Ablaizov Akbar Abduvafo o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlarda ekoturizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt3379 B2020.2.PhD/Iqt1282
Ilmiy rahbar: Pardaev Olim Mamayunusovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc.33/01.02.2022.I.145.01
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Abdullajon Topilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Axrorov Farxod Baxriddinovich, iqtisodiyot fanlari.nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Urganch Davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Hududlarda ekoturizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mamlakatimizning turizm mahsulotini xalqaro va ichki turizm bozorlarida targ‘ib qilish, sayohat va dam olish uchun xavfsiz mamlakat sifatidagi imijini yanada mustahkamlashga qaratilgan yangi milliy turizm brendini yaratish asosida xorijiy mamlakatlar xalqaro media va ijtimoiy platformalarda, O‘zbekistonning tarixiy, madaniy, gastronomik, tibbiy va sog‘lomlashtirish, arxeologik, ekologik va ekstremal kabi turizmning turlari to‘g‘risida kontentlar yaratish bo‘yicha taklifi asoslangan;
ekohududlarda ommaviy-madaniy tadbirlarni tashkil qilish va ularni o‘tkazish, shuningdek, mazkur hududlarda tashkil etiladigan tadbirlarning yagona kalendar rejasi asosida Hisor davlat o‘rmon xo‘jaligining ekologik holati va turizmni rivojlantirishning barqarorligini ta’minlashda salohiyatli xorijiy investorlarga loyihalari to‘g‘risida «Road-show» taqdimotlar o‘tkazish bo‘yicha takliflar dalillangan;
Samarqand viloyatiga 2 million nafar xorijiy turist tashrifini tashkil etishda yangi turizm yo‘nalishlarini ishlab chiqish hamda O‘zbekistonning bu boradagi imijini yanada yaxshilash maqsadida ekoturizm, agroturizm, etnoturizm va ekstremal turizm ob’ektlari ro‘yxatini shakllantirish va turistik marshrutlarga kiritish asosida hududning o‘zi uchun xos bo‘lgan «Mavsumiy turistik paket»ni tayyorlash bo‘yicha takliflar asoslangan;
mamlakatimizning ekologik hududlar imkoniyati va xususiyatidan kelib chiqib, Samarqand viloyatining ekoturistik salohiyati va ekologiya turizmni samarali rivojlantirish ko‘rsatkichlarining prognoz hisob-kitoblari asosida 2027 yilga qadar o‘rta muddatli prognoz parametrlarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
mamlakatimizning turizm mahsulotini xalqaro va ichki turizm bozorlarida
targ‘ib qilish, sayohat va dam olish uchun xavfsiz mamlakat sifatidagi imijini yanada mustahkamlashga qaratilgan yangi milliy turizm brendini yaratish asosida xorijiy mamlakatlar xalqaro media va ijtimoiy platformalarda, O‘zbekistonning tarixiy, madaniy, gastronomik, tibbiy va sog‘lomlashtirish, arxeologik, ekologik va ekstremal kabi turizmning turlari to‘g‘risida kontentlar yaratish bo‘yicha asoslangan taklifi 2024-yil 18-iyuldagi PF-102-son “Xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oshirish bo‘yicha” “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 14-noyabrdagi №03-12-17-8058-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotda qo‘llanilishi mamlakatimizda hududiy va mintaqaviy ekoturizm resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini oshirib, xalqaro ekoturizmni rivojlantirishga, hududlarda kirish turizmi oqimini 17% oshirishga xizmat qilgan;
ekohududlarda ommaviy-madaniy tadbirlarni tashkil qilish va ularni o‘tkazish, shuningdek, mazkur hududlarda tashkil etiladigan tadbirlarning yagona kalendar rejasi asosida Hisor davlat o‘rmon xo‘jaligining ekologik holati va turizmni rivojlantirishning barqarorligini ta’minlashda salohiyatli xorijiy investorlarga loyihalari to‘g‘risida “Road-show” taqdimotlar o‘tkazish bo‘yicha dalillangan takliflar 2024 yil 12 yanvardagi PQ-21-son “Tabiatga sayohat” ekoturizmni rivojlantirish “Milliy dasturi”ga kiritilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 14-noyabrdagi №03-12-17-8058-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish Qashqadariyo hududlarining ekoturistik salohiyatidan samarali foydalanish, ekoturistik kompleksli marshrutlarni ishlab chiqish imkoniyatini oshirish va ekoturistik obektlarda turistlarning bo‘lish davomiyligini uzaytirish imkonini bergan hamda yangi yo‘nalishlardagi turizm marshrutlarida hududlarning ekoturistik resurslaridan foydalanish darajasi 1,4 marta oshgan;
Samarqand viloyatiga 2 million nafar xorijiy turist tashrifini tashkil etishda
yangi turizm yo‘nalishlarini ishlab chiqish hamda O‘zbekistonning bu boradagi imijini yanada yaxshilash maqsadida ekoturizm, agroturizm, etnoturizm va ekstremal turizm ob’ektlari ro‘yxatini shakllantirish va turistik marshrutlarga kiritish asosida hududning o‘zi uchun xos bo‘lgan “Mavsumiy turistik paket”ni tayyorlash bo‘yicha asoslangan takliflar 2023-yil 26-apreldagi PQ-135-son “Samarqand viloyatida turizmni rivojlantirish bo‘yicha 2023-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 14-noyabrdagi №03-12-17-8058-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mahalliy turistlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmi ikki baravar oshgan;
mamlakatimizning ekologik hududlar imkoniyati va xususiyatidan kelib chiqib, Samarqand viloyatining ekoturistik salohiyati va ekologiya turizmni samarali rivojlantirish ko‘rsatkichlarining prognoz hisob-kitoblari asosida 2027-yilga qadar ishlab chiqilgan o‘rta muddatli prognoz parametrlarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar Turizm qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “2024-2026-yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar dasturi” va “Yo‘l xaritalari”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 14-noyabrdagi №03-12-17-8058-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni amaliyotga joriy etish natijasida hududga mahalliy turistlar tashrifi ikki baravarga oshishi kutilmoqda.