Hayitov Abdulaziz Haydar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 pandemiyasi davrida o‘tkir respirator infeksiyalarning epidemiologik xususiyatlari», 14.00.30 - Epidemiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2932.
Ilmiy rahbar: Atoeva Mashhura Abrorovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Mamatqulov Ibrohim Homidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ne’matov Aminjon Sabdarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 pandemiyasi davrida o‘tkir respirator infeksiyalarning epidemiologik xususiyatlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
SARS-CoV-2 va boshqa o‘tkir respirator virusli infeksiya qo‘zg‘atuvchilari o‘rtasida «biologik» ko‘rinishdagi interferensiya hodisasi isbotlangan;
pandemiya davrida SARS-CoV-2ning keng tarqalganligi sababli gripp viruslarini o‘tkir respirator virusli infeksiya qo‘zg‘atuvchilari tarkibidan siqib chiqarilishiga va ularning sirkulyasiyasining pasayishiga olib kelganligi isbotlangan;
COVID-19 pandemiyasi davrida shifoxonadan tashqari pnevmoniyalarda bakterial koinfeksiya rivojlanishida gramm-manfiy va zamburug‘ mikroflorasining ahamiyati ortganligi isbotlangan;
pnevmoniya kasalligini keltirib chiqaradigan koinfeksiyalarni oldini olish maqsadida kasallik manbai hamda moyil organizmni virusologik tekshiruvlar bilan birga bakteriologik tekshirish zarurati asoslangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi №7-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor SARS-CoV-2 va boshqa o‘tkir respirator virusli infeksiya qo‘zg‘atuvchilari o‘rtasida «biologik» ko‘rinishdagi interferensiya hodisasi isbotlanganligi Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashining 11.04.2023 yil № 23-m/024 son bilan tasdiqlangan «Osenka dinamiki ostrix respiratornix virusnix infeksiy v period pandemii koronavirusnoy infeksii» to‘g‘risidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Buxoro viloyat boshqarmasi hamda Buxoro shahar bo‘limida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi №7-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: SARS-CoV-2 va gripp viruslari o‘rtasida interferensiya fenomeni mavjudligi, o‘tkazilgan va xorijiy tadqiqotlar natijalari bilan tasdiqlanganligi sababli, kelgusida qayd etilishi mumkin bo‘lgan epidemiya mavsumi uchun bashorat ko‘p jihatdan kasallikning tarqalishiga, SARS-CoV-2ning o‘zgaruvchanligi va yangi variantlarning paydo bo‘lishiga bog‘liq bo‘ladi. Iqtisodiy samaradorligi: pandemiya davrida qo‘zg‘atuvchilar o‘rtasida «biologik» ko‘rinishdagi interferensiya hodisasini inobatga olgan holda, amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida bir nafar bemor uchun sarflanadigan davlat byudjetidan 1720000 so‘m iqtisod qilingan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor SARS-CoV-2 virusi mavsumiy grippning A (N1N1) shtammlarini siqib chiqarganligi, rinovirus va RSV viruslarini sirkulyasiyasi pandemiyalararo darajada saqlanib qolganligi asoslanganligi Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashining 11.04.2023 yil № 23-m/024 son bilan tasdiqlangan «Osenka dinamiki ostrix respiratornix virusnix infeksiy v period pandemii koronavirusnoy infeksii» to‘g‘risidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Buxoro viloyat boshqarmasi hamda Buxoro shahar bo‘limida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi №7-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: SARS-CoV-2ning paydo bo‘lishi o‘tkir respirator virusli infeksiyalar tarkibida gripp viruslari ulushining sezilarli darajada kamayishiga olib keldi, pandemiyaning muayyan davrlarida gripp bilan kasallanish holatlari deyarli aniqlanmagan. Shu bilan birga, O‘RVI tarkibida SARS-CoV-2ning dominantligi fonida boshqa O‘RVI qo‘zg‘atuvchilarining (adenovirus, rinovirus, RSV va boshqalar) nisbiy ulushi barqarorligicha qoldi. Iqtisodiy samaradorligi: SARS-CoV-2 virusi gripp virusini o‘tkir respirator virusli infeksiya qo‘zg‘atuvchilari tarkibidan siqib chiqarishi natijasida gripp virusining sirkulyasiyasida pasayishini inobatga olgan holda, kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan epidemiyalarni bashoratlash imkonini beradi va har bir nafar bemor uchun davlat byudjetidan 1716000 so‘m iqtisod qilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: COVID-19 pandemiyasi davrida shifoxonadan tashqari pnevmoniyalarda bakterial koinfeksiya rivojlanishida gramm-manfiy mikroflora va zamburug‘lar ahamiyati ortganligi isbotlanganligi Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashining 11.04.2023 yil № 23-m/024 son bilan tasdiqlangan «Osenka dinamiki ostrix respiratornix virusnix infeksiy v period pandemii koronavirusnoy infeksii» to‘g‘risidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Buxoro viloyat boshqarmasi hamda Buxoro shahar bo‘limida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi №7-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda bakterial koinfeksiyaning «mikrobiologik peyzaji» etiologik tuzilishida grammusbat bakteriyalarning ustunligi, zamburug‘ florasining yuqori xavfi va shartli patogen qo‘zg‘atuvchilarning faollashishi bilan tavsiflangan. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 bilan bog‘liq pnevmoniya bilan og‘rigan bemorlarda gram-manfiy bakteriyalarning ustunligini hisobga olgan holda, bakteriyalarga qarshi eng maqbul preparatlarni tanlash natijasida bir nafar bemor uchun statsionar davolash xarajatlarini qisqartirish orqali davlat byudjetidan 720000 so‘m iqtisod qilingan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘tkir respirator virusli infeksiyalar epidemiyasiga qarshi va ularni bakteriologik asoratlarini oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlari takomillashtirilgan algoritmi ishlab chiqilganligi Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashining 11.04.2023 yil № 23-m/024 son bilan tasdiqlangan «Osenka dinamiki ostrix respiratornix virusnix infeksiy v period pandemii koronavirusnoy infeksii» to‘g‘risidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Buxoro viloyat boshqarmasi hamda Buxoro shahar bo‘limida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi №7-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: pandemiya davrida gripp va O‘RVI epidemiyasiga qarshi chora-tadbirlarni takomillashtirish maqsadida, epidemik jarayonning barcha bo‘g‘inlarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlarga quyidagicha qo‘shimchalar kiritildi. Masalan, kasallik manbaiga nisbatan o‘tkaziladigan laborator tekshirish (PZR, Ekspress-test) asosida qo‘zg‘atuvchi virus turini aniqlash bilan bir qatorda, pnevmoniya kasalligini keltirib chiqaradigan koinfeksiyalarni aniqlash maqsadida bakteriologik tekshirish usullarini ham amalga oshirish zarurligi nazarda tutilgan. Iqtisodiy samaradorligi: pnevmoniya kasalligini keltirib chiqaradigan koinfeksiyalarni oldini olish maqsadida bakteriologik tekshirish natijasida har bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘lari 760000 so‘mga iqtisod qilingan.