Salaev Ergashbek Atonozarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xiva me’moriy yodgorliklarini holatini baholash, saqlash va ta’mirlash tamoyillarini yaratish”, 18.00.01–Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/A27.
Ilmiy rahbar: Durdieva Gavhar Salaevna, arxitektura fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, PhD.03/08.05.2024.A.11.02.
Rasmiy opponentlar: Ziyaev Abdumannop Abduraximovich, arxitektura fanlari doktori, professor; Atoshov Sanjar Baxodirovich, arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: “O‘zshaharsozlik” LITI.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xiva me’moriy yodgorliklarini asl va tarixiy qiymatini saqlab qolish, mahalliy, an’anaviy ta’mirlash metodologiyasini takomillashtirishda yangi texnologik usullar asosida ta’mirlash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
me’moriy obidalarni kompleks tadqiqotlar o‘tkazish orqali ularni bugungi kundagi holati, ishlatilgan qurilish materiallari, davriyligi, joylashuvidan va boshqa turli parametrlardan kelib chiqib Xiva shahrida joylashgan 47 ta obidani klassifikatorlarga bo‘lingan ma’lumotlar bazasi ishlab chiqilgan;
Ichan Qal’a va Deshon Qal’a hududidagi 9 ta Sayidniyoz Sholikorboy majmuasi (1842), Mamat Maram madrasasi (1903), Bikajon Bika madrasasi (1894), Sayid Mohi Ro‘i Jahon majmuasi (1884), Polvon Qori madrasasi (1905), Sayid Muhammadxon madrasasi (1866), Shixnazar boy uyi (IX asr), Muhammad Amin Inoq madrasasi (1780-1785), Sherg‘ozixon madrasasi (1718-1719) va (1728) yodgorlikni ta’mirlashda an’anaviy «xataba» uslubi qo‘llanilganligi, ushbu uslub obidalarni namlikning salbiy ta’sirlaridan himoyalashga ijobiy samaraga ko‘rsatganligi dalillangan;
me’moriy obidalarni o‘rganishda arxiv va bibliografik ma’lumot to‘plash, saqlash, konservatsiya va modernizatsiyalash bo‘yicha soha mutaxassislari va tadqiqotchilar uchun ma’lumotlar to‘plash tizimi, instrumental va vizual o‘rganishlar, qurilish materiallarini belgilangan tartibda foydalanish bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqilgan;
me’moriy yodgorliklarda muhandislik-geodezik, geologik tadqiqotlar bo‘yicha kuzatuvlar olib borish natijasida bino va inshootlarda er osti suvlarining ta’sirida poydevor konstruksiyalarining asosiy elementlarining eskirishi, gruntlarning namlanishi oqibatida yuk ko‘tarish qobiliyatlarining pasayishi kuzatilganligi sababli kompleks tadqiqotlar o‘tkazish metodologiyasi takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xiva me’moriy yodgorliklarining holatini baholash, saqlash va ta’mirlash tamoillarini yaratish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
Xiva me’moriy yodgorliklarining tarixi, arxitekturaviy kompozisiyasi, tuzilishi, qo‘llanilgan materiallari va hozirgi holati bo‘yicha shakllantirigan ma’lumotlar bazasidan; me’moriy yodgorlik bo‘yicha zamonaviy asbob-uskunalar asosida takomillashtirilgan tadqiqot o‘tkazish usullari yordamida, ya’ni instrumental (geodezik, geologik, seysmik) natura holida (o‘lchash, qaid qilish, kuzatish) olingan ilmiy natijalardan va tavsiyalardan Xiva me’moriy yodgorliklarini joriy ta’mirlash loyihalarini ishlab chiqishda Madaniy meros departamenti faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Madaniy meros departamentining 2020-yil 30-noyabrdagi 01-01-BM/850-son ma’lumotnomasi). Natijada obidalarni saqlash va ta’mirlash bo‘yicha loyihalarini tayyorlash muddati qisqarishiga imkoniyat yaratilgan;
