Salaev Rasul Shavkatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Tijorat banklarida raqamli valyutalar muomalasini tartibga solish metododlogiyasini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”, 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integrasiya”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Iqt645
Ilmiy maslahatchi: Mamadiyarov Zokir Toshtemirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidahror Saidahmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Turaev Shavkat Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kurbonbekova Mohichehra Turobjonovna iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Poytaxt bank” AJ
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston tijorat banklarida moliyaviy vositalarning yangi avlodi sifatida yuzaga kelgan raqamli valyutalar muomalasini tartibga solish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarining rasmiy hisob-kitob tokenlarini muddatli depozitlarning 10 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorida muomalaga chiqarish va ularning taksonomiyasini ishlab chiqish asoslangan;
mamlakat ichki pul aylanmasida tijorat banklarining raqamli hisob birliklari hissasini oshirish maqsadida, bank tokenlarini “NFC” texnologiyasi bilan birga joriy qilish taklif etilgan;
smart shartnoma asosida mablag‘ jo‘natuvchiga kelib tushgan tijorat banklarining raqamli valyutalaridagi to‘lov tafsilotlarini tegishli qismlari  mablag‘ oluvchiga ham ko‘rinadigan tarqatilgan reestr texnologiyasi bilan joriy qilish taklif etilgan;
bank tizimini kompleks transformasiya qilish natijasida tijorat banklarida biznes ekotizimlari va tarmoqlari uchun yopiq siklli raqamli valyutalarni joriy qilish taklif etilgan;
aholi boshiga raqamli valyutalar bilan amalga oshiriladigan o‘tkazmalarning o‘rtacha yillik sonini empirik tadqiq etish natijasida raqamli valyuta tranzaksiyalari hajmining 2026 yilga qadar prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarida raqamli valyutalar muomalasini tartibga solish metodologiyasini komillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarining rasmiy hisob-kitob tokenlarini muddatli depozitlarning 10 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorida muomalaga chiqarish va ularning taksonomiyasini ishlab chiqishga doir taklifi “Ipak yo‘li” AITB, XAB “Trastbank”, hamda Eron “Soderot” bankining Toshkent shahridagi sho‘ba banklarining 2024 yilgi chakana biznesni rivojlantirish strategiyalarida o‘z aksini topgan (“Ipak yo‘li” AITBning 2024-yil 14-oktyabrdagi 31/7721-son, XAB “Trastbank”ning 2024-yil 19-fevraldagi 19-04/1356-son, hamda Eron “Soderot” bankining Toshkent shahridagi sho‘ba bankining  2024-yil 18-apreldagi 13-13/1787-son ma’lumotnomalari). Natijada, “Ipak yo‘li” AITBda jismoniy shaxslarning on-line muddatli depozitlar  saldosi o‘tgan yilga nisbatan 42 foizga oshgani, XAB “Trastbank”da jismoniy shaxslarning on-line muddatli depozitlar  saldosi 2023 yilda 2022 yilga nisbatan 62 foizga oshgani holda 585332,50 ming AQSh dollarini tashkil qilish imkonini berdi, Eron “Soderot” bankining Toshkent shahridagi sho‘ba bankida ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida jismoniy shaxslarning muddatli depozitlar  saldosi 2023 yilda 2022 yilga nisbatan 12,6 foizga oshgani holda 7 trln. 583 mlrd. so‘mni tashkil qilish imkonini berdi;
