchi 4K tamoyili (kollaborativ, kommunikativ, kreativ va tanqidiy fikrlash)dan foydalanishga yo‘naltirilgan integratsion metodik model takomillashtirilgan;
milliy o‘quv dasturi va xalqaro baholash tadqiqotlari integratsiyasi asosida boshlang‘ich sinflarda ajdodlar merosini o‘rganish orqali o‘quvchilarning savodxonlik ko‘nikmasini intensiv rivojlantirishni ta’minlovchi 4K tamoyilidan foydalanishga oid o‘quv mashg‘ulotlar mazmuni yakka, juftlikda, hamkorlikda mustaqil ishlashga yo‘naltirilgan interaktiv mashqlar, yosh davrlarining kognitiv imkoniyatlariga mos turli darajadagi evristik faoliyatli topshiriqlar, ijodiy-loyihaviy darslar va ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ajdodlar merosini o‘rganish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining savodxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining savodxonlik ko‘nikmasini ajdodlar merosini o‘rganish asosida rivojlantirishning qadriyatli-aksiologik, ilmiy-akmeologik yondashuvli nazariy asoslari innovatsion ta’lim-tarbiya jarayonidagi ijtimoiy, refleksiv, motivatsion, strategik faollikni oshiruvchi usullar hamda pedagogik shart-sharoitlarni integratsiyalovchi didaktik tamoyillarga ustivorlik berish asosida aniqlashtirilgan tavsiyalardan “Boshlang‘ich sinflarda Sharq mutafakkirlari asarlarini o‘rganish” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuni boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2024-yil 19-noyabrdagi 02/-01-01-120 son ma’lumotnomasi). Natijada, undan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, yosh mutaxassislar, pedagogika oliy o‘quv yurti talabalari, malaka oshirish kurslarining tinglovchilari o‘z faoliyatida foydalangan;
ajdodlar merosini o‘rganish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish savodxonligi ko‘nikmasining rivojlanganlik darajasi “subekt-subekt” faoliyati mazmunini ijodiy-innovatsion, emotsional-motivatsion topshiriqlarni kolloborativ, kommunikativ, tadqiqotchilik tamoyillari asosida bajarishning adabiy-nutqiy kompetentlik ko‘rsatgichlari “o‘qish”, “ifodali va ravon o‘qish”, “tushunib, ongli o‘qish” hamda “muloqotli o‘qish” kabi baholash mezonlariga oid taklif etilgan tavsiyalardan FZ-2016-0909111822-“Darsliklar va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda ommaviy madaniyatga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2024-yil 28-maydagi 01/15-09/175-son ma’lumotnomasi).Natijada, ushbu loyihada boshlang‘ich sinf darslari jarayonida ajdodlar merosini o‘rganish orqali o‘quvchilarning savodxonlik ko‘nikmasini rivojlantirish hamda ularda hayotiy ko‘nikmalarni tarkib toptirishga erishilgan;
o‘qish darslarida ajdodlar merosini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini texnologik, ijodiy-izlanuvchanlik, ART pedagogikasi kabi o‘quv maqsadlariga erishish samadorligini oshiruvchi hamda ularning savodxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirishni ta’minlovchi 4K tamoyili (kollaborativ, kommunikativ, kreativ va tanqidiy fikrlash)dan foydalanishga yo‘naltirilgan integratsion metodik modelning takomillashtirilishiga oid ilmiy tavsiyalar 60110500–Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Ona tili - o‘qish savodxonligi va metodikasi” (amaliy mashg‘ulotlar) o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 10-maydagi 11-05-2097/0-4son ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘llanma mazmuni Milliy dastur talablari asosida takomillashtirilib, ajdodlar merosini o‘rganish orqali o‘quvchilarning savodxonlik ko‘nikmasini rivojlantirishga oid mazmun bilan boyitilgan;
milliy o‘quv dasturi va xalqaro baholash tadqiqotlari integratsiyasi asosida boshlang‘ich sinflarda ajdodlar merosini o‘rganish orqali o‘quvchilarning savodxonlik ko‘nikmasini intensiv rivojlantirishni ta’minlovchi 4K tamoyilidan foydalanishga oid o‘quv mashg‘ulotlar mazmuni yakka, juftlikda, hamkorlikda mustaqil ishlashga yo‘naltirilgan interaktiv mashqlar, yosh davrlarining kognitiv imkoniyatlariga mos turli darajadagi evristik faoliyatli topshiriqlar, ijodiy-loyihaviy darslar va ilmiy metodik tavsiyalarni takomillashtirishga oid mualliflik g‘oyalaridan PZMV 2014-0902125611-“Maktab pedagogika jamoasini o‘zini o‘zi rivojlantirishi uchun madaniy-ijodiy muhitni yaratish va loyihalash metodidan foydalanish” mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2024-yil 28-maydagi 01/15-09/175-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur loyiha mazmunida ajdodlar merosini o‘rganishda o‘quvchilarining savodxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tavsiyalar o‘qituvchilarning akmeologik darajasini oshirishga xizmat qilgan.