Sheraliev Jamshid Shuhrat o‘g‘lining
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bosh salatning (Lactuca sativa var. Capitata L.) Nav va F1 duragaylarini tanlash hamda etishtirish texnologiyasining elementlarini takomillashtirish”, 06.01.06 – Sabzavotchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Qx1020.
Ilmiy rahbar: Rasulov Faxriddin Faxmuddinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/30.09.2022.Qx.152.01
Rasmiy opponentlar: Shokirov Alisher Juraboevich, qishloq xo‘jaligi fanlar doktori, dotsent; Bustanov Zokir Tojiboevich, qishloq xo‘jaligi fanlar nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bosh salatning ertagi muddatda ochiq maydonlarda etishtirishga mos ertapishar, yuqori hosilli nav va duragaylarini tanlash, etishtirish texnologiyasining ayrim elementlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor respublikamizning markaziy mintaqlarida bo‘z tuproqli maydonlarda ertagi muddatda etishtirish uchun bosh salatning 13 ta namunalari morfologik va xo‘jalik qimmatli belgilari kompleks baholanib istiqbolli navlar tanlangan;
eng ertapishar ko‘rsatgichka ega: Greys layks 659 (85 kun) va Ays kvin (86 kun) navlari; yuqori hosilli: Russkiy razmer (25,0 t/ga), Patrisiy (24,8 t/ga) navlari va Madrid G‘1 (32 t/ga), Robinzon G‘1 (31,5 t/ga) duragaylari ajratilgan;
bosh salatning o‘rtapishar Krupnokochanniy va Russkiy razmer navlarini eng maqbul ekish muddati (10-20-mart)  aniqlangan va Krupnokochanniy, Russkiy razmer navlarini 10-20 martda ekilganda hosildorlik nazorat variant (1-mart) ga nisbatan muvofiq ravishda 24,7-14,3% va 22,0-12,5% yuqori bo‘lishi aniqlangan;
Krupnokochanniy va Russkiy razmer navlarini (50+20)/2x15 sm sxemada ekilganda, hosildorlik nazorat (70x30 sm) variantga nisbatan 249,5-230,5% yuqori bo‘lishi, rentabellik darajasi esa 245,6-270,6% bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ertagi mavsumda bosh salatning nav va F1 duragaylarini tanlash hamda etishtirish texnologiyasining elementlarini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
 Ertagi mavsumda etishtirish uchun bosh salatning istiqbolli Russkiy razmer navi va Madrid F1 duragayi Toshkent viloyati Toshkent tumani «Zoirjon tavarruk» fermer xo‘jaligida 0,30 ga, «G‘ulomnazir tavarruk agro» fermer xo‘jaligida 0,30 ga, Qibray tumani «Ulug‘bek Qibray bog‘lari» fermer xo‘jaligida 1,05 ga, «Erkin taraqiyot agro» fermer xo‘jaligida 1,15 ga,jami 2,8 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 28 apreldagi 05/23-06-412-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida gektaridan 24,9-32,0 tonna bosh salat hosili etishtirishga erishilgan va iqtisodiy samaradorlik gektaridan 56-92 mln. so‘mni tashkil etgan;
Ertagi mavsumda bosh salat etishtirishda maqbul ekish muddatlarini tanlash ishlanmasi Samarqand viloyati Oqdaryotumani «Hamid hosil» fermer xo‘jaligida 0,60 ga, «D Qambar ota» fermer xo‘jaligida 0,52 ga, «Qushyog‘och g‘allasi» fermer xo‘jaligida 0,35 ga, «Oynisa hosildor bog‘i» fermer xo‘jaligida 0,40 ga, «Yangiobod burguti» fermer xo‘jaligida 1 ga, «Nurafshon Aziz saxovati» fermer xo‘jaligida 0,38 ga, «Nurmamatov Qurbon ota» fermer xo‘jaligida 0,50 ga, «Oqdaryo Odiljon dalasi» fermer xo‘jaligida 0,65 ga, Jomboy tumani «Anvar Bo‘taev erlari» fermer xo‘jaligida 0,60 ga, «Ulug‘ baraka erlari» fermer xo‘jaligida 0,38 ga, «Katta bog‘ zamini» fermer xo‘jaligida 0,40 ga, «Mardiev Dilshod Agro biznes» fermer xo‘jaligida 0,35 ga , «Buyuk kelajak agro klaster» fermer xo‘jaligida 0,50 ga,  jami 6,63 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 28 apreldagi 05/23-06-412-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida gektaridan 29,9-29,7 tonna bosh salat hosili etishtirishga erishilgan, iqtisodiy samaradorlik gektaridan o‘rtacha 75–74 mln so‘mni tashkil etgan.
Ertagi mavsumda bosh salat etishtirishda samarali ekish sxemasinitanlash ishlanmasi Andijon viloyati Andijon tumani «Hosilot To‘raboevlar» fermer xo‘jaligida 0,45 ga,Asaka tumani «Sabzavotlar elitasi» fermer xo‘jaligida 0,35 ga, Jalaquduq tumani «Toxirjon umidjon dalasi» fermer xo‘jaligida 0,55 ga, Izboskan tumani «Qodirov Qo‘chqarboy niyati» fermer xo‘jaligida 0,45 gamaydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 28 apreldagi 05/23-06-412-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida gektaridan 28,9-57,4 tonna bosh salat hosili etishtirishga erishilgan, iqtisodiy samaradorlik gektaridan o‘rtacha 73–121 mln so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish