Mavlanov Axmadjan Xakimjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Qumli gruntli temir yo‘llar er polotnosida kontakt tarmog‘i tayanchlarini qurishning konstruktiv – texnologik echimlari”, 05.08.02 – “Temir yo‘llar va yo‘l xo‘jaligi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1861.
Ilmiy rahbar: Lesov Kuvandik Saginovich – texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Bondarenko Aleksey Alekseyivich, texnika fanlari doktori, professor; Abdukamilov Shavkat Shuxratovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent v.b.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti
Dissertatsiya yo’nalishi. Texnika yo’nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qumli gruntli temir yo‘llar er polotnosida kontakt tarmogʻi tayanchlarini qurishning konstruktiv-texnologik echimlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temir yo‘llar er polotnosida poydevorlarni grunt bo‘yicha ko‘tarish qobiliyati momenti ta’sirini hisobga olgan holda ularning turli konstruksiyalaridan foydalanish matematik ifodalar yordamida poydevorning turli gruntlarda “dalaga” – MfL va “yo‘lga” MfR momentlarining qiymatlari aniqlangan;
temir yo‘llar er polotnosida poydevor tomonlariga grunt bosimi kuchlanishini hisobga olgan holda talab darajasidagi ko‘tarish qobiliyati asosida tayanchlar ko‘tarish qobiliyatini aniqlash dasturi va usuli ishlab chiqilgan;
qumli gruntli temir yo‘llar er polotnosida poydevorlarning ko‘tarish qobiliyatiga ta’sir etuvchi qo‘shimcha omillarni e’tiborga olgan holda matematik modellar asosida qoziqli poydevorlarni ko‘tarish qobiliyatining zaxira qiymati aniqlangan va ilmiy asoslangan;
qumli gruntli temir yo‘llar er polotnosida poydevorlarning ko‘tarish qobiliyatiga moment ta’sirini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan NSFOKS dasturi asosida taklif etilgan qozikli poydevorlarning ko‘tarish qobiliyati 15-22%ga oshishi aniqlandi va ilmiy asoslangan;
qumli gruntli temir yo‘llar er polotnosida poydevorlarning tomonlariga ta’sir etuvchi grunt bosimi kuchlanishini hisobga olgan holda poydevorlarning ekspluatatsion ishonchliligini oshirish maqsadida tayanchlarning ko‘tarish qobiliyatini hisoblash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qumli gruntli temir yo‘llar er polotnosida kontakt tarmogʻi tayanchlari poydevorlarini qurishning konstruktiv-texnologik echimlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“Buxoro-Urganch-Xiva temiryo‘l liniyasini elektrlashtirish” obektining loyihaviy echimlarida moment ta’sirida gruntga berilgan poydevorning ko‘tarish qobiliyatini ta’minlaydigan S-1 (6,5 m) va S-2 (9,3 m) turdagi qoziqli poydevorlardan foydalanib, qumli gruntli temir yo‘llar er polotnosida kontakt tarmogʻi tayanchlarini qurish konstruktiv-texnologik echimlari qabul qilingan va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ yo‘l xo‘jaligi boshqarmasida joriy qilingan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2022 yil 9 avgustdagi 01/2746-22-son ma’lumotnomasi). Bajarilgan tadqiqot natijasida 2-toifa tayanchning ko‘tarish qobiliyati (Md=98 kN*m) mos bo‘lganida qoziqli poydevorlardan foydalangan holda, moment ta’sirida gruntga berilgan poydevorning ko‘tarish qobiliyati 15-22 % oshirish va poydevorni gruntga barqaror mahkamlashni ta’minlash imkonini bergan;
qumli gruntli temir yo‘llar er polotnosida kontakt tarmogʻi tayanchlari poydevorlarining ekspluatatsion ishonchliligini oshirish va qoziqli poydevorlarning ko‘tarish qobiliyatini ta’minlash echimlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ yo‘l xo‘jaligi boshqarmasiga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2022 yil 9 avgustdagi 01/2746-22-son ma’lumotnomasi). Natijada, qumli gruntli temir yo‘llar er polotnosida qoziqli poydevorlardan foydalanish mehnat va materiallar sarfini 15-18 % ga tejash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish