Zakiryaeva Nodira G‘afurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Milliy uslub va dekorativ  elementlarni tadqiq qilish hamda  zamonaviy  kiyimlarda qo‘llash (mehmonxona xodimlari ofis kiyimi misolida)” 05.06.04-Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4272
Ilmiy rahbar: Tashpulatov Salix Shukurovich, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:
Buxoro muhandislik- texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/29.10.2021.T.101.03
Rasmiy opponentlar: 1. Muminova Umida Tuxtasinovna, texnika fanlari doktori, professor  (ixtisoslik shifri 05.06.04) Ilmiy kengash a’zosi;
2. Chorieva Muxabbat Muxammadovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent (ixtisoslik shifri 05.06.04);
Yetakchi tashkilot: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy liboslar uchun (mehmonxona xodimlari ofis kiyimi misolida) badiiy va konstruktiv echimlarni yaratishda anʼanaviy oʻzbek liboslari va bezak elementlaridan foydalanish mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
asosida mehmonxona xodimlari ofis kiyimining bezak elementlarini qo‘llash imkoniyatlarini beruvchi materiallari va konstruksiyasiga mos ravishda rangi, fakturasi,  tikuv buyumining asosiy kismlari bo‘lgan old bo‘lak finksional-konstruktiv bo‘linmalari, shuningdek old adip, latskani va yoqa kengligi kabi qismlariga qo‘yiladigan  talablar ishlab chiqilgan;
          mehmonxona xodimlarining harakatlari erkinligini ta’minlaydigan, milliy an’analar va zamonaviy talablarni o‘zida mujassam etgan ofis kiyimining old va ort detallari bilan yaxlit bichilgan engni yuqori qirqimining bo‘yin asosi nuqtasiga nisbatan hosil qiladigan qiyalik burchagi qiymatini o‘zgartirish asosida  “eng-o‘miz”  konstruktiv tugunining takomillashtirilgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
          ofis kiyimini orqa  kengligiga, ko‘krak aylanasiga beriladigan qo‘shimcha haqlar qiymati, yaxlit bichilgan engni qiyalik burchagi kabi konstruktiv parametrlarining kiyimning tashqi dinamik mosligiga bog‘liqligining regressiya tenglamalari va matematik modellari ishlab chiqilgan hamda ular asosida orqa elka kengligi, ort tomondan boʼyin nuqtasidan bel chizig‘i gacha tana uzunligi, II- chi ko‘krak aylanasi kabi optimal konstruktiv parametrlar aniqlangan;
           milliy naqshlarning stilizatsiyalashgan shakllari yaratilgan va zamonaviy ofis kiyimining old adibi, latskani kabi detallarida ratsional joylashuvi kiyim qismlarining geometric o‘lchamlariga mosligini ta’minlash uchin mashstablash usuli bilan ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
milliy kiyim  bichimlari va  ulardagi  naqshlar turlari, ularning kiyim sirtida joylashuvi haqidagi mavjud adabiyotlar, muzey eksponatlarini o‘rganish hamda milliy naqshlarni stilizatsiyalsh va ularni zamonaviy kiyimda qo‘llash  bo‘yicha olingan natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining sanoat namunasiga  2  patent  olingan (№SAP  02378, 31.01.2023 y. «Mexmonxona xodimlari uchun erkaklar ofis kiyimi to‘plami» hamda № SAP 02377, 31.01.2023 y. «Mexmonxona xodimlari uchun ayollar ofis kiyimi to‘plami»). Natijada mexmonxona xodimlari uchun milliy an’analarni va qadriyatlarimizni o‘zida aks etgan, mehmonxona imidjiga mos keladigan zamonaviy sifatli ofis kiyimlari bilan ta’minlangan.  
milliy an’analar asosida mehmonxona xodimlari  kiyim komplektlari va ularning konstruktorlik-texnik hujjatlar paketi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tasarrufidagi tikuvchilik korxonalarida, shu jumladan, «OFS» MChJ, «Al-Hakim Plus» MChJ, “UzPolCharm” MChJ  (Buxoro viloyati) korxonalarida ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining  2023 yil 30 oktyabrdagi 03/25-2267-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy xomashyolardan foydalanish va ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish asosida ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga nisbatan mehnat unumdorligi 13,76% ga oshishiga erishilgan,  mehmonxona ishchilari sifatli ofis kiyimi bilan ta’minlangan, ushbu kiyimlar joriy etilgan mehmonxonalarda mehmonlar soni oshgan.
Milliy an’analar asosida mehmonxona xodimlari  kiyim komplektlari va ularning konstruktorlik-texnik hujjatlar paketi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tasarrufidagi tikuvchilik korxonalarida, shu jumladan, «OFS» MChJ, «Al-Hakim Plus» MChJ, “UzPolCharm” MChJ  (Buxoro viloyati) korxonalarida ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining  2023 yil 30 oktyabrdagi 03/25-2267-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy xomashyolardan foydalanish va ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish asosida ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga nisbatan mehnat unumdorligi 13,76% ga oshishiga erishilgan,  mehmonxona ishchilari sifatli ofis kiyimi bilan ta’minlangan, ushbu kiyimlar joriy etilgan mehmonxonalarda mehmonlar soni oshgan. “

Yangiliklarga obuna bo‘lish