Pulatova Zulfiya Saidxanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shahar ko‘cha-yo‘l tarmoqlarini hisobga olgan xolda piyodalarning manzilga etib olish imkoniyatini baholash usullarini takomillashtirish (Toshkent shahri misolida)”, 05.09.02 - “Geotexnika” (Yo‘llar, yo‘llarni raqamlashtirish va yo‘l harakati xavfsizligi. YO‘l telematikasi yo‘nalishlari bo‘yicha) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5009
Ilmiy rahbar: Sadikov Ibragim Salixovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, PhD.15/31.08.2022.T.73.05
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD, dotsent Musulmonov Quvonch Nasrullaevich (Toshkent davlat transport universiteti); texnika fanlari doktori, professor Xotamov Asadullo Toshtemirovich (Toshkent arxitektura-qurilish universiteti).
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Toshkent shahri sharoitida piyodalarning manzilga etib olish imkoniyatini baholash metodini takomillashtirish takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Toshkent shahridagi barcha yo‘llar va ko‘chalarning aniq geometrik parametrlarga ega bo‘lgan, batafsilligi va aniqliligi bilan mavjud kartografik xaritalardan farq qiluvchi elektron (vektorli) xaritasi ishlab chiqilgan;
Toshkent shahridagi 12 ta tumanning har biri uchun shaharning asosiy xususiyatlarini, jumladan, hududlashtirish, infratuzilmaning o‘ziga xos xususiyatlari va demografik ko‘rsatkichlarni vizual tasvirlash va tahlil qilish imkonini beruvchi innovatsion mavzuiy xaritalar ishlab chiqilgan;
Toshkent shahrida ilk marotaba piyodalar uchun o‘zlari ko‘zlagan shahar manzillariga borish imkoniyatining mavjudligi va piyodalarning ushbu manzillarga qulay etib olish ko‘rsatkichlarini yanada aniq baholash imkonini beruvchi mahalliy geografik va ijtimoiy-iqtisodiy parametrlarni inobatga olgan holda piyodalarning manzilga etib borish imkoniyatining maxsus innovatsion indeksi ishlab chiqilgan;
shahar sharoitlarida piyodaning manzilga etib olish imkoniyatini baholash metodini aniqliligi va amaliy qo‘llanilish darajasini sezilarli darajada oshirish imkoniyatini beruvchi, piyodalarning manzilga etib olish imkoniyatini baholash metodida izoxronlardan foydalanish, yangi hisoblash va tahlil algoritmlarini kiritish orqali sezilarli darajada takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Toshkent shahri sharoitida piyodalarning manzilga etib olish imkoniyatini baholash metodini takomillashtirishdan bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Toshkent shahrida ilk marta piyodalar uchun o‘zlari ko‘zlagan manzillariga borishlari imkoniyatining mavjudligi va piyodalaning ushbu manzillarga qulay ravishda etib olishlari ko‘rsatkichlarini yanada aniqroq baholash imkonini beruvchi mahalliy geografik va ijtimoiy-iqtisodiy parametrlani inobatga olgan maxsus innovatsion indeksi ishlab chiqilgan va Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2024 yil 04 noyabrdagi № 03-4178 ma’lumotnomasi). Natijada shahar ko‘cha-yo‘l tarmog‘ini rivojlantirish normalari va qoidalari bo‘yicha me’yoriy hujjatlar shahar piyodalar yo‘lakchalari tarmog‘ini rivojlantirishga, piyodalarning manzilga etib olish imkoniyatlarini baholash imkonini bergan;
shahar sharoitlarida piyodaning manzilga etib olish imkoniyatini baholash metodini aniqliligi va amaliy qo‘llanilishi darajasini sezilarli darajada oshirish imkoniyatini beruvchi piyodalaming manzilga etib olish imkoniyatini baholash metodida izoxronlardan foydalanish, yangi hisoblash va tahlil algoritmlarini kiritish orqali sezilarli darajada takomillashtirish usuli Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi qoshidagi tashkilotlarda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2024 yil 04 noyabrdagi № 03-4178 ma’lumotnomasi). Natijada piyodalarning manzilga etib olish imkoniyatini baholash Toshkent shahrining har bir tumanida ko‘cha yo‘l tarmog‘ini hisobga olgan holda, piyodalar yo‘lakchalarining talab darajasiga etkazishga erishilgan.