mamlakat ichki pul aylanmasida tijorat banklarining raqamli hisob birliklari hissasini oshirish maqsadida, bank tokenlarini NFC texnologiyasi bilan birga joriy qilishga doir taklifi natijasida XAB “Trastbank”da jismoniy shaxslar tomonidan bank tokenlari orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar sonini 2023 yilda 2022 yilga nisbatan 3422 taga oshirish (+102 foiz), “Ipak yo‘li” AITBda jismoniy shaxslar tomonidan bank tokenlari orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar soni o‘tgan yilga nisbatan  81 foizga oshgani, Eron “Soderot” bankining Toshkent shahridagi sho‘ba bankida jismoniy shaxslar tomonidan bank tokenlari orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar sonini 2023 yilda 2022 yilga nisbatan 21321 taga oshirish, hamda tezkor to‘lovlarni o‘tkazish imkonini berdi. (XAB “Trastbank”ning 2024-yil, 19-fevraldagi 19-04/1356-son, “Ipak yo‘li” AITBning 2024-yil 14-oktyabrdagi 31/7721-son, hamda Eron “Soderot” bankining Toshkent shahridagi sho‘ba bankining  2024-yil 18-apreldagi 13-13/1787-son ma’lumotnomalari);
smart shartnoma asosida mablagʻ jo‘natuvchiga kelib tushgan tijorat banklarining raqamli valyutalaridagi to‘lov tafsilotlarini tegishli qismlari  mablagʻ oluvchiga ham ko‘rinadigan tarqatilgan reestr texnologiyasi bilan joriy qilishga doir taklifi “Ipak yo‘li” AITB, XAB “Trastbank”, hamda Eron “Soderot” bankining Toshkent shaxridagi sho‘ba banklarining “Raqamli transformatsiya va innovatsion rivojlanish” departamenti faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Ipak yo‘li” AITBning 2024-yil 14-oktyabrdagi 31/7721-son, XAB “Trastbank”ning 2024-yil 19-fevraldagi 19-04/1356-son, hamda Eron “Soderot” bankining Toshkent shahridagi sho‘ba bankining  2024-yil 18-apreldagi 13-13/1787-son ma’lumotnomalari). Natijada, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan “Ipak yo‘li” AITBda 15 foiz, XAB “Trastbank”da 24 foiz, Eron “Soderot” bankining Toshkent shahridagi sho‘ba bankida 37 foiz “pul yuvish” ga urinish xolatlarining kamayishiga erishildi;
tijorat banklarida biznes ekotizimlari va tarmoqlari uchun yopiq tsiklli raqamli valyutalarni joriy qilishga doir taklifi “Ipak yo‘li” AITB, XAB “Trastbank”, hamda Eron “Soderot” bankining Toshkent shaxridagi sho‘ba banklari faoliyatiga joriy etilgan hamda 2024 yilgi rivojlanish strategiyasiga muofiq bank ekotizimini takomillashtirishda foydalanilgan (“Ipak yo‘li” AITBning 2024-yil 14-oktyabrdagi 31/7721-son, XAB “Trastbank”ning 2024-yil 19-fevraldagi 19-04/1356-son, hamda Eron “Soderot” bankining Toshkent shahridagi sho‘ba bankining  2024-yil 18-apreldagi 13-13/1787-son ma’lumotnomalari). Natijada mazkur banklar tomonidan kliring markazlariga tranzaksiyalar uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan umumiy170,1 million so‘m tejab qolindi;
aholi boshiga raqamli valyutalar bilan amalga oshiriladigan o‘tkazmalarning o‘rtacha yillik sonini empirik va ekonometrik tadqiq etish natijasida raqamli valyuta tranzaksiyalari hajmining 2026 yilga qadar prognoz stenariysini ishlab chiqishga doir taklifi “Ipak yo‘li” AITB, XAT “Trastbank” faoliyatiga joriy etilgan (“Ipak yo‘li” AITBning 2024-yil 14-oktyabrdagi 31/7721-son, XAB “Trastbank”ning 2024-yil 19-fevraldagi 19-04/1356-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklif asosida olingan optimal ssenariyga ko‘ra, raqamli valyutalar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar soni 2025 yil iyul oyida 5323,36 million birlik bo‘lishi mumkin. Ya’ni 2023 dekabr oyidan 2025 yil iyul oyiga qadar tranzaksiyalar hajmi 35,52 foizga o‘sishi prognoz natijasida aniqlangan va ilmiy asoslangan. Shuningdek, ichki iqtisodiyotda pul massasi 2025-yilda 2024-yilga nisbatan 13 foizga ortishi prognoz qilindi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish