Xo‘jamberdieva Maftuna Norqobilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ona tili ta’limida eydekologiya tamoyillari asosida qadriyatli munosabatlarni shakllantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5242.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Aslonova Orzigul Pirimovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Rasmiy opponentlar: Oripova Nodima Xalilovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Mo‘minova Nilufar Abdirahmonovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ona tili ta’limida eydekologiya tamoyillari asosida qadriyatli munosabatni shakllantirish metodkasini takomillashtirish hamda  ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarning qadriyatli munosabatlarini rivojlantirishda ona tili o‘quv faoliyatini tashkil etishning funksional modeli mazmun komponenti axloqiy, ijtimoiy va iqtisodiy ko‘nikmalarni diskret rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
ona tili ta’limida qadriyatli munosabatlarni shakllantirishning klassik texnologiyalari o‘quv jarayoniga muammoli-evristik bosqichli topshiriqlar hamda amaliy faoliyatning produktivlik darajasini intensiv oshirish orqali takomillashtirilgan;
ona tili ta’limida o‘quvchilarning qadriyatli munosabatni shakllanganlik ko‘nikmasi mazmuni o‘quvchilarning bir-birlarini qo‘llab-quvvatlash, o‘ziga nisbatan ishonchli xatti-harakatni namoyon qilish, ijtimoiy faollik darajasi nostandart diagnostik testlari orqali aniqlashtirilgan;
ona tili ta’limida eydekologiya tamoyillarini qo‘llash jarayoni pedagogik shart-sharoitlarning turli ekstremal holatlarda o‘quvchining o‘z-o‘zini hamda atrof-muhit himoyasiga o‘rgatish texnologiyasi qadriyatli-kognitiv mobillik asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ona tili ta’limida eydekologiya tamoyillari asosida qadriyatli munosabatni shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalari:
ona tili ta’limida o‘quvchilarning qadriyatli munosabatni shakllanganlik ko‘nikmasi mazmuni o‘quvchilarning bir-birlarini qo‘llab-quvvatlash, o‘ziga nisbatan ishonchli xatti-harakatni namoyon qilish, ijtimoiy faollik darajasi nostandart diagnostik testlar  orqali aniqlashtirish hamda eydekologiya tamoyillarini qo‘llash jarayoni pedagogik shart-sharoitlarning turli ekstremal holatlarda o‘quvchining o‘z-o‘zini hamda atrof-muhit himoyasiga o‘rgatish texnologiyasidan foydalanishga doir takliflar boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun tayyorlangan “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 - iyuldagi 233-son buyrug‘i, 233-0360-son guvohnoma). Hatijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining qadriyatli munosabatni shakllantirishga oid bilimlarini boyitishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarning qadriyatli munosabatlarini rivojlantirishda ona tili o‘quv faoliyatini tashkil etishning funksional modeli mazmun komponenti axloqiy, ijtimoiy va iqtisodiy ko‘nikmalarni diskret rivojlantirish asosidagi tavsiyalaridan A-1-173 “Yoshlarning umummilliy qadriyatlarimizga xos tarbiyasini shakllantirish texnologiyasi va metodikasini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2023 yil 1 dekabrdagi 372/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy metodik taklif va tavsiyalar asosida didaktik jarayonda foydalanish imkoniyatini rivojlantirishga  xizmat qilgan;
ona tili ta’limida qadriyatli munosabatlarni shakllantirishning klassik texnologiyalari o‘quv jarayoniga muammoli-evristik bosqichli topshiriqlar hamda amaliy faoliyatning produktivlik darajasini intensiv oshirish orqali takomillashtirilgan metodikasidan ’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil,10-oktyabrdagi 01/11-1-800-son ma’lumotnomasi).Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari faoliyatida o‘quv vazifalariga ijobiy munosabatni qaror toptirish orqali qadriyatli munosabatlarni tarkib toptirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish