Xolmatov Bobir Tashpo‘latovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kuchsiz sho‘rlangan o‘tloqi-bo‘z tuproqlarining agrofizikaviy xossalarini qo‘llanilgan agrotexnologiyalar ta’sirida o‘zgarishi (Jizzax viloyati Paxtakor tumani misolida)”, 06.01.03 – Agrotuproqshunoslik va agrofizika (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Qx1096
Ilmiy rahbar: Shadieva Nilufar Iskandarovna, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/07.06.2024.Qx.13.03.
Rasmiy opponentlar: Kurvantoev Raxmontoy, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor; Musurmanov Alisher Amirkulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kuchsiz sho‘rlangan o‘tloqi-bo‘z tuproqlarning agrofizikaviy xossalarini resurstejovchi agrotexnologiyalar ta’sirida o‘zgarishini aniqlash, tuproqlarning agrofizikaviy xossalarini yaxshilash va unumdorligini tiklashga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Kuchsiz sho‘rlangan sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproqlarida, qator oralarini polietilen plyonka bilan mulchalash va g‘o‘za almashlab ekish tizimiga qand lavlagi, soya hamda loviya kabi ekinlarni kiritishning tuproqning kimyoviy va fizik-kimyoviy xossalariga, namlik va sho‘rlanish darajasiga ko‘rsatgan ta’siriga oid yangi ma’lumotlar olinganligi va ushbu tuproqlardan samarali foydalanish tadbirlari ishlab chiqilgan;
Kuchsiz sho‘rlangan tuproqlarning strukturasini shakllanishida gumus moddasining guruhiy va fraksiyaviy tarkibini ishtirok etish xususiyatlari aniqlangan;
Tuproq strukturasini shakllanishida organik uglerodning faol qismi miqdorini ko‘payishi bilan qimmatli agregatlarning ortganligi aniqlangan;
Tuproqlarni yuzasini polietilen plyonka bilan mulchalash ta’sirida o‘tloqi-bo‘z tuproqlarining agrofizikaviy, suv-fizik va kimyoviy xossalarini o‘zgarishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jizzax viloyati, Paxtakor tumani “Kuchsiz sho‘rlangan o‘tloqi-bo‘z tuproqlarning agrofizikaviy xossalarini qo‘llanilgan agrotexnologiyalar ta’sirida o‘zgarishi” bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
“Jizzax viloyatining turli darajada sho‘rlangan tuproqlari sharoitida qand lavlagi, soya va loviya ekinlarini parvarishlash agrotexnologiyasi” bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 10-noyabrdagi 04/29-06/1328-son ma’lumotnomasi). Natijada, sho‘rlangan tuproqlarning xossa va xususiyatlarini yaxshilash, ushbu tuproqlardan oqilona va samarali foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishda qo‘llanma bo‘lib xizmat qilgan;
turli darajada sho‘rlangan ball bonitet past bo‘lgan erlarda g‘o‘za majmuidagi ekinlardan qand lavlagi, soya va loviyalarning o‘sishi va rivojlanishi uchun eng qulay sharoit kuchsiz sho‘rlangan erlarda 2500-3000 m3/ga me’yorida sho‘r yuvish, tuproqlarning meliogativ holatini yaxshilash va tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan agrotexnologiyalar joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 10-noyabrdagi 04/29-06/1328-son ma’lumotnomasi) Natijada, kuchsiz sho‘rlangan tuproqlarda mulchalab etishtirilgan qand lavlagi, soya va loviya an’anaviy usulga nisbatan 142,8 s/ga (rentabellik 45,7%), soya 5,2 s/ga (rentabellik 40,3%) va loviya 6,1 s/ga (rentabellik 41,4%) qo‘shimcha hosil olingan. Sho‘rlangan tuproqlarning meliorativ holatini yaxshilangan, unumdorligi oshgan hamda keyingi ekilgan g‘o‘zadan 5-6 s/ga qo‘shimcha hosil olishga erishilgan.
ekinlarni qator oralarini polietilin plyonka bilan mulchalab ekish bo‘yicha resurstejamkor agrotexnologiyalar joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 10-noyabrdagi 04/29-06/1328-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekinlar qator oralari polietilen plyonka bilan mulchalanib parvarishlangan variantlarda tuproqning 0-5 va 0-10 sm qatlamlarida uning o‘rtacha sutkalik harorati an’anaviy usulda parvarishlangan variantlarga nisbatan 2,5-2,7°C ga yuqori bo‘lgan, tuproqning gumusli holati, agrofizik xususiyatlari yaxshilangan va sho‘rlanish jarayonlari kamaygan. Shu jumladan, qishloq xo‘jalik erlaridan samarali foydalanish va tuproqlarga agrotadbirlarni belgilashda ilmiy-amaliy asos sifatida xizmat qilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish