Jumaqulov G‘olibjon Hasanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqtidorli o’quvchilar intellektual sifatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7040.
Ilmiy rahbar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlar doktori, professor; Kiyomov Nishon Sodikovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi akademik liseylar o‘quvchilarining intellektual salohiyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtidorli o‘quvchilar intellektual sifatlarini rivojlantirishda aqliy harakatli, jamoaviy, adaptiv, muammoli, loyihalash kabi texnologiyalardan foydalanishning o‘zgaruvchanlik, noan’anaviylik, tashabbuskorlik, ilmiylik kabi tamoyillari kreativ g‘oyali metodik mashqlar mazmuniga ilmiy bilimlarni singdirish orqali asoslangan;
akademik lisey ta’lim jarayonida o‘quvchilar iqtidorini rivojlantirishga yo‘naltirilgan muammoli, loyihali, evristik, shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarni tatbiq etishda sub’ekt-sub’ekt munosabatlaridagi bilish, anglash, fikrlash xulosalash faoliyatini faollashtirish xususiyatlari ta’lim oluvchi maqomini o‘zgartirish, ta’lim-tarbiyaga rag‘bat uyg‘otishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
akademik lisey o‘quvchilarining intellektual sifatlarini rivojlantirishda o‘qitishning axborot targ‘iboti, farqni bartaraf etish, tanlash, individuallik, mustaqillik kabi refleksiv mashqlar va innovatsion texnologiyalarga asoslangan o‘quv jarayoni mazmuni pedagogik tashkil etish, boshqarish, loyihalash, metodik ta’minlash funksiyalarining tarkibini tasniflash asosida takomillashtirilgan;
akademik lisey o‘quvchilarining intellektual sifatlarini baholash mazmuni kasbiy faoliyatga ma’suliyat va moslashuvchanlik darajalari hamda kasbiy-intellektual, tashkiliy-kommunikativ, emotsional-irodaviy shaxsiy sifatlarning tavsifi asosida jarayon samaradorligini oshirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Akademik lisey o‘quvchilari intellektual sifatlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari va ishlab chiqilgan takliflar asosida:
iqtidorli o‘quvchilar intellektual sifatlarini rivojlantirishda aqliy harakatli, jamoaviy, adaptiv, muammoli, loyihalash kabi texnologiyalardan foydalanishning o‘zgaruvchanlik, noan’anaviylik, tashabbuskorlik, ilmiylik kabi tamoyillari kreativ g‘oyali metodik mashqlar mazmuniga ilmiy bilimlarni singdirishga oid taklif va tavsiyalar “Qiziqarli matematika” nomli qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 12 oktyabrdagi 89-05-128-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning intellektual sifatlarini rivojlantirish bo‘yicha manbalar va resurslar kengaytirilgan;
akademik lisey ta’lim jarayonida o‘quvchilar iqtidorini rivojlantirishga yo‘naltirilgan muammoli, loyihali, evristik, shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarni tatbiq etishda sub’ekt-sub’ekt munosabatlaridagi bilish, anglash, fikrlash xulosalash faoliyatini faollashtirish xususiyatlari ta’lim oluvchi maqomini o‘zgartirish, ta’lim-tarbiyaga rag‘bat uyg‘otishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalardan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilishi 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan №OT-F4-02 “Matematik fizikaning holatlar to‘plami cheksiz bo‘lgan modellari termodinamikasi” nomli loyihani bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2024-yil 30-maydagi 01-04/2914-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning intellektual sifatlarini rivojlantirishda integrativ topshiriqlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qilgan;
akademik lisey o‘quvchilarining intellektual sifatlarini rivojlantirishda o‘qitishning axborot targ‘iboti, farqni bartaraf etish, tanlash, individuallik, mustaqillik kabi refleksiv mashqlar va innovatsion texnologiyalarga asoslangan o‘quv jarayoni mazmuni pedagogik tashkil etish, boshqarish, loyihalash, metodik ta’minlash funksiyalarining tarkibini tasniflash asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Matematika fanidan milliy sertifikat masalalari va ulardan namunalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 7 maydagi 149-son buyrug‘i, 458167-son guvohnomasi). Natijada akademik liseylar o‘quvchilari intellektual sifatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tashkiliy-uslubiy ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan.