Hoshim Ismoil Hammam Alining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistondagi filologik oliy ta’lim muassasalarida arab tilini o‘qitish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (arab tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fil439.  
Ilmiy rahbar: Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich, pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01
Rasmiy opponentlar:  Maxmudova Muyassar Maxmudovna, pedagogika fanlari doktori, Qodirova Kamola Salievna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistondagi filologik oliy ta’lim muassasalarida arab tilini o‘qitish metod va muammolariga echim topish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistondagi filologik oliy ta’lim muassasalari talabalariga arab tilini chet tili sifatida o‘qitish jarayonining mazmuni arab tilini funksional va kommunikativ jihatlarini integratsion jihatlarga ko‘ra singdirilishi natijasida takomillashtirilgan;
talabalarga arab tili fonetikasini o‘qitishda  ث(ś),  ح(x.),  ذ(ź),  ص(s.), ض (d.),ط  (t.),  ظ(z.) vaع  (’) kabi tovushlar talaffuzida vujudga keladigan xatolarni kommunikativ faoliyat singdirilgan autentik materiallarni integrativ qo‘llash orqali bartaraf etish bo‘yicha korrektiv ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqilgan;
talabalarga arab tilini masofaviy va dasturlashtirilgan tartibda o‘qitishda ta’lim jarayoni sifati va o‘rganuvchining olingan bilim ko‘rsatkichlarini 5 bosqichli tamoyillar (ehtiyoj, e’tibor, faollik, ta’sir qonuni va takrorlash) tizimi asosida integrativ takomillashishi asoslangan;
talabalarning arab tili nutq faoliyati turlari (tinglab tushunish, yozish, o‘qish va gapirish)ni egallash darajasini aniqlashda SPSS dasturidan foydalanishning kriterial, kontekstual va konseptual afzalliklari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistondagi filologik oliy ta’lim muassasalarida arab tilini o‘qitish metodlari va muammolari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
O‘zbekistondagi filologik oliy ta’lim muassasalari talabalariga arab tilini chet tili sifatida o‘qitish jarayonining mazmuni arab tilini funksional va kommunikativ jihatlarini integratsion jihatlarga ko‘ra singdirilishi natijasida takomillashtirilganligi yuzasidan takliflar davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2015-2017 yillarda bajarilgan № ITD-1, A-1-209 “Madaniyatlararo va kommunikativ yondashuv nigohida magistratura mutaxassisligi bo‘yicha nazariy fanlardan ingliz tilida darslik va o‘quv qo‘llanma yaratish va o‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik terminlar lug‘atini tuzish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida “O‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik terminlar” lug‘atini yaratishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2021-yil 6-iyundagi 22/470-son ma’lumotnomasi). Natijada, arab tilidan ingliz va o‘zbek tillariga o‘zlashgan so‘zlarning fonetik va leksik jihatlari yoritishining mukammallashuvi ta’minlangan;
talabalarga arab tili fonetikasini o‘qitishda ث (ś), ح ( x.),  ذ (ź), ص (s.), ض (d.), ط (t.), ظ (z.) va ع (’) kabi tovushlar talaffuzida vujudga keladigan xatolarni bartaraf etish bo‘yicha ishlab chiqilgan korrektiv ko‘rsatma va tavsiyalardan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida yaratilgan OT-A1-018 raqamli “O‘zbek tili va uning tarjimasi bilan bog‘liq elektron va bank-moliya terminlarining ko‘p tilli lug‘atlarini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021-yil 16-iyundagi 04/1-1030-son ma’lumotnomasi). Natijada, arab tilidagi murakkab tovushlarni talaffuz qilishda talabalarga amaliy yordam beruvchi tavsiyalar ishlab chiqilgan;
arab tilini masofaviy va dasturlashtirilgan tartibda o‘qitishda ta’lim jarayoni sifati va o‘rganuvchining olgan bilim ko‘rsatkichlarini 5 bosqichli tamoyil (ehtiyoj, e’tibor, faollik, ta’sir qonuni va takrorlash) asosida rivojlantirishga qaratilgan tizimdan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa ittifoqining Erasmus+ dasturi 58545-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational linguistics at Central Asian universities” nomli grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 17-martdagi 710/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim sifatini rivojlantirish va jarayonda axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanishda samaradorlikka erishilgan;
arab tili nutq faoliyati turlari (tinglab tushunish, yozish, o‘qish va gapirish)ni egallash bo‘yicha Samarqand davlat chet tillar instituti va Samarqand viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan 2022 yil 15 mart sanasida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot” ko‘rsatuvi ssenariyasini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 28 martdagi 01-11/107-son ma’lumotnomasi). Natijada, bugungi kunda O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining filologik yo‘nalishlarida arab tilini chet tili sifatida o‘qitish jarayonining amaldagi holatining aniq tavsifiga hamda mazkur jarayonda yuzaga kelayotgan asosiy muammolarni o‘rganishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish