Xalikov Salixdjan Subxanovich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nasos stansiyalarining ishonchliligini oshirish  va ekspluatasiya xavfsizligini baholash usuli”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/T593.
Ilmiy maslahatchi: Toirov Olimjon Zuvurovich - texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti, DSc.02/30.12.2021.T.143.01.
Rasmiy opponentlar:Aripov Nazirjan Mukaramovich - texnika fanlari doktori, professor; Ivshin Igor` Vladimirovich  texnika fanlari doktori,  professor,  Abidov Kudrat Gayratovich texnika fanlari doktori,
professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nasos stansiyalarining ishonchliligini oshirish va ekspluatasiya xavfsizligini baholash usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekspluatasiya ko‘rsatkichlari asosida nasos agregatlarining ish vaqtini taqsimlashning statik zichligini hisobga olgan holda nasos agregatiga buzilmasdan ishlash vaqtining taqsimlanishini eksponensial qonuni mos kelishi aniqlangan;
nasos stansiyasi va agregatlari uchun tuzilgan struktura sxemalari asosida ularning joylashuvini inobatga olgan holda buzulmasdan ishlash ehtimolini hisoblash ifodalari keltirib chiqarilgan;
nasos stansiyasidagi sinxron dvigatellarining ishonchlilik ko‘rsatgichini aniqlashning matematik modeli statik va dinamik rejimlarida stator chulg‘amlari izolyasiyasiga xarorotning oshish ta’sirini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
nasos agregatining bekor to‘xtab turishidan suv sarfini yo‘qolishini va uni ta’mirlashning o‘rtacha yillik xarajatlarini hisobga olgan holda nasos stansiyasi va agregatlari riskini hisoblashning matematik ifodasi ishlab chiqilgan;
nasos stansiyasi va agregatlarining ekspluatasiya xavfsizligini tezkor rostlash usuli qurilma elementlarining holatini diagnostika qilish, riskning yig‘indi va maqbul qiymatlarini e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan;
nasos stansiyasining ekspluatasiya ishonchligini oshirish uchun chastotaviy rostlanuvchi asinxron yuritmalar asosida nasos agregati quvuridagi diskli tambani boshqarish qurilmasi ishlab chiqilgan (№ FAP 2415);
rostlanuvchan asinxron elektr yuritmalar asosida nasos stansiyasining boshqarish usuli va ikkita nasos agregatining sinxron aylanishini ta’minlaydigan ishchi elektr vali tizimi va qurilmasi (№ FAP 2428) ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Nasos stansiyalarining ishonchliligini oshirish va ekspluatasiya xavfsizligini baholash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
sinxron dvigatellarning ishonchlilik ko‘rsatgichini aniqlashning matematik modeli va nasos agregatlari riskini hisoblash usuli Qarshi magistral kanali Ekspluatasiya boshqarmasining 7-son nasos stansiyasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 20 noyabrdagi 37-3805-son ma’lumotnomasi). Natijada nasos agregatlarining ishdan to‘xtash vaqti qisqargan va elektr energiyasi sarfini 0,15 % ga kamaytirish imkoni yaratilgan;
nasos agregatlari qismlari holatini diagnostika qilish tizimini va xavfsizligini tezkor rostlash usuli, algoritmlari va dasturiy ta’minoti Qarshi magistral kanali Ekspluatasiya boshqarmasining 7-son nasos stansiyasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 20 noyabrdagi 37-3805 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada nasos agregatlari elementlarini bexosdan buzilishlari, favqulotda holatlarini oldi olingan va yiliga 584503 kVt·soat yoki 350 701 000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
nasos agregati quvuridagi diskli tambani rostlanuvchan asinxron elektr yuritma orqali boshqarish qurilmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining foydali modeliga patent olingan (Nasosni boshqarish qurilmasi, FAP 2415, 14.08.2023 yil). Natijada nasos stansiyasidagi nasos agregatlarida hosil bo‘ladigan suvning gidrozarbasini va teskari aylanish tezligini oldi olingan bo‘lib, elektromexanik tizimning ishonchligini 14%ga oshirish imkoniyati yaratilgan;
rostlanuvchan asinxron elektr yuritmalar asosida nasos agregatlarining sinxron aylanishini ta’minlaydigan ishchi elektr vali tizimi va qurilmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining foydali modeliga patent olingan (Nasos stansiyasining asinxron elektr yuritmasini boshqarish usuli va uni amalga oshirish qurilmasi, FAP 2428, 22.09.2023 yil). Natijada nasos stansiyasidagi umumiy quvurga ulangan nasos agregatlarini to‘xtab qolishini oldi olingan bo‘lib, nasos stansiyasining energiya samaradorligi va ishonchligini 12%ga oshirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish