Azimova Muxabbat Samadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Sadriddin Salim Buxoriy ijodi badiiyati”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3324.
Ilmiy rahbar: Sharipova Laylo Frunzeevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Davronova Shohsanam G‘aybulloevna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Ochilov Ergash Zokirovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi buxorolik shoir, tarjimon, olim Sadriddin Salim Buxoriy ijodining janriy tarkibi, mavzu-mundarijasi, shakl va mazmun birligi, vazn xususiyatlari, badiiy tasvir vositalarini qo‘llashdagi mahoratini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sadriddin Salim Buxoriy ijodidagi tadrij, poetik dunyoqarashining shakllanishiga ta’sir etgan omillar, ular orqali shoir she’riyatida xalqchillik kuchaygani, mumtoz she’riyatga xos an’analarni davom ettirish orqali tasavvufona g‘oyalarni ilgari surgani aniqlangan;
shoirning ikki tilda ham mukammal g‘azallar, she’rlar; Jaloliddin Rumiy, Mashrab g‘azallariga tatabbu’ bitish bilan zullisonaynlik an’anasini davom ettirganligi, dunyo adabiyoti namunalaridan tarjima qilish bilan bir qatorda o‘z asarlarini ikkinchi tilga o‘girgandagi mohirligi, she’riyatiga xos mavzular olami, u yaratgan obrazlar tizimi Buxoro va buxoroliklar bilan bog‘liq ekani, daraxt timsoli misolida obraz yaratish mahorati oydinlashtirilgan;
adib badialarida shakl va mazmun birligi muammo, mavzu, an’ana, g‘oya singari mazmunga daxldor; ritm, sujet, konflikt, kompozisiya kabi shaklga xos jihatlar orqali yoritilgan; shoir har bandi to‘rt misrali she’rlar bitgani, g‘azal, marsiya, ruboiy, to‘rtlik kabi janrlarga murojaat qilgani asoslangan;
Sadriddin Salim Buxoriy she’riyatida barmoq she’riy tizimining sodda va murakkab vaznlari yetakchi ekani, aruz she’riy tizimiga xos vaznlar ham uchragani holda erkin she’riy tizimdan foydalanmagani; she’riyatida qofiyani, badiiy tasvir vositalarini qo‘llashda muayyan izchillik mavjudligi kabilar an’anaviylik, vorisiylik va novatorlik kesimida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sadriddin Salim Buxoriy ijodi badiiyatiga xos xususiyatlarni aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
Sadriddin Salim Buxoriy ijodidagi tadrij, poetik dunyoqarashining shakllanishiga ta’sir etgan omillar, ular orqali shoir she’riyatida xalqchillik kuchaygani, mumtoz she’riyatga xos an’analarni davom ettirish orqali tasavvufona g‘oyalarni ilgari surganligi undagi ilmiy-nazariy qarashlardan FA-F1-005- raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi (2017-2020-yy.) fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 22-noyabrdagi 458/1-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek she’riyati badiiyati masalalari bo‘yicha loyihada ko‘zda tutilgan maqsadning takomillashuvini ta’minlashga erishilgan;
shoirning ikki tilda ham mukammal g‘azallar, she’rlar; Jaloliddin Rumiy, Mashrab g‘azallariga tatabbu’ bitish bilan zullisonaynlik an’anasini davom ettirganligi, dunyo adabiyoti namunalaridan tarjima qilish bilan bir qatorda o‘z asarlarini ikkinchi tilga o‘girgandagi mohirligi, she’riyatiga xos mavzular olami, u yaratgan obrazlar tizimi Buxoro va buxoroliklar bilan bog‘liq ekani, daraxt timsoli misolida obraz yaratish mahorati obrazlar olami haqidagi fikr-xulosalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, Buxoro” va “Najot bilimda” ko‘rsatuvlari hamda eshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 9-noyabrdagi 02-09-312-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv hamda eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni yanada rivojlantirilib, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ilmiy-ommabopligini ta’minlashga erishilgan;
adib badialarida shakl va mazmun birligi muammo, mavzu, an’ana, g‘oya singari mazmunga daxldor; ritm, sujet, konflikt, kompozisiya kabi shaklga xos jihatlar orqali yoritilgan; shoir har bandi to‘rt misrali she’rlar bitgani, g‘azal, marsiya, ruboiy, to‘rtlik kabi janrlarga murojaat qilgani FA-F1-005- raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi (2017-2020-yy.) fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 22-noyabrdagi 458/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy jihatlari ko‘lami kengayishi ta’minlangan.