Qadimiy Xorazm me’moriy obidalarini tiklashda qo‘llanilgan an’anaviy usullar va qurilish materiallarini tarixiy izchillikda ilmiy jihatdan tavsiflashda, 3D modellashtirish va zamonaviy dasturlarni qo‘llagan holda me’moriy yodgorliklarni saqlash va ta’mirlash bo‘yicha maxsus ishlanma va tavsiyalaridan O‘zR FA - Xorazm Ma’mun akademiyasida bajarilgan IG.9-14 - raqamli “Janubiy Orolbo‘yi madaniy merosini ilmiy tadqiq qilish (me’moriy yodgorliklar va amaliy san’at misolida)” mavzusidagi fundamental tadqiqotlar loyihasida ilmiy tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021-yil 10-fevraldagi 3/1255-406-son ma’lumotnomasi). Natijada me’moriy obidalarni o‘rganish ular to‘gʻrisida ma’lumotlar to‘plash imkoniyati yaratilgan;
“Ichan Qal’a” va uning muhofaza hududi hisoblangan “Deshon Qal’a”dagi me’moriy yodgorliklarni saqlab qolish va tiklash muammolari: xususan strukturaviy barqarorligi, termitlar, qo‘riqlanadigan hududni barpo etish, er osti suvning infiltrasiyasi hamda tarixan qo‘llanilgan an’anaviy xataba metodini qayta tiklash uni poydevorda qo‘llash usullarini izohlanishi bugungi kunda eng samarali uslub va katta ahamiyatga ega ekanligi YuNESKOning I-texnik Kengashi tomonidan “Kompleks reja”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi 2022-yil 22-avgustdagi CM-FU-TAS-2022-007128-son tavsiyanomasi). Natijada yodgorliklarni saqlab qolish imkoniyatini oshirish uslubi yaratilganligi nufuzli tashkilot e’tiboriga taqdim etilganligi va kompleks rejani ishlab chiqishda qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lgan;
“Me’moriy yodgorliklarni o‘rganishda tarixiy-arxiv materiallarni to‘plash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar”, “Tarixiy me’moriy yodgorliklarni o‘rganish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar”, “Tarixiy me’moriy yodgorliklarni rekonstruksiya qilish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar” O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2023-yil 31-oktyabrdagi 04-08/3946-son ma’lumotnomasi). Natijada madaniy meros obektlarini o‘rganish, restavratsiya qilish va rekonstruksiya tadbirlarini amalga oshirayotgan mutaxassislarni xalqaro standartga mos hamda manfaatdor tashkilotlarning talablariga xizmat qilgan;
Xiva me’moriy yodgorliklarining xususiyatlari zamonaviy ilm-fan nuqtai nazaridan o‘rganilganligi, ularning holatini monitoring qilish va turli salbiy ta’sirlardan himoya qilish metodologiyasini takomillashtirish, yodgorliklarni saqlash, muhofaza qilish, ta’mirlash va foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida har bir tarixiy obida uchun “Ma’lumotlar bazasi” shakllantirilgan. Ushbu ilmiy xulosalari va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Axborot” ko‘rsatuvi, “O‘zbekiston 24”, “Yoshlar” telekanali faoliyatida, shuningdek Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining “Xorazm 24”, “Kech yoqtilik” - Xayirli oqshom, “Assalom Xorazm”, “Zamondosh”, “Xorazmnoma” ko‘rsatuvlari orqali Xiva me’moriy yodgorliklarini kelgusi avlodga yetkazishda va vohada turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha ko‘rsatuvlar tayyorlashda va efirga uzatishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Xorazm viloyat teleradiokompaniyasining 2021-yil 8-yanvardagi 43-son ma’lumotnomasi). Natijada Xiva me’moriy yodgorliklarini kelgusi avlodga yetkazishda va vohada turizm salohiyatini oshirishga xizmat qilgan.