Kodirova Gulnoza Ravshanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Portal gipertenziya fonida qizilo‘ngachda qon ketishini davolashda taktik va texnik yondashuvlarni takomillashtirish», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3627
Ilmiy rahbar: Xakimov Murod Shavkatovich, t.f.d., professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01
Rasmiy opponentlar: Ligay Ruslan Efimovich, tibbiyot fanlari doktori; Xakimov Dilshodbek Mamadalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: A.V. Vishnevskiy nomidagi xirurgiya Milliy tibbiyot tadqiqot markazi (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: davolashdagi taktik va texnik yondashuvlarni takomillashtirish orqali portal gipertenziya fonida qizilo‘ngachdan qon ketishi bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
portal gipertenziya fonida qizilo‘ngachdan qon ketishini an’anaviy davolashning qoniqarsiz natijalari qon ketishi intensivligiga bog‘liq holda og‘irlik darajasini baholash tizimining hamda davolash usulini tanlashga differensial yondashuvning yo‘qligi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
endoskopik tekshiruv ma’lumotlariga asoslangan holda qizilo‘ngachdan qon ketishining intensivligini 4 og‘irlik darajasiga ajratilgan baholash tizimi ishlab chiqilgan;
qizilo‘ngachdan qon ketishining intensivligiga va uning manbasining joylashishiga qarab gemostaz usulini tanlashga tabaqalashtirilgan yondashuv taklif etilgan, shuningdek, agar ular samarasiz bo‘lsa, terapevtik chora-tadbirlar algoritmi ishlab chiqilgan;
qon ketish manbai bo‘lgan qizilo‘ngach tomirlariga chap oshqozon venasidan oqimlarni ajratishga qaratilgan gastroezofageal kollektorni ajratish usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Portal gipertenziya fonida qizilo‘ngachdan qon ketishi bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: portal gipertenziya fonida qizilo‘ngachdan qon ketishini an’anaviy davolashning qoniqarsiz natijalari qon ketishi intensivligiga bog‘liq holda og‘irlik darajasini baholash tizimining hamda davolash usulini tanlashga differensial yondashuvning yo‘qligi bilan bog‘liqligi aniqlanganligi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 17-maydagi 01-02/u-t-28-son bilan tasdiqlangan «Jigar sirrozi fonida portal gipertenziyada qizilo‘ngachdan qon ketishining intensivligini baholash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur yangilik Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 19.07.2024 yildagi 146-son hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialining 29.07.2024 yildagi 118-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/75-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: portal gipertenziya fonida qizilo‘ngachdan qon ketishini og‘irlik darajasini baholash tizimidan va davolash usulini tanlashga differensial yondashuvdan foydalanish bemorlarni xayotini saqlab qolishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan baholash tizimini va differensial yondashuvni qo‘llash orqali bemorlarning statsionarda bo‘lish muddati 2 kunga qisqartirildi. Buning natijasida 1 bemorning statsionarda bo‘lishi 1 kunlik jami xarajatlarining o‘rtacha miqdori (dori-darmonlar, tekshiruvlar bilan birgalikda) 540480 so‘mni tashkil etgani holda 1080960 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinishiga imkon bergan. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikni davolash standartlariga kiritish o‘rin-kunlarni qisqartirish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=214) 231325440 so‘m byudjet mablag‘lari tejalishiga imkon beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: endoskopik tekshiruv ma’lumotlariga asoslangan holda qizilo‘ngachdan qon ketishining intensivligini 4 og‘irlik darajasiga ajratilgan baholash tizimi ishlab chiqilganligi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 17-maydagi 01-02/u-t-28-son bilan tasdiqlangan «Jigar sirrozi fonida portal gipertenziyada qizilo‘ngachdan qon ketishining intensivligini baholash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur yangilik Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 19.07.2024 yildagi 146-son hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialining 29.07.2024 yildagi 118-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/75-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ushbu ilmiy yangilikni portal gipertenziya fonida qizilo‘ngachdan qon ketishi bilan asoratlangan bemorlarni tashxislashda inobatga olish qon ketish intensivligini ob’ektiv baholashga va o‘z vaqtida to‘xtatishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ilmiy yangilikni tashxisot standartiga kiritish tezkor tashxis qo‘yishni ta’minlagani holda o‘rinsiz va uzoq davom etuvchi tekshiruvlarni o‘tkazishni bartaraf etadi. Buning natijasida 1 bemorni tekshirish uchun sarflanadigan mablag‘larni qisqartishga imkon beradi. