Djumambetova Gulziba Kongratbaevnaning  
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ingliz va o‘zbek  tillarida iqtisodiyot terminlarining leksik-semantik xususiyatlari va tarjima muammolari», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3145.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Axmedov Oybek Saparbaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq  davlat  universiteti, PhD.03/30.04.2022.Fil.20.07.  
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kdirbaeva Gulzira  Kurbanbaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Ismailov G‘ulom Mirzaevich,  filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida iqtisodiyot sohasida qo‘llaniladigan terminlarning lingvistik va tarjima xususiyatlarini diaxron va sinxron jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillarida iqtisodiyot sohasida qo‘llanadigan terminlarning derivatsion jihatlarini aniqlash orqali ularning leksik-semantik, funksional-semantik va sintaktik xususiyatlari ochib berilgan hamda affiksal, morfologik yasalish usullari aniqlangan;
iqtisodiyot terminlarining takomillashuvining asosiy manbalari sifatida lingvistik affiksatsiya, leksik-semantik,  akronim va abbreviaturalar kabi ichki va so‘z o‘zlashtirish singari tashqi omillar hisobiga boyishi dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillarida iqtisodiyot sohasiga doir leksik birliklar (terminlar)ning tarixiy-genetik ildizlari aniqlanib, ularning lingvistik tadrijiy taraqqiyot bosqichlaridagi semantik o‘zgarishlar va fonetik siljishlar faktik-analitik manbalarga muvofiq asoslangan;
chog‘ishtirilayotgan ingliz va o‘zbek tillari iqtisodiyot terminologiyasida qo‘llanilgan terminlarning o‘ziga xos lingvomadaniy xususiyatlari terminlar tarjimasida  to‘sqinlik qilishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida iqtisodiyot sohasiga oid terminlarning diaxron, struktur-semantik, morfologik-derivatsion xususiyatlarini ochib berish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida iqtisodiyot sohasida qo‘llanadigan terminlarning derivatsion jihatlarini aniqlash orqali ularning leksik-semantik, funksional-semantik va sintaktik xususiyatlari ochib berilgan hamda affiksal, morfologik yasalish usullariga oid ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida bajarilgan “Erudit” (o‘quv-terminologik lug‘atini yaratish) shifrli maqsadli innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2024-yil 27-martdagi 10/592-son ma’lumotnomasi). Natijada  ingliz va o‘zbek tillarida iqtisodiyot  terminlarning  leksik-semantik, funksional-semantik va sintaktik xususiyatlari o‘rganilishiga erishilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida iqtisodiyot sohasiga doir leksik birliklar (terminlar)ning tarixiy-genetik ildizlari aniqlanib, ularning lingvistik tadrijiy taraqqiyot bosqichlaridagi semantik o‘zgarishlar va fonetik siljishlar faktik-analitik manbalarga oid ilmiy xulosalardan Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “Iqtisodiyot” kafedrasi tomonidan olib borilgan IL-402104465 – “Serveying” elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent arxitektura-qurilish universitetining 2024-yil 20-martdagi 04/465-son ma’lumotnomasi). Natijada  ingliz va o‘zbek tillarida iqtisodiyot sohasiga doir leksik birliklarning lingvistik tadrijiy taraqqiyot bosqichlaridagi semantik o‘zgarishlar va fonetik siljishlar faktik-analitik manbalarga oid ilmiy-nazariy qarashlar loyiha mazmun-mohiyatini boyitgan;
iqtisodiyot terminlarining takomillashuvining asosiy manbalari sifatida lingvistik affiksatsiya, leksik-semantik,  akronim va abbreviaturalar kabi ichki va so‘z o‘zlashtirish singari tashqi omillar hisobiga boyishiga oid  ilmiy xulosalardan Qoraqalpog‘iston teleradiokanalining “Tilga e’tibor – elga e’tibor” eshittirishini tayorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston  teleradiokompaniyasining 2024-yil 15-aprel 05-22/196-son ma’lumotnomasi). Natijada  chog‘ishtirilayotgan ingliz va o‘zbek tillari iqtisodiyot terminlarining takomillashuvining asosiy manbalari sifatida lingvistik affiksatsiya, leksik-semantik,  akronim va abbreviaturalar kabi ichki va so‘z o‘zlashtirish  haqidagi yangilik va xulosalardan foydalanilgan;
chog‘ishtirilayotgan ingliz va o‘zbek tillari iqtisodiyot terminologiyasida qo‘llanilgan terminlarning o‘ziga xos lingvomadaniy xususiyatlari terminlar tarjimasida  to‘sqinlik qilishiga oid ilmiy xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti faoliyatida qo‘llanilgan (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan 2024-yil 15-martdagi 11.09/5-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillari iqtisodiyot sohasida qo‘llanilgan terminlarning  tarjima ishlarida katta yordam berishi alohida qayd etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish