Kuvandikov Jo‘ra Tursunbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘qitish jarayonini boshqarishda o‘quv ko‘rsatkichlari asosida bilimlarni aks ettirishning mantiqiy xulosalash model va algoritmlari”, 05.01.02 – “Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5008.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Raximov Nodir Odilovich texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, PhD.03/29.12.2023.T.02.12.
Rasmiy opponentlar: Muxamedieva Dilnoz Tulkunovna, texnika fanlari doktori, professor; Mardanov Dilmurod Raxmonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘qitish jarayonini boshqarishda o‘quv ko‘rsatkichlari asosida bilimlarni aks ettirishning mantiqiy xulosalash model va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
noravshan to‘plamlar nazariyasiga asoslangan baholash mexanizmlari orqali o‘qitishning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ko‘p faktorlarga asoslangan bilimlarni aks ettirishning modeli ishlab chiqilgan;
o‘quv ko‘rsatkichlaridagi o‘zaro bog‘langan axborotlarni aniqlash va noravshan mantiq asosida bilimlarni aks ettirish qarorlarini qabul qilish algoritmi ishlab chiqilgan;
mantiqiy xulosalash asosida bilimlarni aks ettirish uchun o‘quv ko‘rsatkichlaridagi axborot resurslarining funksional yuklamasini kengaytirish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish imkonini beruvchi baholash algoritmi ishlab chiqilgan;
bilimlarni aks ettirish jarayonida ko‘p faktorli baholash parametrlari asosida noravshan mantiqli algoritmlar va ularning dasturiy vositasi ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya tadqiqotlari doirasida o‘qitish jarayonini boshqarishda o‘quv ko‘rsatkichlari asosida bilimlarni aks ettirishning mantiqiy xulosalash model va algoritmlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘qitish jarayonini boshqarishda o‘quv ko‘rsatkichlaridagi o‘zaro bog‘langan axborotlarni aniqlash va noravshan mantiq asosida bilimlarni aks ettirish qarorlarini qabul qilish algoritmining dasturiy vositasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazida ta’lim oluvchilarning individual xususiyatlarini shakllantirishda o‘quv ko‘rsatkichlari asosida bilimni aks ettirish maqsadida qo‘llanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 25-maydagi 33-8/3509-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan dasturiy vosita o‘quv ko‘rsatkichlarni ko‘p faktorli tahlil qilish samaradorligini 10-15% ga oshirish imkonini bergan;
mantiqiy xulosalash asosida bilimlarni aks ettirish uchun o‘quv ko‘rsatkichlaridagi axborot resurslarining funksional yuklamasini kengaytirish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish imkonini beruvchi baholash algoritmining dasturiy vositasi Innovatsion rivojlanish agentligi Jizzax viloyati yoshlar texnoparkida foydalanish ko‘rsatkichlarini shakllantirish hamda ushbu ko‘rsatkichlar asosida baholashda qaror qabul qilishga ko‘maklashish uchun foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 25-maydagi 33-8/3509-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan dasturiy vosita axborot resurslaridan foydalanish ko‘rsatishlari asosida bilimlarni aks ettirish samaradorligini 12-14% ga oshirish imkonini bergan;
bilimlarni aks ettirish jarayonida ko‘p faktorli baholash parametrlari asosida noravshan mantiqli algoritmlarning dasturiy vositasi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida o‘quv ko‘rsatkichlari asosida bilimlarni aks ettirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 25-maydagi 33-8/3509-son ma’lumotnomasi). Natijada, bilimlarni aks ettirishda o‘quv ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va axborot-resurslardan foydalanish ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda, ta’lim oluvchilarning bilimlarini obektiv baholashda taklif etilgan ko‘p faktorli baholash model va algoritmlari samarali deb xulosa berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish