Mavlonova Mavluda Davurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz tilidan o‘zlashgan axborot texnologiyalari terminlarining leksik-semantik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil865.
Ilmiy rahbar: Sharipova Aziza Abdumanapovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirova Fazilat Shukurovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Kadirbekova Durdona Xikmatullaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashgan axborot texnologiyalari terminlarining leksik-semantik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashgan axborot texnologiyalari terminlarining bir ma’nolilik, aniqlilik, ekspressivlik, nominativlik va tizimlilik xususiyatlari, AT terminlarining terminologik maydondagi umumtizimli belgilari, terminologik birliklar majmuasi korpusining mantiqiy, semantik bog‘liqligini leksik-semantik va etimologik jihatdan sintez qilish orqali ularning xalqaro kompyuter leksikasi tarkibidagi lingvistik maqomi dalillangan;
ingliz tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashgan axborot texnonologiyalari terminlarining amalda fonologik, morfologik, sintaktik, semantik xususiyatlariga ko‘ra moslashuv hodisalari negizida semantik maydonda o‘zlashgan so‘zlarni tasniflash orqali AT terminlarini qo‘llashning fonetik, leksik, sintaktik, stilistik xususiyatlari aniqlangan;
AT terminologiyasini qabul qiluvchi til tizimiga moslashtirish bosqichlari bilan mutanosibligi aniqlanishi orqali o‘zbek tiliga o‘zlashgan axborot texnologiyalari terminlarining lisoniy tejamkorlik tamoyiliga ko‘ra tarjima qilish usullari samaradorlik darajasi aniqlangan;
ingliz tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashgan AT terminlarini leksik-semantik guruhlarini (kompyuter qurilmasi, dasturiy ta’minot, buyruqlar, internet-kommunikatsiya, multimediya, shaxsiy kompyuter turlari, o‘zaro ta’sir subekti, o‘lchov birliklari) modellashtirish orqali AT terminlarining umumtizimli belgilari tashqi shaklning baynalmilallik, mavzuli yo‘naltirilganlik, terminologik maydondagi stilistik betaraflik, polimorfizm va ko‘p funksionallik kabi xususiyatlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashgan axborot texnologiyalari terminlarining leksik-semantik xususiyatlarini ochib berish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
ingliz tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashgan axborot texnologiyalari terminlarining bir ma’nolilik, aniqlilik, ekspressivlik, nominativlik va tizimlilik xususiyatlari, AT terminlarining terminologik maydondagi umumtizimli belgilari, terminologik birliklar majmuasi yoki korpusining mantiqiy, semantik bog‘liqligini leksik-semantik va etimologik jihatdan analiz va sintez qilish orqali ularning xalqaro kompyuter leksikasi tarkibidagi o‘rniga hamda ingliz tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashgan axborot texnonologiyalari terminlarining amalda fonologik, morfologik, sintaktik, semantik xususiyatlariga ko‘ra moslashuv hodisalari negizida semantik maydonda o‘zlashgan so‘zlarning bosqichlari tahlil qilingan holda AT terminlarini qo‘llashning fonetik, leksik, sintaktik, stilistik xususiyatlari asoslanganiga oid nazariy xulosalardan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bajarilgan BV-Atab-2018-568 raqamli “Elektron resurslar ma’lumotlarini himoyalash bo‘yicha qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlovchi axborot xavflarini boshqaruvchi intellektual dasturiy tizimlarni yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 9-oktyabrdagi 89-09/3819-son maʼlumotnomasi). Natijada AT terminlarining terminologik maydondagi umumtizimli belgilarini aniqlashga xizmat qilgan;
AT terminologiyasini qabul qiluvchi til tizimiga moslashtirish bosqichlari bilan mutanosibligi aniqlanishi asnosida o‘zbek tiliga o‘zlashgan axborot texnologiyalari terminlarining lisoniy tejamkorlik tamoyili bo‘yicha tarjima qilish usullariga doir xulosa va takliflardan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan “Yangi avlod o‘quv lug‘atlari va ularning mobil ilovalarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2024-yil 29-oktyabrdagi 4432/05-2-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy ta’lim tizimiga xorijiy tajribani internet makonidagi ingliz va o‘zbek tillaridagi AT terminlari, terminologik tarjima va matnlarni to‘g‘ri ifodalash orqali singdirishga erishilgan;
ingliz tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashgan AT terminlarini aniqlik kiritish, tasviriy ekvivalentlik, funksional ekvivalentlik AT terminlarining leksik-semantik guruhlari (kompyuter qurilmasi, dasturiy ta’minot, buyruqlar, internet-kommunikatsiya, multimediya, shaxsiy kompyuter turlari, o‘zaro ta’sir subekti, o‘lchov birliklari) modellashtirishga oid nazariy va amaliy xulosalardan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan “Yangi avlod o‘quv lug‘atlari va ularning mobil ilovalarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2024-yil 29-oktyabrdagi 4432/05-2-son ma’lumotnomasi). Natijada AT terminlarining tarjima usullari sifatli lug‘atlar yaratish imkoniyatlarini oshirish va elektronlashtirish xususiyatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.