Fayzullaeva Nigoraxon Ravshanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Hozirgi zamon xalqaro shartnomalar huquqida istisnolar: O‘zbekiston Respublikasining nazariyasi va amaliyoti», 12.00.10−Xalqaro huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Yu23.
Ilmiy rahbari:Rashidov Komil Kayumovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, PhD.27.06.2017.Tar/Yu/I/S/24.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Baxadir Ismoilovich, yuridik fanlar doktori, professor; Umaraxunov Irkin Mirzaxidovich, yuridik fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasining shartnomaviy amaliyotida istisnolarni shakllantirish va ularni hal qilishga oid huquqni qo‘llash mexanizmini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
istisnolarni qo‘llash mexanizmida «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari» so‘zlaridan oldin «ko‘p tomonlama» jumlasini qo‘shish taklifi asoslab berilgan;
O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida»gi Qonunining o‘zbek tilidagi nashrida «qo‘shimcha shartlar» atamasini «istisno» atamasiga o‘zgartish taklifi ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston Respublikasi «Sudlar to‘g‘risida»gi qonunida “Oliy xo‘jalik sudi” so‘zlarini matnidan chiqarib tashlash taklifi asoslangan;
harakatdagi xalqaro shartnomlar tahlili kontekstida istisnolarni izlab topish va tizimlashtirish mexanizmini takomillashtirishda O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga istisnolar va bir tomonlama bayonotlar reestri (ro‘yxati)ni joriy etish taklifi ishlab chiqilgan.
IV. Dissertatsiyani amaliyotga joriy etilgan ilmiy natijalari.
Hozirgi zamon xalqaro shartnomalar huquqida istisnolar: O‘zbekiston Respublikasining nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
harakatdagi xalqaro shartnomlar tahlili kontekstida istisnolarni qo‘llash mexanizmini takomillashtirish yuzasidan «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi qonun loyihasida «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari» so‘zlaridan oldin «ko‘p tomonlama» so‘zini qo‘shish taklifi asoslab berilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 07/46808-son ma’lumotnomasi). Ushbu o‘zgartirish faqatgina ko‘p tomonlama shartnomalarga nisbatan istisnolarni kiritishni nazarda tutuvchi 1969 yilgi Vena konvensiyasi talablarining qat’iy ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan;
«O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (1995 y.)ning o‘zbek tilidagi nashrida “istisnolar” so‘zini sharhlash yuzasidan taklif «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi qonunining loyihasiga o‘zgartirishlar kiritishda foydalanildi va normativ aktning o‘zbek tilidagi nashrida «qo‘shimcha shartlar» so‘zlarini «istisno» so‘ziga o‘zgartirishni nazarda tutadi (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 07/46808-son ma’lumotnomasi). Ushbu o‘zgartirishlar xalqaro-huquqiy normalar asosida ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalarga nisbatan istisnolarni qo‘llashni amalga oshirish va o‘zbek davlat tilida istisnolarni to‘liq ifodalashda xizmat qiladi;
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarini amalga oshirish sohasidagi o‘zgartirishga oid qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 12 aprelda qabul qilingan «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonunining 1 va 12-moddalariga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritishda va ushbu o‘zgartirishlarni amalga oshirish yuzasidan “Oliy xo‘jalik sudi” so‘zlarini yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan moddalar matnidan chiqarib tashlash tavsiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 83-moddasining yangi tahririda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatining 2017 yil 5 iyundagi 06-20-589-son ma’lumotnomasi). Ushbu normalar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining konstitutsiyaviy-huquqiy mustahkamlanishini ta’minlab beradi;
amaldagi xalqaro shartnomlar tahlili kontekstida istisnolarni izlab topish va tizimlashtirish mexanizmini takomillashtirishda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga istisnolar va bir tomonlama bayonotlar reestri (ro‘yxati)ni joriy etish taklifi asoslangan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 07/46808-son ma’lumotnomasi). Bu turdagi reestr (ro‘yxat)ni joriy etish respublikamiz tomonidan taklif qilinadigan istisnolar va istisnolarga rozilik hamda qabul qilmaslik aktlarini yaxlit tizimga solish va ulardan foydalanish mexanizmini takomillashtirish imkonini bergan.