Xodjabekova Surayyo Abduganievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Og‘ir nutq nuqsoni bo‘lgan bolalarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari”, 13.00.03 - Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7223.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abidova Nilufar Zakirovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30/012022 Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Yakubjanova Dilobar Batirovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi og‘ir nutq nuqsoni bo‘lgan bolalarning kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
og‘ir nutq nuqsoni bo‘lgan bolalarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari verbal va noverbal muloqot vositalarini qo‘llash, ijtimoiy vaziyatlarda muloqotga kirisha olish hamda ta’limiy motivatsiyalarni adaptiv darajalash va shaxsiy qiziqishlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan o‘quv materiallarini konstruksiyalash, pedagogik vaziyatlarga mos tizimli variatsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
og‘ir nutq nuqsoni bo‘lgan bolalarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirish modeli kreativ, qisman izlanishli, produktiv, reproduktiv rivojlanish darajalarni logopedik tashxislash hamda tabaqalashtirilgan manzilli korreksion-rivojlantiruvchi ishlar mazmunini ta’limiy maqsadlarga mos bosqichma-bosqich belgilash asosida takomillashtirilgan;
og‘ir nutq nuqsoni bo‘lgan bolalarda kommunikativ kompetentlikni rivojlantirish texnologiyasi kommunikativ, kompleks, psixolingvistik, integratsiyalashgan yondashuvlarga ko‘ra logopedik ko‘rik natijalarini multimediyali ta’lim vositalari didaktik imkoniyatlari bilan uyg‘unlashtirish hamda duduqlanish takrorlanishining oldini olish traektoriyasini prognostik loyihalash asosida takomillashtirilgan;
og‘ir nutq nuqsoni bo‘lgan bolalarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirish samaradorligi hamkorlikda ishlash, turli hayotiy vaziyatlarda muloqot qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash, munozara olib borish, improvizatsiyaga o‘rgatish barqarorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Og‘ir nutq nuqsoni bo‘lgan bolalarda  duduqlanishni bartaraf etish texnologiyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
og‘ir nutq nuqsoni bo‘lgan bolalarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari verbal va noverbal muloqot vositalarini qo‘llash, ijtimoiy vaziyatlarda muloqotga kirisha olish hamda ta’limiy motivatsiyalarni adaptiv darajalash va shaxsiy qiziqishlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan o‘quv materiallarini konstruksiyalash, pedagogik vaziyatlarga mos tizimli variatsiyalash asosida aniqlashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Ona tili” (2-sinflar uchun) nomli darslikning mazmuniga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 3-noyabrdagi 11-05-6297/04 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada korreksion-rivojlantiruvchi texnologiyalarning takomillashtirishga oid takliflar, tavsiyalar ishlab chiqilgan;
og‘ir nutq nuqsoni bo‘lgan bolalarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirish modeli kreativ, qisman izlanishli, produktiv, reproduktiv rivojlanish darajalarni logopedik tashxislash hamda tabaqalashtirilgan manzilli korreksion-rivojlantiruvchi ishlar mazmunini ta’limiy maqsadlarga mos bosqichma-bosqich belgilash asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Ona tili” (2-sinflar uchun) nomli darslikning mazmuniga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 3-noyabrdagi 11-05-6297/04 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bolalarda nutqning ravonligi, temp-ritm buzilishlarini bartaraf etish samaradorligining oshishiga erishilgan;
og‘ir nutq nuqsoni bo‘lgan bolalarda kommunikativ kompetentlikni rivojlantirish texnologiyasi kommunikativ, kompleks, psixolingvistik, integratsiyalashgan yondashuvlarga ko‘ra logopedik ko‘rik natijalarini multimediyali ta’lim vositalari didaktik imkoniyatlari bilan uyg‘unlashtirish hamda duduqlanish takrorlanishining oldini olish traektoriyasini prognostik loyihalash asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Ona tili” (2-sinflar uchun) nomli darslikning mazmuniga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 3-noyabrdagi 11-05-6297/04 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalarning nutq kunikmalari shakllantirilgan;
og‘ir nutq nuqsoni bo‘lgan bolalarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirish samaradorligi hamkorlikda ishlash, turli hayotiy vaziyatlarda muloqot qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash, munozara olib borish, improvizatsiyaga o‘rgatish barqarorligini ta’minlash asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Ona tili” (2-sinflar uchun) nomli darslikning mazmuniga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 3-noyabrdagi 11-05-6297/04 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalarning individual nutq ko‘nikmalari rivojlantirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish