Xodjaxanov Muzaffar Muxtarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmogʻi nomi): “Marketing tushunchalari va terminlarining chog‘ishtirma tadqiqi (ingliz, rus, o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fil1387.
Ilmiy rahbar: Djusupov Maxanbet, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil 27.01.
Rasmiy opponentlar: Siddiqova Iroda Abduzuhurovna, filologiya fanlari doktori, professor; Ayaqulov Nurbek Abdug‘appor o‘g‘li, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi marketing tushunchalari va terminlarining chog‘ishtirma tahlilini amalga oshirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy marketing sohasiga oid adabiyotlarni tahlil etish natijalari assosida marketing sohasidagi terminlarining lingvistik maqomi (terminologik maydoni, lisoniy shakli, izohi va murakkab tuzilishi) turli tizimdagi tillarga oid marketing terminlarini qiyosiy-tipologik va struktur baholash asosida isbotlangan;
ingliz, rus va o‘zbek tillari marketing terminlarini mikrotizimli va makrotizimli tahlili asosida lingvomadaniy integral va differensial xususiyatlari marketing terminosistemasining ierarxik tarzda tashkil qilingan tuzilma sifatida o‘zaro paradigmatik munosabatda bo‘lishi aniqlangan;
ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi marketing sohasiga oid moliya-iqtisod terminlarining derivatsion xususiyatlari ularning universal (umumlisoniy) va lingvokontrastiv o‘ziga xos modellari marketing va moliya-iqtisod terminosistemasini shakllanish asosi sifatida xizmat qilishi sodda, qo‘shma, juft, birikma, qisqartma, terminlar, ikki, uch, to‘rt, besh, olti, etti uzvli birikma terminlar kabi formal-struktur belgilarini ajratish orqali isbotlangan;
ingliz va rus tillaridagi marketing sohasiga oid terminlarni o‘zbek tiliga so‘zma-so‘z tarjima va talqin qilishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etishda monolingval va bilingval aspektdagi terminlarining integral va differensial xususiyatlarini aniqlash orqali terminologik birliklar tarjimasi bilan bog‘liq tafovut va g‘alizliklarni bartaraf etush bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz, rus, o‘zbek tillaridagi marketing terminlari va tushunchalarini chog‘ishtirma tadqiq qilish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
zamonaviy marketing sohasiga oid adabiyotlarni tahlil etish natijalari assosida marketing sohasidagi terminlarining lingvistik maqomi (terminologik maydoni, lisoniy shakli, izohi va murakkab tuzilishi) har ikki tilga oid marketing terminlarining qiyosiy-tipologik va struktur tahlil usullariga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-F1-176 raqamli “Barqaror iqtisodiy rivojlanishni “yashil” iqtisodiyot asosida taʼminlashning konseptual asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022-yil 25-avgustdagi 32-32/4865-son maʼlumotnomasi). Natijada loyiha mazmun-mohiyati so‘zlarni so‘zma-so‘z tarjima qilish va talqin qilish orqali tarjima usullarini takomillashtirishga doir konseptual xulosalar bilan boyitilgan;
ingliz, rus va o‘zbek tillari marketing terminlarini mikrotizimli va makrotizimli tahlili asosida lingvomadaniy integral va differensial xususiyatlari marketing terminosistemasining ierarxik tarzda tashkil qilingan tuzilma sifatida o‘zaro paradigmatik munosabatiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida 2020-2022-yillarda amalga oshirilgan “Erudit” yopiq innovatsion loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 20-iyuldagi 10/1230-son maʼlumotnomasi). Natijada ingliz, rus va o‘zbek tillari terminologik lug‘atlarida keltirilgan lug‘at yozuvlari asosida marketing sohasiga oid moliyaviy-iqtisodiy terminlarning tizimli xususiyatlari tavsifiga doir ilmiy-nazariy xulosalar takomillashtirilgan;
ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi marketing sohasiga oid moliya-iqtisod terminlarining derivatsion xususiyatlari, ularning universal (umumlisoniy) va lingvokontrastiv o‘ziga xos modellari marketing va moliya-iqtisod terminosistemasini shakllanish asosi sifatida xizmat qilishi sodda, qo‘shma, juft, birikma, qisqartma, terminlar, ikki, uch, to‘rt, besh, olti, etti uzvli birikma terminlar kabi formal-struktur belgilariga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-F1-176 raqamli “Barqaror iqtisodiy rivojlanishni “yashil” iqtisodiyot asosida taʼminlashning konseptual asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022-yil 25-avgustdagi 32-32/4865-son maʼlumotnomasi). Natijada loyiha mazmun-mohiyati so‘zlarni struktur talqin qilishga orqali konseptual xulosalar bilan boyitilgan;
ingliz va rus tillaridagi marketing sohasiga oid terminlarni o‘zbek tiliga so‘zma-so‘z tarjima va talqin qilishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etishda monolingval va bilingval aspektdagi terminlarining integral va differensial xususiyatlari aniqlash orqali terminologik birliklar tarjimasi bilan bog‘liq tafovut va g‘alizliklarni bartaraf etush bo‘yicha amaliy tavsiyalarga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Madaniy-maʼrifiy va badiiy eshittirishlar” tahririyati tomonidan tayyorlangan “Taʼlim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz”, “O‘zbekiston yoshlari” radioeshittirishlari uchun ssenariylar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 25-iyuldagi 04-36-1165-son maʼlumotnomasi). Natijada ma’lumotlar bir va ikki tilli tahlillar orqali ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi marketing atamalarining o‘xshashligi va farqlari bilan ajralib turadigan integral hamda differensial xususiyatlari bilan tanishishga, shuningdek, radioeshittirishlarni ilmiy faktlar bilan boyitishga xizmat qilgan.