Beknazarova Nilufar Tulkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Tijorat banklarida xalqaro valyuta operatsiyalarini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Absalamov Akram Tolliboevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Rajabov Sherzod Umurzokovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Ortiqov Oybek Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: AJ “Poytaxt bank”
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarning xalqaro valyuta operatsiyalarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalqaro to‘lovlarning tezligini oshirish, hamda tijorat banklarida valyuta operatsiyalarining xavfsizligini ta'minlash maqsadida SWIFT tizimidagi operatsiyalar hajmini oshirish orqali tijorat banklarining ochiq valyuta pozisiyalarini qisqartirish asoslangan;
FinTech kompaniyalari va banklar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish orqali tijorat banklarining xalqaro valyuta operatsiyalarni samaradorligini yanada oshirish taklif etilgan;
banklar tomonidan derevativlar bozorida matching usulidan foydalangan holda valyuta fyuchers muddatli valyuta instrumentlarini keng qo’llash va bu orqali banklarni valyuta operatsiyalari hajmini oshirish asoslangan;
tijorat banklarining xorijiy valyutadagi operatsiyalardan oladigan daromadlariga ta’sir etuvchi omillar matrisasini shakllantirish orqali xorijiy valyutadagi kreditlar foizini manzilli boshqarish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarning xalqaro valyuta operatsiyalarini takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xalqaro to‘lovlarning tezligini oshirish, hamda tijorat banklarida valyuta operatsiyalarining xavfsizligini ta'minlash maqsadida SWIFT tizimidagi operatsiyalar hajmini oshirish orqali tijorat banklarining ochiq valyuta pozisiyalarini qisqartirishga doir taklifi Garant bank AJ faoliyatiga joriy etilgan (Garant bank AJning 2024 yil 6 iyundagi OUT-2528/03-2024/E-son ma’lumotnomasi). Natijada, tijorat banklarida ochiq valyuta pozisiyalari belgilangan limitlardan oshgan taqdirda, SWIFT tizimidagi operatsiyalar hajmini oshirish orqali ochiq valyuta pozisiyalarini o‘rnatilgan limitlargacha qisqartiruvchi balanslashtiruvchi operasiyalarni samarali amalga oshirish, shu bilan birga xalqaro to‘lovlarni tezlashtirish va valyuta operatsiyalarining xavfsizligini ta'minlashga erishiladi.
FinTech kompaniyalari va banklar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish orqali tijorat banklarining xalqaro valyuta operatsiyalarni samaradorligini yanada oshirishga doir taklifi Garant bank AJ faoliyatiga joriy etilgan (Garant bank AJning 2024 yil 6 iyundagi OUT-2528/03-2024/E-son ma’lumotnomasi). Natijada, raqamli ekotizim va xalqaro valyuta operatsiyalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash orqali operatsiyalar hajmini oshirishga etishiladi.
banklar tomonidan derevativlar bozorida matching usulidan foydalangan holda valyuta fyuchers muddatli valyuta instrumentlarini keng qo’llash va bu orqali banklarni valyuta operatsiyalari hajmini oshirish doir taklifi Garant bank AJ faoliyatiga joriy etilgan (Garant bank AJning 2024 yil 6 iyundagi OUT-2528/03-2024/E-son ma’lumotnomasi). Natijada, derevativlar bozorida matching usulidan foydalangan holda savdolar asosiy aktivi AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi bo‘lgan valyuta fyuchers operatsiyalari hajmi 2023 yilda 40 mlrd.so‘mga etgan.
tijorat banklarining xorijiy valyutadagi operatsiyalardan oladigan daromadlariga ta’sir etuvchi omillar matrisasini shakllantirish orqali xorijiy valyutadagi kreditlar foizini manzilli boshqarishga doir taklifi Garant bank AJ faoliyatiga joriy etilgan (Garant bank AJning 2024 yil 6 iyundagi OUT-2528/03-2024/E-son ma’lumotnomasi). Natijada, chet el valyutasidagi qisqa muddatli bank kreditlari bo‘yicha foiz stavkasining bir foizga oshishi bir kvartallik kechikish bilan bankning xorijiy valyutadagi operatsiyalardan daromadlarini 3,92 foizga oshirish ilmiy asoslangan.