Xamidov Saidjon Sobitjon O‘G‘Lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gruntlarda nochiziq to‘lqin tarqalish jarayonlari va ularning gruntli inshootlar mustahkamligi uchun amaliy ahamiyati”, 01.02.04 – Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/FM.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sultanov Karim Sultanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, DSc.02/30.12.2019.T/FM.61.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mardonov Botir Mardonovich fizika-matematika fanlari doktori, professor. Mamatova Nigora Toʻxtaboevna fizika-matematika fanlari nomzodi .
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dinamik va statik siqilish modullarini deformatsiyaga bog‘liq funksiyasini qurish orqali gruntlarda nochiziq to‘lqin tarqalish masalasini sonli echish usulini ishlab chiqish, hamda tekis va bo‘ylama to‘lqin tarqalishidagi parametrlarni aniqlashdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qum va lyossimon gruntlar uchun statik siqilish moduli  o‘zgarish qonuniyati deformatsiya funksiyasi  ko‘rinishda analitik  aniqlangan;
dinamik va statik siqilish modullari deformatsiyaga bo‘g‘liq o‘zgargandagi qovushqoq elastik muhitda tekis to‘lqinlarni tarqalishi masalasini xarakteristik munosabatlar usulidan foydanilgan holda  sonli echish uslublari ishlab chiqilgan;
dinamik va statik siqilish modullari o‘zgaruvchan bo‘lgan nochiziq qovushqoq-elastik muhitda bo‘ylama to‘lqinlarni tarqalishi  xususiy hollarda Java dasturlash tilida xarakteristik munosabatlar  usuli yordamida tekshirilib, maksimal kuchlanishning masofaga hamda so‘nish koeffisentini chastotaga chekli vaqt oralig‘idagi o‘zgarishlarining matematik modeli ishlab chiqilib olingan natijalar baholangan.
qum va lyossimon gruntlarning namligini hisobga olgan holada tekis to‘lqinlar tarqalishida kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini hisoblash uslublari hamda to‘lqin parametrlarini aniqlash algoritimlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gruntlarda nochiziq to‘lqin tarqalish jarayonlari va ularning gruntli inshootlar mustahkamligi uchun amaliy ahamiyati  bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tadqiqot natijalarini bo‘yicha olingan natijalar M.T.O'rozboev  nomidagi  Mexanika va inshootlar  seysmik  mustahkamligi institutidagi "Geotexnika  va uer osti inshootlari  seysmodinamikasi"  laboratoriyasida bajarilgan "Turli xarakterdagi  yuklamalarda  grunt bilan o‘zaro ta’sirdagi uer osti quvurlari va uer usti transport  inshootlari  konstruksiyalarining  seysmodinamikasi" mavzudagi ilmiy tadqiqot ishlarida qo‘llanishi bo‘yicha dalolatnoma olingan.(O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2024-yil  11-oktyabrdagi № 2/1255-2270 sonli ma’lumotnomasi). Natijada chiziqsiz qovushqoq-elastik muhitda gruntlardagi bo‘ylama to‘lqin parametrlarini  masofa  bo‘yicha so‘nishini  aniqlash usulidan seysmik kuchlar ta’siridagi uer osti quvurlar tizimining seysmodinamikasi  tadqiqotlarida foydalanib  sonli tahlil etish imkoni yaratilgan.
Tog‘-kon gruntli inshoatlariga chiziqsiz tekis to‘lqin tarqalish jarayonida to‘lqin parametrlarini tahlil qilib, ularni inshoatga ta’sirini o‘rganib, mexanik jarayonlarni matematik modellashtirish yordamida baholash algoritmlari Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tashkiliy bo‘linmalarida takomillashtirishda qo‘llanishi bo‘yicha dalolatnoma olingan. Natijada kon va kon oldi gruntli inshoatlarni qurish va loyihalashda o‘tkazilgan tajribalar iqtisodiy qimmatligini hamda tajriba o‘tkazadigan hududlar murakkabligini e’tiborga olgan holda muammoni nazariy baholash ishlash unumdorligini 2 barobarga oshish imkonini beradi. Bunda kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik 1.3 marta tejalishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish