Rashidova Zulayho Olimjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi: “6-7 yosh bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda ijtimoiy-hissiy ko’nikmalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped 3935.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Maksudjan Abdullaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped.80.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraximova Dilfuza Alievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor;  Umaralieva Muhayyo Abdugaparovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.  
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 6-7 yosh bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda ijtimoiy-hissiy ko’nikmalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
6-7 yosh bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda ijtimoiy-hissiy ko’nikmalarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari o’z-o’zini anglash va boshqarish, ichki ishonch hissini hosil qilish, atrofdagilarga nisbatan o’zaro munosabat, o’z mavqeini anglash va emotsional savodxonlikni aniqlash hamda pozitiv fikrlashning dinamik barqarorligini inobatga olish asosida aniqlashtirilgan;
6-7 yosh bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash modeli verbal muloqot omillarini identiv formallashtirish hamda shaxsiy va ijtimoiy xulq-atvorda faol tanlov mezonlari tezkor aloqaga kirishuv darajasiga qarab emotsional intellektni rivojantirish asosida takomillashtirilgan;
6-7 yosh bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda ijtimoiy-hissiy ko’nikmalarni rivojlantirishning metodik tizimi o’quv-tarbiyaviy faoliyat turlari o’rtasida ichki mantiqiy aloqadorlikni  ta’minlashga yo’naltirilgan strategik jarayonni amalga oshirishga doir pedagogik yondashuvlarni loyihalash asosida takomillashtirilgan;
6-7 yosh bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda ijtimoiy-hissiy ko’nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy o’yin-treninglar, muloqotchanlik, o’z-o’zini namoyon etish, kutiladigan natijaga erishish imkonini beradigan identiv maqsadni taksonomik bosqichlarga o’zaro mosligini izchil ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 6-7 yosh bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda ijtimoiy-hissiy ko’nikmalarni rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
6-7 yosh bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda ijtimoiy-hissiy ko’nikmalarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari o’z-o’zini anglash va boshqarish, ichki ishonch hissini hosil qilish, atrofdagilarga nisbatan o’zaro munosabat, o’z mavqeini anglash va emotsional savodxonlikni aniqlash hamda pozitiv fikrlashning dinamik barqarorligi takomillashtirishga oid takliflaridan “Mahalla va oila'' ilmiy-tadqiqot institutining JHBL-93-sonli "Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarining ongiga oila muqaddasligi, ota-onani hurmat qilish, keksalarni e'zozlash g'oyalarini singdirish" nomli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan ("Oil ava gender'' ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 15-avgustdagi 01-09-1599-son ma’lumotnomasi). Natijada 6-7 yosh bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda ijtimoiy-hissiy ko’nikmalarni rivojlantirishga doir metodik tizimni  takomillashtirishga xizmat qilgan;
6-7 yosh bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda  ijtimoiy-hissiy ko’nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan o’yin-treninglar, muloqotchanlik, o’z-o’zini namoyon etish, kutiladigan natijaga erishish imkonini beradigan identiv maqsadni taksonomik bosqichlarga o’zaro mosligini izchil ta’minlashga oid tavsiyalardan “Mahalla va oila'' ilmiy-tadqiqot institutining JHBL-93-sonli "Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarining ongiga oila muqaddasligi, ota-onani hurmat qilish, keksalarni e'zozlash g'oyalarini singdirish" nomli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan ("Oil ava gender'' ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 15-avgustdagi 01-09-1599-son ma’lumotnomasi). Natijada 6-7 yosh bolalarni maktabga tayyorlashda oila va MTT hamkorligi takomillashtirilgan;
6-7 yosh bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash modeli verbal muloqot omillarini identiv formallashtirish hamda shaxsiy va ijtimoiy xulq-atvorda faol tanlov mezonlari tezkor aloqaga kirishuv darajasiga qarab emotsional intellektni rivojantirishga hamda 6-7 yosh bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda ijtimoiy-hissiy ko’nikmalarni rivojlantirishning metodik tizimi o’quv-tarbiyaviy faoliyat turlari o’rtasida ichki mantiqiy aloqadorlikni ta’minlashga yo’naltirilgan strategik jarayonni amalga oshirishga doir pedagogik yondashuvlarni loyihalashga oid tavsiyalardan “Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi” nomli qo’llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 3-oktyabrdagi 03-553-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni maktabga tayyorlash samaradorligiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish