Umarova Gulandom Tumanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mintaqa aholisi bandligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari (Samarqand viloyati misolida)», 08.00.12 - Mintaqaviy iqtisodiyot.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3878.
Ilmiy maslahatchi: Tuxliev Nurislam, akademik, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Baxtiyar Ro‘zmetov; iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Narmanov Ulug‘bek Abdugapporovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aholi bandligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Samarqand viloyatining Pastdarg‘om, Jomboy, Toyloq va Samarqand tumanlarida «demografik yuk»ni «demografik dividend»ga aylantirishga o‘sha hududlarni mos ravishda to‘qimachilik, mashinasozlik, oziq-ovqat, maishiy texnika ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish va shu asosda yangi ish o‘rinlarini yaratish  orqali erishishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Samarqand viloyati hududlarida aholi bandligi va daromadlar o‘rtasidagi tafovutni qisqartirishga Payariq, Samarqand va Toyloq tumanlarida savdo, umumiy ovqatlanish, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun maxsus soliq rejimi joriy va shu asosda samarali bandlikni oshirish orqali erishish taklifi ishlab chiqilgan;
mintaqada ichki migratsiyani rag‘batlantirish va geografik egiluvchanlikni ta’minlashga hududlarda o‘z faoliyati davomida ish haqi fondini yiliga 1 dan 10 foizgacha oshirgan kichik tadbirkorlik sub’ektlariga ular tomonidan to‘langan ijtimoiy soliq summasining bir qismini qaytarib berish orqali erishish taklifi asoslangan;
mintaqada aholi bandligiga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modelini ishlab chiqish asosida Samarqand viloyatida ishchi kuchi bandligining 2030 yilgacha bo‘lgan ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aholi bandligini oshirishning mintaqaviy xususiyatlari va uni oshirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Samarqand viloyatining Pastdarg‘om, Jomboy, Toyloq va Samarqand tumanlarida demografik “yuk”ni “demografik dividend”ga aylantirishga o‘sha hududlarni mos ravishda to‘qimachilik, mashinasozlik, oziq-ovqat, maishiy texnika ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish va shu asosda yangi ish o‘rinlarini yaratish  orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 28 apreldagi №222-sonli “2022-2026 yillarda Samarqand viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori 2-ilovasining 16-bandini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024–yil 10-sentyabrdagi 01/00-03/10-9173-son va Samarqand viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining 2024–yil 27-iyundagi 20/01-1584-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida viloyat bandlikka ko‘maklashish markazlariga ish so‘rab murojaat qilgan aholining ish bilan ta’minlanishiga erishiladi;
Samarqand viloyati hududlarida aholi bandligi va daromadlar o‘rtasidagi tafovutni qisqartirishga Payariq, Samarqand va Toyloq tumanlarida savdo, umumiy ovqatlanish, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun maxsus soliq rejimi joriy va shu asosda samarali bandlikni oshirish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 martdagi 136-sonli “Samarqand viloyatining turizm va transport salohiyatidan samarali foydalanish, viloyatni «Samarqand - Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi» konsepsiyasi asosida rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining 4-bandini tayyorlashda foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024–yil 10-sentyabrdagi 01/00-03/10-9173-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida viloyatning rivojlanish darajasi nisbatan past, ekoturizm, rekratsion turizm hamda tabiiy resurs (er resurslari) salohiyati yuqori bo‘lgan Urgut, Samarqand va Qo‘shrabot tumanlarida o‘z ichki imkoniyatlaridan foydalanilgan holda o‘zini-o‘zi band qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
mintaqada ichki migratsiyani rag‘batlantirish va geografik egiluvchanlikni ta’minlashga hududlarda o‘z faoliyati davomida ish haqi fondini yiliga 1 dan 10 foizgacha oshirgan kichik tadbirkorlik sub’ektlariga ular tomonidan to‘langan ijtimoiy soliq summasining bir qismini qaytarib berish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 avgustdagi PQ-366-sonli “Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining 3-ilovasi 9-bandini tayyorlashda  foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024–yil 10-sentyabrdagi 01/00-03/10-9173-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi mintaqa aholining mehnatda bandligini oshirish va ular faoliyatini monitoring qilish imkoniyatlarini kengaytiradi;
mintaqada aholi bandligiga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modelini ishlab chiqish asosida Samarqand viloyatida ishchi kuchi bandligining 2030 yilgacha bo‘lgan ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlaridan  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 28 apreldagi №222-sonli “2022-2026 yillarda Samarqand viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori 4-ilovasining tegishli bandlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024–yil 10-sentyabrdagi 01/00-03/10-9173-son va Samarqand viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining 2024-yil 27-iyundagi 20/01-1584-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida viloyatda aholining samarali bandligini ta’minlashga erishiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish