Alixonova Mukaddamxon Umarxonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz va o‘zbek tillaridagi oziq-ovqat texnologiyasiga oid terminlarning lisoniy va tarjimaviy xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil4399.
Ilmiy rahbar: Xoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01.
Rasmiy opponentlar: Ziyaev Avazjon Ixtiyorovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Qosimova Madina Zaynobidinovna , filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi oziq-ovqat texnologiyasi sohasiga oid terminlarni lisoniy va tarjimaviy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillaridagi oziq-ovqat texnologiyasi sohasiga oid terminlarning funksional-semantik va leksik-semantik xususiyatlarini ochib berishda illokutiv ta’sir, perlokutiv kuch va presuppozisiya kabi lingvopragmatik omillar ustuvorligi aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi oziq-ovqat texnologiyasi sohasiga oid terminlarni metafora, metonimiya, sinekdoxa, analogiya, kinoya kabi tasviriy vositalar ifodasidagi obrazlilik, ramz, istehzo kabi stilistik asoslari dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi oziq-ovqat texnologiyasi sohasiga oid terminlarni ilmiy kontekstda izohli, transkripsiya va muqobil tarjima qilish usullari, aniqlik mezoni hamda leksikografik jihatidan sohaga oid terminologik lug‘atlar yaratish tamoyili ishlab chiqilgan;
oziq-ovqat texnologiyasi sohasiga oid terminlarning diaxronikasi, leksik-semantik jihatlari hamda morfologik, leksik, sintaktik kabi qiyosiy tipologik xususiyatlari oshib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi oziq-ovqat texnologiyasiga oid terminlarning lingvopragmatik, funksional-semantik, stilistik, leksikografik xususiyatlarini ochib berish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
oziq-ovqat texnologiyasi sohasiga doir terminlarning ingliz va o‘zbek tillaridagi funksional-semantik, lingvopragmatik xususiyatlarini tilshunoslik nuqtai nazaridan aniqlash, soha terminologiyasi leksik sathining boyib borish usullarining o‘ziga xos jihatlariga diaxron tomondan yondashish, har ikki tilga boshqa tillardan o‘zlashgan oziq ovqat texnologiyasi sohasiga oid terminlarning mazkur tillarga kirib kelishi va o‘zlashishining madaniy, ijtimoiy, hududiy omillarini yoritish, ushbu soha terminlarini tarjima qilish jarayonida tug‘iladigan muammolarni aniqlab, ularni eng maqbul usullari bo‘yicha ilmiy-nazariy tavsiyalarni shakllantirish hamda oziq-ovqat texnologiyasiga oid terminlarni tasviriy vositalar sifatida tadqiq etishga doir ilmiy xulosa va natijalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Davlat ilmiy texnik dasturlari doirasidagi 2020-2023-yillarda amalga oshirilgan AM-FZ-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 6-iyundagi 04/1476-son ma’lumotnomasi). Natijada grant loyihasi ilmiy jihatdan yanada boyitilgan;
tilshunoslik va oziq-ovqat texnologiyasining integratsiyalashuvi, ingliz va o‘zbek tillaridagi oziq-ovqat texnologiyasiga oid terminlarning lingvopragmatik tadqiqi va ikki tildagi oziq-ovqat texnologiyasi doirasidagi terminlarning semantik, funksional, diaxronik xususiyatlarini yoritish, soha terminlarini lingvopragmatik tadqiq etishning dolzarbligi, adekvat tarjima usullari bo‘yicha ilmiy-nazariy tavsiyalarni shakllantirish va tarjimon mahoratini transkripsion va transliteratsion tarjima usullari vositasida ifodalash,  ingliz va o‘zbek tillarida soha terminlari bilan bogʻliq omillarni ko‘rsatib berishga doir ilmiy xulosa va natijalaridan Farg‘ona davlat universitetida 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan “American Drama” SUZ80021GR3149 nomli xalqaro loyihaning nazariy asosini mustahkamlashda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2024-yil 2-martdagi 04/1345-son ma’lumotnomasi). Natijada, joriy etilgan materiallar loyiha bo‘yicha elektron resurslar, darsliklar va o‘quv-uslubiy majmualar yaratishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi oziq-ovqat texnologiyasi sohasiga oid terminlarni metafora, metonimiya, sinekdoxa, analogiya, kinoya kabi tasviriy vositalar ifodasidagi obrazlilik, ramz, istehzo kabi stilistik asoslari dalillanganligi hamda ingliz va o‘zbek tillaridagi oziq-ovqat texnologiyasi sohasiga oid terminlarni ilmiy kontekstda izohli, transkripsiya va muqobil tarjima qilish usullari, aniqlik mezoni hamda leksikografik jihatidan sohaga oid terminologik lug‘atlar yaratish tamoyili ishlab chiqilganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshtirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlarining senariylarini tayyorlashda (2023-2024-yillar davomida) foydalanilgan va muallif bilan suhbatlar uyushtirilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2024-yil 26-fevraldagi 04-36-285-son ma’lumotnomasi). Eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarda o‘zbekona oziq-ovqat texnologiyasi terminologiyasi, uning o‘zbek xalqining milliy madaniyatidagi o‘rni, xalqimiz tomonidan muomalada qo‘llanib kelinayotgan soha terminlari tarixi keng yoritilgan, shu bilan birga oziq-ovqat texnologiyasi terminlarining paremiyalarda milliyligimizning bir qismi sifatida qo‘llanilishi, ota-bobolarimizlarimizning yosh avlod tarbiyasidagi roli xalq ma’naviyatini boyituvchi muhim omil sifatida yoritib berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish