Alimova Maftuna Ravshanbek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli tizimli tillarda kognitiv lakunalar tadqiqi”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4278.
Ilmiy rahbar: Zokirova Sohiba Muxtoralievna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Ziyaev Avaz Ixtiyorovich, filologiya fanlari doktori, professor; Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kognitiv lakunalarining ifodalagan ma’nolarni boshqa tillarda aks etishini o‘rganish, til va madaniyatda bajargan vazifalari ularning kommunikativ jarayonda tutgan o‘rni va ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
lakunar birliklar semantik va funksional-uslubiy jihatlar bo‘yicha kognitiv asosda baholanishi va lingvistik modellar orqali uslubiy hamda funksional xususiyatlarda tavsiflanishi natijasida milliy o‘ziga xoslik va madaniy kodlarni ifodalash imkoniyati asoslab berilgan;
lakunalar boshqa lisoniy birliklardan farqlanuvchi semantik to‘ldiruvchi vazifasi va madaniyatni aks ettiruvchi o‘ziga xos belgilari bilan ajralib turishi dalillangan;
lakunar birliklar tarjimashunoslik doirasida milliy madaniy komponentlarni aks ettirishda semantik, kognitiv, pragmatik rol o‘ynashi va ularning lingvomadaniy xususiyatlari asoslanib, tarjima jarayonidagi asosiy qiyinchiliklarni bartaraf etish nazariy, amaliy imkoniyatlari dalillangan;
lingvistik va ekstralingvistik omillarni baholash orqali madaniyatlararo muloqotda lakunalar sabab vujudga keladigan muammolarni bartaraf etuvchi nazariy model asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli tizimli tilarda kognitiv lakunalar tadqiqi bo‘yicha olib borilgan ilmiy natijalar asosida:
lakunalar boshqa lisoniy birliklardan farqlanuvchi semantik to‘ldiruvchi vazifasi va madaniyatni aks ettiruvchi o‘ziga xos belgilariga oid yangilikdan O‘zbekiston davlat xareografiya akademiyasida amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plamini yaratish” mavzusidagi F3-2019081773-raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek bolalar raqslari, raqs liboslari va taqinchoqlari nomlarining o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha qisqacha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xareografiya akademiyasining 2024-yil 7-oktyabrdagi 1/04-127-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur lug‘atdagi terminlarning rus, ingliz, fransuz tillarida izohlari, lakunalar nazariyasiga tayangan holda, o‘zbekcha so‘zlarning milliy ma’no qatlamini saqlashga imkon bergan va shu orqali o‘zbekcha iboralar xalqaro miqyosda tushunarli bo‘lishiga erishilgan;
lingvistik va ekstralingvistik omillarni o‘rganish orqali madaniyatlararo muloqotda lakunalar sabab vujudga keladigan muammolarni bartaraf etuvchi nazariy modelga doir ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Tochkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PZ-2020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish”da foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 30-sentabrdagi 04/1-2664-son ma’lumotnomasi). Natijada platformada turkiy tillarga xos lakunalarning mazmunini yorituvchi qo‘shimcha ma’lumotlar kiritilgan hamda ushbu yangi kontent o‘quv materiallarini lingvokulturologik nuqtai nazardan boyitdi, ya’ni har bir turkiy tilga xos milliy-madaniy qadriyatlarni aks ettiruvchi lakunalar haqida o‘quvchilarga to‘liqroq ma’lumot berishga imkon yaratgan;
lakunar birliklar semantik va funksional-uslubiy jihatlar bo‘yicha tizimli tasniflanib, kognitiv asosda tahlil qilinishi va lingvistik modellar orqali uslubiy hamda funksional xususiyatlarda tavsiflanishi natijasida milliy o‘ziga xoslik va madaniy kodlarni ifodalash imkoniyati tahlili, ilmiy natija va xulosalaridan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2022-2023-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan IL-52. 21091433- raqamli “O‘zbek realiyalariga oid maqolalar bazasi platformasini (Vikipediya elektron ensiklopediyasi mezonlari asosida) yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanildi (Alicher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 6-noyabrdagi 04/1-3184-son ma’lumotnomasi). Natijada realiyalarga oid maqolalar bazasi platformasi mazmunan boyitildi, milliy o‘ziga xoslik va madaniy kodlar to‘laroq aks ettirildi hamda vikipediya elektron ensiklopediyasi mezonlariga muvofiqlashtirish jarayoni takomillashtirilgan.