Axmurzaev Shavkat Isakovichning
fan doktori (DSc)  dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘oriladigan erlarda etishtirilayotgan moyli ekinlarning zarpechak Cuscuta L.) bilan zararlanishiga qarshi kurash usullarining ilmiy asoslari”, 06.01.01 – Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2024.3.DSc/Qx318.
Ilmiy maslahatchi: Norkulov Usmon, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01
Rasmiy opponentlar: Karabaev Ikromjon To‘raevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Salomov Shavkat To‘raqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xudayqulov Jonibek Bozarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi soya va kungaboqar etishtiriladigan maydonlarda va dala chetlarida tarqalgan zarpechak (Cuscuta L.) ga qarshi tuproqqa ishlov berish usullarining hamda gerbisidlarning maqbul me’yorlari va samaradorligini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyatining tipik bo‘z va Jizzax viloyatining bo‘z o‘tloqi tuproqlari sharoitida soya va kungaboqar dalalarida zarpechakka (Cuscuta L.) qarshi qo‘llanilgan Pilot Gold 10 % sus.k. va Zeta 10 % sus.k. gerbisidlarining samaradorligi aniqlangan hamda ekinlarning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ijobiy ta’siri ilmiy asoslangan;
Pilot Gold 10 % sus.k. va Zeta 10 % sus.k. gerbisidlarining soya va kungaboqar o‘simliklaridagi maqbul me’yorlari ilmiy asoslangan;
tuproqqa ishlov berish usullaridan ikki yarusli pluglarda 1-yili 0-40 sm, 2-yili 0-24 sm va 3-yili 0-32 sm chuqurlikda haydashning zarpechakka qarshi samaradorligi tipik bo‘z tuproqlarda 97-98 %, bo‘z o‘tloqi  tuproqlarda 98-99 % tashkil etganligi aniqlangan;
dala chetlaridagi begona o‘tlardan zarpechakka qarshi Raundap 3,5 % s.e. va Smerch 360 g/l s.e. gerbisidlarining 6,0 l/ga me’yorlari nazorat va boshqa gerbitsidlarga nisbatan samarali ekanligi aniqlangan;
tipik va bo‘z o‘tloqi tuproqlar sharoitlarida soya va kungaboqarda qo‘llanilgan yangi gerbisidlarning maqbul me’yorlari evaziga o‘rtacha 8,9-10,5 s/ga, tuproqqa ishlov berish usullari evaziga 6,9-7,1 s/ga qo‘shimcha hosil olinib, yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sug‘oriladigan erlarda soya va kungaboqar ekinlari hosildorligini oshirishda zarpechakning (Cuscuta L.) tarqalishi hamda keltiradigan zararini aniqlash va unga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
tipik bo‘z va bo‘z o‘tloqi tuproqlar sharoitida soya va kungaboqar dalalarida tarqalgan zarpechakka qarshi kurashda gerbisidlar va tuproqqa ishlov berish usullarini qo‘llash bo‘yicha “Soya va kungaboqar ekinlari orasida uchraydigan zarpechakka qarshi kurash choralari” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan va joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024-yil 7-avgustdagi №05/04-04–372‒son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tavsiyanoma fermer xo‘jaliklari va agroklasterlarda soya va kungaboqar etishtirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
soya va kungaboqar ekilgan maydonlardagi zarpechakka (Cuscuta L.) qarshi Pilot Gold 10 % sus.k. va Zeta 10 % sus.k. gerbisidlarini qo‘llashning maqbul (1,0 l/ga) me’yorlari Toshkent viloyatida 1,8 gektar, Jizzax viloyatida 2,0 gektar, jami 3,8 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024-yil 7-avgustdagi №05/04-04–372‒son ma’lumotnomasi). Natijada, zarpechakning o‘simliklarni o‘sish-rivojlanishiga zarari keskin kamayib, soya va kungaboqar ekinlaridan o‘rtacha 26,5-29,5 va 28,1-29,2 s/ga hosil olishga erishilgan;
Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida soya va kungaboqar ekilgan maydonlardagi zarpechakka (Cuscuta L.) qarshi Pilot Gold 10 % sus.k. va Zeta 10 % sus.k. gerbisidlarini 1,0 l/ga me’yorlarda qo‘llash agrotadbiri 2023-yilda Bo‘ka tumani “Oybek Bo‘ston Agro” va “Aziz Asil Agro” fermer xo‘jaliklarida jami 1,8 gektar maydonlarda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024-yil 7-avgustdagi №05/04-04–372‒son ma’lumotnomasi). Natijada, soya va kungaboqar ekinlaridan nazoratga nisbatan mos ravishda 7,0-9,0 va 6,4-5,3 s/ga qo‘shimcha hosil olinib, rentabellik darajasi 70,0-80,9 va 54,0-47,4 % ni tashkil etgan;
Jizzax viloyatining bo‘z o‘tloqi tuproqlari sharoitida soya va kungaboqar ekilgan maydonlardagi zarpechakka (Cuscuta L.) qarshi Pilot Gold 10 % sus.k. va Zeta 10 % sus.k. gerbisidlarini 1,0 l/ga me’yorlarda qo‘llash agrotadbiri 2023-yilda Do‘stlik tumani “Fidoyi Qalblar” fermer xo‘jaligida 1,0 gektar, “Vorisjon Davr” fermer xo‘jaligida 1,0 gektar, jami 2,0 gektar maydonlarda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024-yil 7-avgustdagi №05/04-04–372‒son ma’lumotnomasi). Natijada, soya va kungaboqar ekinlaridan o‘rtacha 26,5-28,9 va 28,1-29,5 s/ga hosil olinib, mos ravishda 63,7-77,3 va 47,5-55,5 % rentabellikka erishilgan.   

Yangiliklarga obuna bo‘lish