Tilakov Suxrob Muxammadievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Quyma polimeroltingugurtli asfaltbeton qoplamasining ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini oshirish usulini takomillashtirish”, 05.09.02 - “Geotexnika” (YO‘llar, yo‘llarni raqamlashtirish va yo‘l harakati xavfsizligi. YO‘l telematikasi yo‘nalishlari bo‘yicha) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5010
Ilmiy rahbar: Sadikov Ibragim Salixovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, PhD.15/31.08.2022.T.73.05
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD, dotsent Axmedov Sherzod Baxodirovich (Toshkent davlat transport universiteti); texnika fanlari doktori, professor Kasimov Ibrohim Irkinovich (Toshkent arxitektura-qurilish universiteti).
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi avtomobil yo‘llari asfaltbeton qoplamalarining yuqori haroratga chidamliligini oshirish uchun quyma polimeroltingugurtli asfaltbeton qoplamasining ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini oshirish usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy oltingugurt M4 markali modifikator bilan zaharli gazlarni bartaraf etish texnologiyasidan foydalanib modifikatsiya qilinishi natijasida modifikatsiyalangan oltingugurtning polimerlanish miqdorini 42 % ga etkazishga erishilgan;
yo‘l qoplamalarini qurish va ta’mirlash uchun mustahkamligi, yoriqbardoshliligi va haroratga chidamliligi yuqori bo‘lgan yangi qurilish materiali - quyma polimeroltingugurtli asfaltbeton olingan;
ishlab chiqilgan yangi tarkibdan foydalanib quyma polimeroltingugurtli asfaltbeton qoplamalarining g‘ildirak izi hosil bo‘lishga chidamliligi, suvga chidamliligi, yuqori haroratga chidamliligi kabi talab etiladigan ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini oshirishga erishilgan;
asosiy tarkib va texnologik omillar (polimeroltingugurt tarkibi, tayyorlash harorati, modifikator turi va miqdori) quyma polimeroltingugurtli asfaltbetonning fizik - mexanik va ekspluatatsion ko‘rsatkichlariga ta’sir qilishi qonuniyatlar natijasida aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Quyma polimeroltingugurtli asfaltbeton qoplamasining ekspluatatsion ko‘rsatkichlari oshirish usulini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
polimerlanish miqdorini 42 % ga teng polimeroltingugurtdan quyma polimeroltingugurtli asfaltbeton uchun ishlab chiqilgan tarkib asosida  asfaltbeton zavodida qorishma tayyorlanib Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga qarashli korxonalarda amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2024-yil 4 - noyabrdagi, № 03 - 4177 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, quyma polimeroltingugurtli asfaltbeton qoplamasining ekspluatatsion ko‘rsatkichlari oshirilganligi kuzatilgan;
quyma polimeroltingugurtli asfaltbeton yo‘l qoplamalarini qurish va ta’mirlash uchun mustahkamligi, yoriqbardoshliligi va haroratga chidamliligi hamda siljishga chidamliligini oshiradi, avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga qarashli korxonalarda amaliyotga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2024-yil 4 - noyabrdagi, № 03 - 4177 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, quyma polimeroltingugurtli asfaltbetonni qo‘llanishi qoplamaning 70 0C haroratda siqilishga mustahkamligi hozirgi kunda qo‘llanilayotgan asfaltbetonga nisbatan 15 % ga ortishiga olib kelgan;
quyma polimeroltingugurtli asfaltbetonning I, II, III tiplari uchun ishlab chiqilgan maqbul donadorlik tarkibi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga qarashli korxonalarda amaliyotga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2024-yil 4 - noyabrdagi, № 03 - 4177 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori haroratli ekspluatatsion sharoitda qoplama mustahkamligi ortishiga olib kelgan;
quyma polimeroltingugurtli asfaltbetonning takomillashgan usuli Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga qarashli korxonalarda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2024-yil 4 - noyabrdagi, № 03 - 4177 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori haroratli ekspluatatsion sharoitda qoplamaning ekspluatatsion ko‘rsatkichlari oshirilgan, shuningdek ushbu uslubni qo‘llash natijasida bitum miqdorini 37,5 % gacha iqtisod qilishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish