Nabiev Firuzjon Xamidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Intellektual mulk sohasidagi xalqaro huquq normalarining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga implementatsiyasi”, 12.00.10 – Xalqaro huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Yu223.
Ilmiy rahbar: Toshev Boboqul Norqobilovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi, DSc.07/27.02.2020.Yu/108.01.
Rasmiy opponentlar: Umarxanova Dildora Sharipxanovna, yuridik fanlar doktori (DSc), professor; Yunusov Haydarali Muratovich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat yuridik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ushbu sohadagi dolzarb muammolarni o‘rganish orqali (tadqiqot predmetini tashkil etuvchi masalalar doirasida) intellektual mulk sohasida xalqaro huquq normalarini implementatsiya qilishning milliy huquqiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuridik adabiyotlarda “intellektual mulk sohasidagi xalqaro huquq normalari”, “intellektual mulk sohasidagi xalqaro huquq normalarini implementatsiya qilish”, “intellektual mulk sohasidagi xalqaro huquq normalarini implementatsiya qilish mexanizmi”, “intellektual mulk sohasidagi xalqaro standartlar” kabi tushunchalarning yagona ta’rifi mavjud emasligi asoslantirilgan;
huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimiga tergovga qadar tekshirish instituti joriy etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining intellektual mulk sohasidagi amaldagi qonunchiligida mazkur institutga oid normalar mavjud emasligi asoslantirilgan;
TRIPS kelishuvining 41-moddasi talablaridan kelib chiqqan holda amaldagi qonunchilikda guvohlarning huquq va majburiyatlaridan kelib chiqqan holda intellektual mulk obektlariga bo‘lgan mutlaq huquqlarning buzilishi faktini rasmiylashtirish tartibida takrorlanuvchi qoidalar mavjudligi asoslantirilgan;
intellektual mulk sohasidagi xalqaro huquq normalari asosida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida ajratilgan arizalarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarda huquqiy bo‘shliq mavjudligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya ishida ko‘rsatilgan taklif va tavsiyalardan quyidagilarda foydalanildi:
“surishtiruv” degan so‘zni “tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv” degan so‘zlar bilan almashtirish haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” Qonunining 22-moddasi 1-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlaro aloqalar Qo‘mitasining 2021-yil 13-yanvar kungi 10/1-46-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi isbotlash maqsadida jinoyat-protsessual harakatlarini olib borilishini xalqaro huquq standartlarga mos ravishda tashkil etilishi bilan nafaqat surishtiruv, balki tergovga qadar tekshiruv bosqichida ham dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashdan iborat amaliyotni qo‘llanilishiga imkon yaratgan;
xolislar o‘zining hozirligida amalga oshirilgan harakatlar fakti, mazmuni, va natijalarini dalolatnomada tasdiqlashi shartligi, ular amalga oshirilgan harakatlar yuzasidan dalolatnomaga kiritilishi lozim bo‘lgan fikr-mulohazalar bildirishga haqli degan so‘zlarni chiqarib tashlash haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 2-fevraldagi O‘RQ-749-son “Intellektual mulk to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining 2-moddasi 1-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining 2022-yil 20-apreldagi 04/7-10-son dalolatnomasi). Ushbu taklif intellektual mulk obektlariga mutlaq huquqlar buzilgan taqdirda protsessual rasmiyalashtirish tartibini aniqlashtirish imkonini bergan;
ajratilgan talabnoma talabnoma beruvchi tomonidan dastlabki talabnoma bo‘yicha qaror qabul qilingunga qadar topshiriladi, ajratilgan talabnomada ko‘rsatilgan tovarlar dastlabki talabnomada qoldirilgan tovarlar bilan bir xil bo‘lmasligi lozimligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentyabrdagi 480-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentining 48-bandi 2-kichik bandini, ajratilgan talabnomada ko‘rsatilgan tovarlarning tovar belgisiga topshirilgan dastlabki talabnomada mavjudligi haqidagi taklifidan mazkur Ma’muriy reglamentning 78-bandi 2-kichik bandini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2024-yil 2-fevraldagi 12-15-13-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin bo‘lgan tovar va/yoki xizmatlarning bir qismiga nisbatan tovar belgisini o‘tkazish uchun ajratilgan talabnomaga nisbatan iltimosnoma berish, ajratilgan talabnomani ro‘yxatga olish, mazkur talabnomani ko‘rib chiqish (davlat ekspertizasidan o‘tkazish) va yakuniy qaror qabul qilish tartibini belgilashda xizmat qilgan.