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikni tashxisot standartlariga kiritish tekshiruvlar sonini qisqartirish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=214) 25169000 so‘m byudjet mablag‘lari tejalishiga imkon beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: qizilo‘ngachdan qon ketishining intensivligiga va uning manbasining joylashishiga qarab gemostaz usulini tanlashga tabaqalashtirilgan yondashuv taklif etilganligi, shuningdek, agar ular samarasiz bo‘lsa, terapevtik chora-tadbirlar algoritmi ishlab chiqilganligi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 17-maydagi 01-02/u-t-28-son bilan tasdiqlangan «Jigar sirrozi fonida portal gipertenziyada qizilo‘ngachdan qon ketishining intensivligini baholash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur yangilik Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 19.07.2024 yildagi 146-son hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialining 29.07.2024 yildagi 118-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/75-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan tabaqalashtirilgan yondashuv va terapevtik chora-tadbirlar algoritmi qon ketishini samarali va tez to‘xtatish, takroriy qon ketishi xavfini baholashga, profilaktik choralar ko‘rishga hamda bemor uchun prognozni yaxshilashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Gemostaz usulini tanlashga differensial yondashuvning taklif etilgan taktikasi va terapevtik chora-tadbirlar algoritmi birlamchi gemostaz ulushini 92,5% dan 85,6% gacha kamaytirish, ochiq jarrohlik aralashuvlar chastotasini 17,1% dan 7,9% gacha kamaytirish va o‘limni 8,0% dan 2,3% gacha kamaytirish imkonini bergan. Buning natijasida 1 bemorning statsionarda bo‘lishi 1 kunlik jami xarajatlarining o‘rtacha miqdorini, ya’ni (dori-darmonlar, tekshiruvlar bilan birgalikda) 540480 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinishiga imkon bergan. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikni davolash standartlariga kiritish o‘rin-kunlarni qisqartirish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=214) 1 kunda 115662720 so‘m byudjet mablag‘lari tejalishiga imkon bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: qon ketish manbai bo‘lgan qizilo‘ngach tomirlariga chap oshqozon venasidan oqimlarni ajratishga qaratilgan gastroezofageal kollektorni ajratishning takomillashtirilgan usuli Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 17-maydagi 01-02/u-t-28-son bilan tasdiqlangan «Jigar sirrozi fonida portal gipertenziyada qizilo‘ngachdan qon ketishining intensivligini baholash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur yangilik Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 19.07.2024 yildagi 146-son hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialining 29.07.2024 yildagi 118-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/75-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: gastroezofageal kollektorni ajratishning takomillashtirilgan usulini qo‘llash takroriy qon ketish chastotasini kamaytirish orqali ochiq xirurgik aralashuvlar natijalarini yaxshilashga, asoratlarni kamaytirishga va bemorlar xayot sifatini oshirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: takomillashtirilgan usuldan foydalanish bemorlarning statsionarda bo‘lish muddatini 2 kunga qisqartirishga hamda 1 bemorning statsionarda bo‘lishi 2 kunlik jami xarajatlarini qisqarishi hisobiga 1 080 960 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinishiga imkon bergan. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikdan foydalanish o‘rin-kunlarni qisqartirish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=214) 231325440 so‘m byudjet mablag‘lari tejalishiga imkon beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish