Saparniyazov Sansizbay Kadirniyazovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talaba-yoshlarni sport musobaqalariga tayyorlash tizimini takomillashtirishning pedagogik shart-sharoitlari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2193.
Ilmiy rahbar: Raximov Baxtiyor Xudayberdievich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Ma’murov Bahodir Baxshullaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Yakubov Fazliddin Muxitdinovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogika oliy ta’lim muassasalarida talaba-yoshlarni sport musobaqalariga tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talaba-yoshlarni sport musobaqalariga tayyorlashda mashg‘ulotlarni tayyorgarlik sikllarini inobatga olgan holda optimallashtirishga tayanib ularning jismoniy, funksional va ruhiy holatining pragmativ ko‘rsatkichlarini kreativ rivojlantirish asosida kulminatsion natijalarning intensiv takomillashuviga erishilgan;
oliy ta’lim muassasalarida talaba yoshlarni sport musobaqalariga uzlyuksiz tayyorlashga yo‘naltirilgan mashgʻulotlar jarayonining mazmuni tahlil qilish va o'zgarishlarni amalga oshirish qobiliyatini ifodalovchi muhim tamoyillarini ishlab chiqish hisobiga androgogik yondashuvlar takomillashtirilgan;
jismoniy tarbiya darslarida talaba-yoshlarning sport musobaqalariga bo‘lgan individual qiziqish va kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirlgan texnologiyalarini qo‘llash asnosida motiv - harakat - natija – refleksiya monoton ko‘rsatkichlari takomillashtirilgan;
talaba-yoshlarni sport musobaqalariga tayyorlash ularning jismoniy tayyorgarligini tabaqalashtirib yuklamalar hajmini proporsiyalarga ajratib qo‘llash asnosida funksional holatining barqarorligini oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlarni integratsiya qilish samaradorligi oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talaba-yoshlarni sport musobaqalariga tayyorlash tizimini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
talaba-yoshlarni sport musobaqalariga tayyorlashda mashg‘ulotlarni tayyorgarlik sikllarini inobatga olgan holda optimallashtirishga tayanib ularning jismoniy, funksional va ruxiy holatining pragmativ ko‘rsatkichlarini kreativ rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga sindirilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 27-iyuldagi 01-03/3773-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan o‘quv qo‘llanma talaba-yoshlarning sport musobaqalariga tayyorgarligini takomillashtirishga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalarida talaba yoshlarni sport musobaqalariga uzlyuksiz tayyorlashga yo‘naltirilgan mashgʻulotlar jarayonining mazmuni tahlil qilish va o'zgarishlarni amalga oshirish qobiliyatini ifodalovchi muhim tamoyillariga oid tavsiyalari “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” (2017-2020-yillar) mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 27-iyuldagi 01-03/3773-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan texnologik model talaba-yoshlarning sport mashg‘ulotlariga tayyorgarligini takomillashtirishga xizmat qilgan;
jismoniy tarbiya darslarida talaba yoshlarning sport musobaqalari uchun zarur bo‘lgan operativ motivlarini hamda sport kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirlgan evristik va loyihalash texnologiyalarini qo‘llash talablari raqobatbardoshlikning maqsad - motiv - harakat - natija – refleksiya monoton ko‘rsatkichlarini muvofiqlashtirish va musobaqaoldi jismoniy va ruhiy tayyorgarlik  bosqichlarining  xususiyatlarini baholashga oid “Talaba-yoshlarni sport mashg‘ulotlariga tayyorlash” dasturi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialidagi talabalarning mashg‘ulot jarayoniga tadbiq etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 27-iyuldagi 01-03/3773-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan dastur va metodik tavsiyalar talaba-yoshlarni sport musobaqalariga tayyorgarlashga xizmat qilgan;
talaba-yoshlarni sport musobaqalariga tayyorlash ularning jismoniy tayyorgarligini tabaqalashtirib yuklamalar hajmini proporsiyalarga ajratib qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston davlat jismoniy  tarbiya va sport universiteti Nukus filialidagi talabalarning mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan jarayoniga tadbiq etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 27-iyuldagi 01-03/3773-son ma’lumotnomasi). Natijada talaba-yoshlarni mashg‘ulot vositalarini variatsion qo‘llash darajasini operativ aniqlash asosida takomillashtirilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish