Dexkanboev Sardorbek Nazirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya  mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ishlatilgan dvigatel va transformator mineral moylarini neft koksi yordamida qayta tiklash texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.08 - Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi  (texnika fanlari).
Dissertatsiya  mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4362.
Ilmiy rahbar: Xamidov Basit Nabievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya  bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Fozilov Sadriddin Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Raxmonov Toir Zoirovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya  yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ishlatilgan dvigatel va transformator mineral moylarini neft koksi yordamida tozalash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona neftni kayta ishlash zavodida chiqadigan neft koksining kimyoviy tarkibi, fizik va adsorbsion-strukturaviy xususiyatlari aniqlangan;
olingan uglerod materialli sorbentning faollashuv usuliga qarab adsorbsion-struktura xarakteristikalarining o‘zgarishi qonuniyatlari aniqlandi. Termik usulga nisbatan suv bug‘i yordamida faollashtirilgan uglerod materialli sorbent ishlatilgan dvigatel va transformator moylarini 2,5 marta ko‘p tozalashi isbotlangan;
ishlatilgan dvigatel va transformator moylari uglerod materialli adsorbentlar yordamida tozalangan keyin fizik mexanik xususiyatlari 1,6 marta yaxshilanganligi asoslangan;
kislota soni asosida dvigatel moyi uchun GOST 8581-78 va transformator moyi uchun GOST 10121-76 talablariga javob beradigan moylarni olish uchun ishlatilgan texnik moylarni qayta tiklash jarayonining optimal parametrlari aniqlangan;
neft koksini termik faollashtirish yordamida mineral moylarni tozalash uchun 0,05-2 mm uglerodli meterialli sorbent olish usuli ishlab chiqilgan;
uglerod materialli sorbentlar yordamida ishlatilgan dvigatel va transformator moylarini tozalashning pilot qurilmasi yaratilgan va shu qurilmada uchbosqichli tozalash asosida mineral moylarni qayta tiklash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ishlatilgan dvigatel va transformator mineral moylarini neft koksi yordamida tozalash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
uglerod materialli adsorbentlar yordamida ishlatilgan dvigatel va transformator moylarini tozalash texnologiyasi «Farg‘ona NQIZ» MChJning «2025-2026 yillar amaliyotga joriy etish isteqbolli ishlanmalari ro‘yxati»ga kiritilgan («Farg‘ona NQIZ» MChJning 2023 yil 4 sentyabrdagi 01-02/2004-son va 2024 yil 14 dekabrdagi 01-02/2034-son ma’lumotnomalari). Natijada, ishlatilgan dvigatel va mineral moylarni 70% gacha mexanik xususiyatlarini tiklash imkonini bergan;
ishlatilgan dvigatel va transformator moylarini sorbent yordamida tozalash texnologiyasi «Farg‘ona NQIZ» MChJning «2025-2026 yillar amaliyotga joriy etish isteqbolli ishlanmalari ro‘yxati»ga kiritilgan («Farg‘ona NQIZ» MChJning 2023 yil 4 sentyabrdagi 01-02/2004-son va 2024 yil 14 dekabrdagi 01-02/2034-son ma’lumotnomalari). Natijada, ishlatilgan dvigatel moyining zichligi 0,8779 g/sm3 dan 0,8679 g/sm3 ga va transformator uchun 0,889 g/sm3 dan 0,86 g/sm3ga kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish