Yusufzoda Shabnami Yunusning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oʻzbek tili darslarida o‘quvchilarning grafik malakalarini takomillashtirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped3911.
Ilmiy rahbar: Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Yuldasheva Dilorom Nigmatovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Isroilova Ruxshona Sunnatovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tili darslarida o‘quvchilarining grafik malakalarini takomillashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tili darslarida o‘quvchilarning grafik malakalarini takomillashtirish til ta’limiga integrativ, pragmatik, ijtimoiy-madaniy yondashuvlarga ko‘ra o‘qitish jarayoniga ijodiy-kommunikativ, nutqiy-didaktik omillarni intensiv qo‘llash asosida aniqlangan;
o‘quvchilarning grafik malakalarini takomillashtirishning didaktik ta’minoti o‘quvchilarning savodxonlik darajasi rivojlanganlik imkoniyatlari, bilish ehtiyojlariga doir texnologiyalar, potensial bog‘lanish manbalari (autentik o‘quv materiallari mazmunini anglash, tushunish, konsolidatsiya)ni aniqlash asosida takomillashtirilgan;
o‘zbek tili darslarida o‘quvchilarning grafik malakalarini takomillashtirish til ta’limida o‘zaro bog‘liq gorizontal va vertikal yondashuvlar (ichki va tashqi tizim yaxlitligi) tarkibiga tillararo xaritalar, lug‘atlar ustida ishlash, taqqoslash, sharhlash, didaktik o‘yinlardan “Hozirjavoblik” o‘yini, “Evrika” o‘yini, “Umumiy jismonan javob bermoq”, “Total Physical Respond”, “Rolli ijro” - “Role play” kabi o‘quvchilarning savodxonlik ko‘nikmalarini shakllantiruvchi metodlar taklif etilgan;
o‘zbek tili darslarida o‘quvchilarning grafik malakalarini takomillashtirishning tashkiliy-metodik komponentlari pedagogik hamkorlik, induviduallik, uzviylik va uzlyuksizlik tamoyillariga, transpozisiya va interferensiya hodisalari ierarxiyasiga amal qilish orqali isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
o‘quvchilarning grafik malakalarini takomillashtirishning didaktik ta’minoti o‘quvchilarning savodxonlik darajasi rivojlanganlik imkoniyatlari, bilish ehtiyojlariga doir texnologiyalar, potensial bog‘lanish manbalari (autentik o‘quv materiallari mazmunini anglash, tushunish, konsolidatsiya)ni aniqlashga doir xulosalardan Buxoro davlat universitetining “PZ-202005236-raqamli Oila psixologiyasi fanidan multimediya mahsulotini yaratish” (2021-2022-y.y.) mavzusidagi innovatsion-tadqiqot loyihasini “O‘quvchilarning grafik malakalarini takomillashtirishning fiziologik, psixologik va pedagogik xususiyatlari” qismini bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2023-yil 4-sentyabrdagi 04/2554-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarni yozuvga o‘rgatishning kvalitologik rarametrlari o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etilgan;
o‘zbek tili darslarida o‘quvchilarning grafik malakalarini takomillashtirish til ta’limida o‘zaro bog‘liq gorizontal va vertikal yondashuvlar (ichki va tashqi tizim yaxlitligi) tarkibiga tillararo xaritalar, lug‘atlar ustida ishlash, taqqoslash, sharhlash, didaktik o‘yinlardan “Hozirjavoblik” o‘yini, “Evrika” o‘yini, “Umumiy jismonan javob bermoq”, “Total Physical Respond”, “Rolli ijro” - “Role play” kabi o‘quvchilarning savodxonlik ko‘nikmalarini shakllantirishga doir amaliy tavsiyalar “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Resrublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘i. Guvohnoma №68-753). Natijada o‘quvchilarni yozuvga o‘rgatishga yo‘naltirilgan texnologiyalarga oid taklif va tavsiyalar “Alifbe”, “Yozuv” fanlarini o‘qitish jarayoniga tatbiq qilingan;
o‘zbek tili darslarida o‘quvchilarning grafik malakalarini takomillashtirishning tashkiliy-metodik komponentlari pedagogik hamkorlik, induviduallik, uzviylik va uzlyuksizlik tamoyillariga, transpozisiya va interferensiya hodisalari ierarxiyasiga doir amaliy taklif va doir amaliy tavsiyalar “Husnixat o‘qitish texnologiyasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Resrublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-sonli buyrug‘i. Nashr ruxsatnomasi №388-361). Natijada o‘quv dasturlarini takomillashtirish, ta’lim mazmuni va o‘qitish texnologiyalarini tanlash samaradorligini oshirishga erishilgan.