Sherov Alisher Bakberganovichning
iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirish metodologiyasi”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Iqt501
Ilmiy rahbar: Ataniyazov Jasur Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Raxmonov Dilshodjon Alidjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Saidov Muhammadali Hakimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xaydarov Nizomiddin Hamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Alfraganus University
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirishni takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta'lim muassasalariga ajratiladigan byudjet mablag‘lari hajmini hisoblash mexanizmi ishlab chiqilgan;
moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta'lim muassasalarining moliyaviy ta'minotini oshirish maqsadida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini oliy ta'lim muassasalari tomonidan mustaqil belgilash imkoniyatini yaratish bilan bir qatorda, uning maksimal chegarasini belgilash lozimligi asoslangan;
oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larni jalb etish maqsadida mahalliy reyting ko‘rsatkichlariga qarab davlat buyurtmasi kvotalarini belgilash taklif etilgan;
oliy ta’limni moliyalashtirishni global tendensiyalarini o‘zida aks ettiruvchi ko‘rsatkichlarning 2028 yilga qadar prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan;
davlat oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag‘lari, oliy ta’lim tizimiga yo‘naltirilgan davlat investisiyalari hamda oliy ta’lim muassasalaridagi professor-o‘qituvchilari soni o‘zgarishining kishi boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM hajmiga qisqa va uzoq muddatli pozitiv ta’sir darajasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirish metodologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta'lim muassasalariga ajratiladigan byudjet mablag‘lari hajmini hisoblash mexanizmiga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida davlat buyurtmasi (davlat granti) asosida kadrlar tayyorlash uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetidan moliyalashtirish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 419-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 30 sentyabrdagi 4/17-4/4-18638-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarini byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish hajmini hisoblash formulasi yaratilgan;
moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta'lim muassasalarining moliyaviy ta'minotini oshirish maqsadida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini oliy ta'lim muassasalari tomonidan mustaqil belgilash imkoniyatini yaratish bilan bir qatorda, uning maksimal chegarasini belgilashga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-61 sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 30 sentyabrdagi 4/17-4/4-18638-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati oliy ta’lim muassasasi tomonidan ta’lim xizmatlari bozoridagi talab va taklifdan kelib chiqib, biroq tegishli yo‘nalish bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalarida belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt qiymatining uch baravardan ortiq bo‘lmasligi belgilangan;
oliy ta’lim muassasalarini faoliyatini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larni jalb etish maqsadida mahalliy reyting ko‘rsatkichlariga qarab davlat buyurtmasi kvotalarini belgilashga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-200-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 30 sentyabrdagi 4/17-4/4-18638-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, nodavlat oliy ta’lim mussasalariga davlat buyurtmasi bo‘yicha kvotalar, mazkur oliy ta’lim muassasasining reytingdagi o‘rniga muvofiq ajratilishi belgilangan;
oliy ta’limni moliyalashtirishni global tendensiyalarini o‘zida aks ettiruvchi ko‘rsatkichlarning 2028 yilga qadar prognoz ssenariylariga doir taklifi oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirishning uzoq muddatli prognozlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 30 sentyabrdagi 4/17-4/4-18638-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’limni tizimini moliyalashtirishning global tendensiyalarini o‘zida aks ettiruvchi asosiy ko‘rsatkichlarning o‘rta muddatli davrga prognozlashning qo‘shimcha imkoniyati yaratilgan;
davlat oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag‘lari, oliy ta’lim tizimiga yo‘naltirilgan davlat investisiyalari hamda oliy ta’lim muassasalaridagi professor-o‘qituvchilari soni o‘zgarishining kishi boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM hajmiga qisqa va uzoq muddatli pozitiv ta’sirga doir taklifi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 30 sentyabrdagi 4/17-4/4-18638-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishishga ta’sir etuvchi davlat oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag‘lari (+1,32%; +3,75%), oliy ta’lim tizimiga yo‘naltirilgan davlat investisiyalari (+2,57%; +6,82%), oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchi xodimlari soni (+1,26%; +2,48%) omillarini ARDL modeli yordamida uzoq va qisqa muddatli ta’sirini hisoblash va bu orqali mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun aniq instrumentlarni belgilash imkoniyati  yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish